O'zb  
 
28.05.2019

OLIM, TERGOV VA GUMON

Yoki uch yildan beri qayta-qayta ochilib-yopilayotgan jinoyat ishi haqida

To‘grisini aytish kerak, tahririyatimizga kelgan bu murojaat haqida maqola tayyorlash-tayyorlamaslik haqida ancha bahslashdik. Murojaatchilar muammoli holat haqida koplab respublika tashkilotlariga qayta-qayta shikoyat xati yozishgan. Biridan bolmasa, biridan yordam kutib, umid qilib kelishyapti. Songgi ikki oy ichida ular tahririyatimizdan bir necha marta yordam sorashdi. Biz masalani imkon qadar organishga harakat qildik.

Bu mudhish voqea Samarqand viloyati Paxtachi tumanida uch yil avval, 2016 yil yanvar oyida roy bergan. Ziyovuddin qorgoni mahallasi, M.Ulugbek kochasi, 90-uyda yashagan Aziza Jorayeva (hujjatda Djurayeva, 1974 yil tugilgan) 6 yanvar kuni uyiga qaytib kelmaydi. Qarindosh-uruglari, yaqinlari qidirib topolmagach, 9 yanvar kuni L.Jorayev (hujjatda Djurayev) tuman prokuraturasiga singlisi yoqolganini ma’lum qilib, uni topishda yordam soraydi.

11 yanvar kuni kechasi Paxtachi tumani bilan Xatirchi tumani (Navoiy viloyati) hududlarini tutashtiruvchi koprik ostidan oqib otuvchi Zarafshon daryosi boyidan A.Jorayevaning jonsiz tanasi topiladi.

Sud tibbiy ekspertizasining 2016 yil fevral oyidagi xulosasida marhuma A.Jorayevaning olimi toksik ensefalopatiya, toksik kardiomiopatiya, jigarning yogli gepatozi va steatozi, qandli diabet asosida rivojlangan organizmning sovuq qotishidan kelib chiqqanligi, olim tort-besh kun oldin bolganligi, marhumaning tanasida hayotligida qattiq tomtoq jism bilan yetkazilgan tan jarohati mavjudligi korsatilgan.

Holat yuzasidan (qariyb 5 oydan song) may oyida Paxtachi tuman IIB tergov bolimi tomonidan Jinoyat kodeksining 117-moddasi 2-qismi (hayoti yoki sogligi xavf ostida qolgan, ozini ozi himoya qilish imkoniyatidan mahrum bolgan yoki xavfli ahvolga solib qoyilgan shaxsga yordam korsatmaslik olimga sabab bolgan holat) boyicha jinoyat ishi qozgatilgan. Osha yili 30 iyul kuni Jinoyat protsessual kodeksining 364-moddasi 1-qismi 1-bandiga muvofiq, (yani, ish boyicha ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi lozim bolgan shaxs aniqlanmadi, degan asos bilan) mazkur jinoyat ishini harakatdan toxtatish haqida qaror qabul qilingan.

Tushunib turganingizdek, tergov jarayonida marhuma A.Jorayevaning olimida ayblanishi mumkin bolgan kimsalar aniqlanmagan va ish yopilgan.

— Uch yildan beri mana shunday qarorlardan noroziligimizni bildirib kelamiz, deydi marhumaning akasi L.Jorayev. Singling allaqanday koprikning tagida olik holda topilsa, dunyo qorongu bolib ketarkan. Buning ustiga «qasddan odam oldirish alomati bor, jinoyat ishi ochinglar», deb idorama-idora tinimsiz yugurganingdan keyin ozi shunday bolgan, bu ishda shubhalanadigan shaxslar yoq, deganday qaror chiqarib berishsa, bir darding ming bolarkan, tutgan motaming alamga aylanarkan...

Singlim bedarak yoqolgan kuni oilaviy jamgarmamizdan qarzga berilgan katta miqdordagi pulni qaytarib olishi kerak bolgan. Men osha kuni singlim bilan bir-necha marta telefon orqali gaplashganman. U qarzni qaytarishi kerak bolgan kishilar yolgon ishlatayotgani, gaplashishdan qochayotgani, qol telefonini ochirib qoyayotganini aytgandi. Keyin kechasi singlimning telefoni ochib qoldi. Bu gaplarimning isboti bor.

Bizga alam qilgani shuki, singlim bedarak yoqolgan kuni qol telefoni orqali kimlar bilan gaplashgani, qisqa xabarlar (sms) yozishganiga tergov jarayonida etibor berilmadi. Bu haqdagi malumotlar ham bizning tinimsiz qistovimiz bilan bir yildan keyin olindi...

Marhumaning yaqinlari jinoyat ishi haqidagi qarorlardan norozi bolib, bir qator respublika tashkilotlariga arz qiladi. Qancha chopa-chop, yoza-yozlardan keyin tergov natijalari togrisidagi qaror bekor qilinib, ish 2017 yil may oyida Navoiy viloyat IIB Tergov bolimiga otkaziladi. Lekin yana (JPK) 364-moddaning 1-qismi 1-bandi bilan, yani tergov jarayonida marhumaning olimida ayblanishi mumkin bolgan kimsalar aniqlanmagani sababli jinoyat ishi harakatdan toxtatiladi.

Jigarimizning xotirasi oldidagi burchimiz, oilamizning el ichidagi nomusi ortada turibdi, deydi marhumaning togasi Bori Otayorov. Jiyanim bilan birga uch yildan beri halovatimizni ham yoqotdik. Nomus, gurur haqidagi oy odamga tinchlik bermaskan. Shuning uchun har yili Toshkentga kamida on marta kelamiz. Oliy Majlisga, Prezident Xalq qabulxonasiga, Bosh prokuraturaga, Ichki ishlar vazirligiga va boshqa koplab respublika tashkilotlariga shikoyat xati tashlab ketamiz. Hamma yordam berishini aytadi. Lekin har safar orqamizdan bir xil yoki bir-biriga juda yaqin javoblar boradi. Ishonasizmi, ayrim tashkilotlardan qanday mazmunda javob borishini oldindan bilamiz. Shikoyat xatlarimizga yuborilgan deyarli hamma javob xatlari shikoyat qilish huquqiga ega ekanligingizni malum qilaman, degan jumla bilan yakunlanadi. Bir xil mazmundagi xatlar odamni zada qilib yuborarkan.

Jinoyat ishi qayta-qayta bir xil modda bilan yopilavergach, tergov harakatlaridan natija chiqmagach, otgan yili sentabr oyida Bosh prokuror birinchi orinbosari E.A.Tadjiyevning qabulida bolib, vaziyatni tushuntirdik. 13-sentabr kuni marhumaning olimi bilan bogliq jinoyat ishini otkazish haqida Bosh prokurorning birinchi orinbosari, adliya katta maslahatchisining qarori chiqdi. Unda Navoiy viloyat IIB Tergov bolimining jinoyat ishini harakatdan toxtatish yuzasidan chiqarilgan qarorlari bekor qilingani qayd etilgan.

Mazkur qarorda quyidagicha xulosaga kelingan:

Ozbekiston Respublikasi JPKning 345-moddasi talablariga kora, tergovning har tomonlama, toliq va xolisona olib borilishini taminlash maqsadida, tergovning natijalariga va ish boyicha qonuniy qaror qabul qilinishiga salbiy tasir korsatishi mumkin bolgan tarzda qonun talablari buzilganligini, uzoq muddatdan buyon qonuniy toxtamga kelinmaganligini, A.Djurayevaning olimida gumon qilinayotgan Sh.X... muqaddam ichki ishlar organlarida ishlaganligini, hozirda ham uni qarindoshlari ichki ishlar organlarida ishlayotganligini inobatga olib, tergovga tegishlilik qoidalaridan qati nazar, qoshimcha tergov harakatlari otkazishni Navoiy viloyat prokuraturasiga topshirish maqsadga muvofiq boladi.

Mazkur qaror osha kunning ozida Bosh prokuraturaning Ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshligi, adliya katta maslahatchisi B.B.Toshtemirov imzosi bilan Navoiy viloyat prokurorining birinchi orinbosari, adliya maslahatchisi T.Q.Nurmetovga, nusxasi Prokuratura organlari tergov tarmoqlari faoliyati ustidan nazorat boshqarmasi boshligi, adliya maslahatchisi A.X.Imomnazarovga jonatilgan...

Bunga ham yaqinda sakkiz oy bolarkan. Murojaatchilar tergov harakatlari asta-sekin susayib, vaqt otishi bilan yana yopilib ketishi mumkin, deb xavotirlanmoqda.

Bosh prokuraturaning Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bolimi bilan boglanib, jinoyat ishi boyicha tergov holati togrisida malumot olishda yordam soradik.

Javob topishimiz lozim bolgan savol aniq edi. Yani, jinoyat ishi Bosh prokuror birinchi orinbosari, adliya katta maslahatchisi E.Tadjiyev qarori bilan Navoiy viloyat prokuraturasiga otkazilgandan keyin nima ozgarish boldi?

Oradan bir necha kun otib, Bosh prokuraturadan kerakli malumotni oldik. Unda Navoiy viloyat prokuraturasi ota ogir jinoyatlarni tergov qilish bolimi tomonidan otkazilgan qoshimcha tergov harakatlari davomida B.O, U.D, H.E, B.A, Sh.F va boshqalar guvoh tariqasida soroq qilinib, ish holatiga oydinlik kiritilgani, shuningdek, A.Djurayevaning yonidan topilgan Nokia rusumli mobil telefonidagi sms-xabarlar va boshqa malumotlarni qayta tiklash maqsadida kompyuter-texnika ekspertizasi tayinlanib, qaror va tegishli ashyoviy dalillar ijrosini taminlash uchun DXXga qarashli harbiy qism ekspertlariga yuborilib, xulosasi olingani, zarurat tugilgani sababli jinoyat ishlari boyicha Navoiy shahar sudining ajrimi asosida A.Djurayevaning murdasi eksgumatsiya qilinib, mutaxassislar ishtirokida kozdan kechirilgani, murdadan ekspertiza uchun namunalar olingani qayd etilgan.

Shu bilan birga, fuqarolar M.Q, Yu.F, N.Q, P.A, E.I. guvoh tariqasida soroq qilingani, jinoyat ishining dastlabki tergovi oxirgi marta 10.04.2019 yilda JPKning 364-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan toxtatilgani malum qilingan.

Oxirgi malumot ayniqsa etiborga molik, jinoyat ishi tergovining tolaqonliligini taminlash uchun 28.04.2019 yil sanasida tegishli korsatma berilgan va shu kuni Navoiy viloyat prokuraturasi ota ogir jinoyatlarni tergov qilish bolimi tomonidan ish tiklanib, tergov harakatlari olib borilayotgan ekan.

Navoiy viloyat prokuraturasi bolim boshligi Elyor Narzullayev bilan ham telefon orqali suhbatlashdik. U ish yopilgani va yana qayta ochilib, tergov harakatlari olib borilayotganini tasdiqladi. Bu ish Bosh prokuror nazoratida turganiga alohida urgu berdi.

Toshkentga kelib, idorama-idora yugurmasak, tinimsiz shikoyat qilmasak, bu ish allaqachon yopti-yopti bolib ketardi, deydi marhumaning yana bir togasi Roziboy Otamurodov. Ayrim kishilar, bazi tashkilotlardagi xodimlar bizni shikoyatchi, deb oylashi mumkin. Lekin biz jiyanim qasddan oldirilgan, deb hisoblaymiz va oilamiz or-nomusi uchun kurashamiz. Yoshim yetmishdan oshdi, Xudo qancha umr bergan, bilmayman, ammo kuchim, umrim yetganicha harakatdan toxtamayman. Chunki jiyanimning olimi bilan bogliq savollar juda kop. Tergovchilar hammasi aniqlashib qolganini aytishadi, ammo biroz vaqt otib negadir jim bolib ketishadi, konglim sezadiki, bu yerda bir gap bor...

Malum bolishicha, A.Jorayevaning qolidagi sumkasi uning murdasi topilgan joydan 11-12 kilometrcha uzoqroq boshqa joydan, Zarafshon daryosi boyidan, bir oycha vaqt otgandan song topilgan. Sumkaning ichida marhumaga tegishli pasport va plastik karta ham bolgan. Ajablanarlisi, bir oycha suvda yotgan sumkaning ichidagi kartaga zarar yetmagan, tekshirib korishganda u ishlagan. Marhumaning yaqinlari jinoyat izini yashirish uchun sumka keyinchalik tashlab ketilgan, deb hisoblaydi.

Sud tibbiy ekspertizasining marhumaning olimi sovuq qotishdan kelib chiqqanligi haqidagi xulosasi ham bahsli, deydi murojaatchilar. Samarqand viloyat Gidrometeorologiya boshqarmasi malumotiga kora, 2016 yil 6-11 yanvar kunlari ortacha havo harorati 6-10 daraja iliq atrofida bolgan.

Murojaatchilarning asosiy gumoni bitta odamdan (ism-familiyasi prokuraturaga malum). Ularning aytishicha, marhuma bedarak yoqolgan kuni osha gumondor kimsadan katta miqdorda qarzga berilgan pulni olishi kerak bolgan. Orada boshqa qarz beruvchilar ham bolgan, ular ham osha kuni pul kelishini kutgan.

Telefon sozlashuvlari tarixida aks etgan malumotlarga kora, marhuma voqea roy bergan kun va undan bir kun avval gumondor bilan 30 martaga yaqin qongiroqlashgan, qisqa xabarlar (sms) yozishgan. (Qisqa xabarlar tegishli tartibda ochib oqilgan, ammo ularning mazmuni murojaatchilarga nomalum ekan). Asosiy gumondor 5 yanvar kuni Toshkentdan Samarqandga borgan, 6 yanvar kuni marhuma bilan bir necha marta telefon orqali gaplashgan, ortada qisqa xabar yozishmalari bolgan, kechki soat 6 da marhumaning uyiga yaqin hududga kelgan, marhuma bilan telefon orqali gaplashgan bolib chiqyapti.

6 yanvar kuni marhumaning qol telefoni orqali qayd etilgan songgi manzil Paxtachi tumani Qarnobota mahallasi hududi bolgan, asosiy gumondorga tegishliligi aytilgan qol telefoni orqali osha kuni yarim tungacha aynan shu hududdan aloqaga chiqilgan. Ertasi kungi sozlashuvlar tarixidagi malumotlarda gumondorga tegishli ekani aytilgan qol telefoni Toshkentga qaytarib ketilgani aks etgan...

Gapimiz chozilib ketmasligi uchun uch yillik voqeaning asosiy tafsilotlariga toxtaldik, xolos. Maqolani yakunlamoqchi bolib turganimizda marhumaning akasi yana qongiroq qildi, biz ham murojaatni beetibor qoldirayotganimizni aytib koyindi. Songra ishni Toshkent korishi kerak, bu yerdagilar baribir ochmaydi, deb umidsizlandi.

Jinoyatning turi kop, xavflilik darajasi har xil. Ehtimol, qaysidir jinoyat ishi yopilsa, hech kimga katta ziyon yetmas. Qaysidir jinoyat ishi tomonlar yarashuvi bilan yopilar... Lekin qotillik sodir etilgani gumon qilinayotgan holatdagi ishni yopib, otib ketish fuqarolar huquqini oyoq osti qilish, qonunga va burchga xiyonat hisoblanadi. Davlatga, xususan, prokuraturaga nisbatan odamlarda ishonchsizlik tugdiradi.

Tolqin TORAXONOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: