O'zb  
 
28.05.2019

SHAXSNI JINOIY JAVOBGARLIKKA TORTISH

yoki jinoyat sodir etgan fuqaroni boshqa davlatga ushlab berishning protsessual tartibi haqida

O‘zbekiston Respublikasi jinoyatchilikka qarshi kurashishda koplab davlatlar bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Jinoyat ishlari boyicha xalqaro hamkorlik davlatlar ortasida imzolangan qator huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Ular orasida 1993 yil 22 yanvarda Minskda imzolangan Fuqarolik, oila va jinoyat ishlari boyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar togrisidagi konvensiya (Minsk konvensiyasi) esa uni imzolagan va keyinchalik unga qoshilgan (Ozbekiston 1993 yil 6 mayda ratifikatsiya qilgan) davlatlar ortasidagi munosabatlarni jumladan, jinoyat ishlarini yuritishdagi hamkorlikni tartibga soladi.

Davlatlar ortasida jinoyatchilikka doir ishlarni yuritishdagi hamkorlik turli yonalishlarda amalga oshiriladi, ulardan biri shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun boshqa (sorayotgan) davlatga ushlab berish (ekstraditsiya) — bu xalqaro shartnoma va umume’tirof etilgan xalqaro huquqning meyorlari hamda qoidalari, xalqaro huquqiy yordam korsatish tamoyillariga asoslanadi.

Ozbekiston Respublikasi hududida bolgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish yoki hukmni ijro etish uchun ushlab berish (ekstraditsiya qilish) togrisida sorov Ozbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari yoki ozaro kelishuv asosida Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan korib chiqiladi. Ozbekiston Respublikasining vakolatli organidan ushlab berilishi soralayotgan shaxs ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki mahkum maqomida bolishi kerak.

Shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish, yani jinoyatni tergov qilish va sudda korish ishtirokini taminlash uchun ushlab berishning Ozbekiston Respublikasi hududida bolgan shaxsni jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish maqsadida ushlab berish soralayotganda osha jinoyat uchun Ozbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida bir yildan kam bolmagan muddatga yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan bolishi kerak.

Hukm ijrosini taminlash uchun ushlab berilishi soralayotgan shaxs olti oydan kam bolmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoga yoki ogirroq jazoga hukm qilingan bolishi kerak. Sorovni yuborgan xorijiy davlat oziga nisbatan sorov yuborilgan shaxsning faqat sorovda korsatilgan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortilishini hamda sud muhokamasi tugaganidan, jazo tayinlangan hollarda jazoni otaganidan keyin mazkur davlat hududini erkin tark eta olishini taminlashi kerak. Shuningdek, Ozbekiston Respublikasining roziligisiz uchinchi davlatga chiqarib yuborilmasligi, topshirilmasligi yoki ushlab berilmasligini, xuddi shuningdek, qiynoqlarga, zoravonlikka, shafqatsiz yoki inson shani va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi muomalaga duchor etilmasligini va unga nisbatan olim jazosi qollanilmasligini kafolatlashi shart.

Ozbekiston Respublikasi hududida bolgan shaxsni ushlab berish togrisidagi sorovni Ozbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning korsatmasi bilan orinbosari korib chiqib, qaror qabul qiladi. Agar bir shaxsni ushlab berish togrisida bir necha xorijiy davlatdan sorovlar kelib tushgan bolsa, shaxsni qaysi davlatga ushlab berish kerakligi togrisidagi qarorni Ozbekiston Respublikasi Bosh prokurori qabul qiladi. Shikoyat berilgan taqdirda, sud tomonidan 10 sutka ichida korib chiqiladi, mazkur sud ajrimi ustidan Ozbekiston Respublikasi Oliy sudiga apellyatsiya tartibida shikoyat bildirish yoki protest keltirish tartibi tushuntiriladi. Belgilangan muddat otganidan keyin yoki apellyatsiya tartibida shikoyat bildirilgan yoki protest keltirilgan taqdirda, sudning apellyatsiya ajrimi elon qilingan kuni kuchga kiradi. Ushbu jarayonlar amalga oshirilganidan song, Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qabul qilingan qarorni, sudning ajrimini ijro etish uchun Ozbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuboradi.

Shikoyat qilishga ushbu shaxsning ozi haqli hisoblanadi. Agar shaxsga nisbatan jinoyat ishi yuritilayotgan, jumladan u qamokda saqlanayotgan bolsa, uning himoyachisi tomonidan ham shikoyat berilishi mumkin.

Ozbekiston Respublikasi hududida bolgan shaxsni xorijiy davlatga ushlab berish mumkin bolmagan holatlar organiladi, shunday holatlar aniqlangan taqdirda bu haqda Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xorijiy davlatning vakolatli organini rad etish asoslarini korsatgan holda yozma ravishda xabardor qiladi.

Oziga nisbatan ushlab berish togrisida sorov kelib tushgan shaxs Ozbekiston Respublikasi hududida boshqa jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortilayotgan (yani unga nisbatan surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud ishlari yuritilayotgan) bolsa, jinoyat ishi tugatilgunga qadar uni ushlab berish kechiktirilishi mumkin.

Ozbekiston hududida bolgan shaxsni ushlab berishni sorayotgan davlat qonunchiligida javobgarlikka tortish muddatlarining belgilangan yoki belgilanmaganligidan qati nazar, Ozbekiston Respublikasi qonunlariga kora, jinoyat uchun belgilangan javobgarlikka tortish muddatining otib ketganligi uni ushlab bermaslikka asos boladi.

Ozbekiston Respublikasi hududida jazoni otayotgan shaxsni xorijiy davlatga vaqtinchalik ushlab berish masalasi ham Ozbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning orinbosari tomonidan hal qilinadi. Ozbekiston Respublikasi hududida jazoni otayotgan shaxsni vaqtinchalik ushlab berishda xorijiy davlat belgilangan muddatda qaytarish majburiyatini tan olgan bolishi kerak.

Ozbekiston Respublikasi tomonidan vaqtincha ushlab berilgan shaxs jinoyat ishi boyicha qaysi protsessual harakatlar bajarilishi uchun ushlab berilgan bolsa, xorijiy mamlakatda osha protsessual harakatlar bajarilganidan keyin, biroq shaxs topshirilgan kundan etiboran uch oydan kechiktirmay qaytarib berilishi kerak. Vaqtinchalik ushlab berish muddatini uzaytirishga har ikkala davlat vakolatli organlarining ozaro ahdlashuviga kora yol qoyiladi. Ozbekiston Respublikasida bunday vakolatga Ozbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning orinbosari ega.

Ozbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, Ozbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bolmagan shaxslar, basharti boshqa davlat hududida sodir etgan jinoyati uchun osha davlat sudining hukmi bilan jazolangan bolmasalar, Ozbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligi boyicha javobgarlikka tortiladilar. Bunday shaxslar ushlab berilishi mumkin emas.

Xorijiy mamlakatdan kelib tushgan sorov ijrosini taminlash maqsadida Ozbekiston Respublikasi hududida bolgan shaxs qamoqqa olingan bolsa, bu haqda sorov yuborgan xorijiy davlatning vakolatli organi darhol yozma ravishda xabardor qilinadi.

Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qollash togrisidagi yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish togrisidagi iltimosnomani korib chiqishda sud taqdim etilgan materiallarning asosliligini, shuningdek, Ozbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalari talablariga rioya etilganligini hisobga oladi.

Ozbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ushlab beriladigan shaxsni topshirish joyi, sanasi va vaqti haqida xorijiy davlatning vakolatli organini yozma ravishda xabardor qiladi. Agar mazkur shaxs topshirish uchun belgilangan kundan etiboran on besh sutka ichida qabul qilib olinmasa, u qamoqdan ozod qilinadi.

Shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun boshqa (sorayotgan) davlatga ushlab berish jarayoni murakkab va ota masuliyatlidir. Eng muhimi, davlatlarning ichki va xalqaro huquqiy aktlarida shaxs daxlsizligining kafolatlari va asosiy mezonlari, ayblanuvchi va mahkumni ushlab berishni sorayotgan davlatda inson huquqlari taminlanishi meyorlari, aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi mustahkamlab qoyilgan bolishi kerak.

Shahlo SAFAROVA,

IIV Akademiyasi 3-bosqich kursanti.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: