O'zb  
 
28.05.2019

MAHKUMLARGA BERILAYOTGAN IMKONIYATLAR

Adliya vazirligi hamda mutasaddi tashkilotlar hamkorligida Toshkent viloyati, Bo‘ka tumanidagi jazoni ijro etish muassasasida «Jazoni otayotgan ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning huquqlari, bu borada qonunchilikdagi songgi yangiliklar» mavzusida huquqiy targibot tadbiri otkazildi.

Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi boshligi birinchi orinbosari Abdumannob Boriyev va Toshkent davlat yuridik universiteti mehnat huquqi kafedrasi oqituvchisi Muhammadali Karimjonov mahkumlarning huquqlari, ozodlikka chiqqanlaridan song ular uchun yaratilayotgan sharoitlar va bu boradagi huquqiy asoslar haqida toxtalishdi. Tadbir songgida mahkumlar ozlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

— Bugungi tadbirdan kozlangan asosiy maqsad, bu yerda jazo muddatini otayotgan mahkumlarga ularning huquqlari yana bir bor tushuntirildi, songgi yillarda qonunchilikda qabul qilingan qoshimcha va ozgarishlar haqida malumot berildi, dedi Abdumannob Boriyev.

Bundan tashqari, 43-sonli manzil koloniyasi qoshida qishloq xojaligiga asoslangan Alxajar Agro Nur davlat unitar korxonasi ham faoliyat korsatmoqda.

Jazo muddatini otayotgan mahkumlar bu yerda bevosita qishloq xojaligi ishlariga jalb qilinadi. Korxonamizda chorvachilik, yilqichilik, parrandachilik bilan shugullanishadi. Shuningdek, davlatimiz zaxirasi uchun bugdoy, ozimizning chorvachiligimiz uchun arpa, makka ekinlarini yetishtiramiz. Eng muhimi mahkumlarda mehnat konikmasi hosil qilinmoqda, deydi Alxajar Agro Nur DUK rahbari Obid Danayev.

Bugungi tadbirdan ozimga kerakli xulosalar chiqardim. Huquqiy madaniyat, huquqlarimiz togrisida kop ma’lumotlarga ega boldim. Tadbirkorlarga yaratilayotgan qulaylik va imkoniyatlarni eshitib, ruhlandim. Ozodlikka chiqqach, kop sarmoya talab etmaydigan tikuv sexi ochish rejam bor. Bu rejani amalga oshirishda mablagim yetarli bolmagani uchun kredit olmoqchiman. Niyatim yoshlarni ish bilan taminlash va yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoshish, dedi manzil kaloniyasida jazo muddatini otayotgan Botir Abduvohid ogli Ataboyev.

Olamgir ABDIYEV,

Oz JOKU talabasi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: