O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
21.05.2019

HIMOYAGA MUHTOJ ADVOKAT

yoki surxondaryolik Saydullo Janayevning o‘n yillik sarsongarchiliklari haqida

Yaqin besh-on yil avvalida Surxondaryo viloyatida sud-huquq tizimiga otkazilgan bosim tufayli begunoh insonlarga nisbatan jinoiy ish ochilib, ular soxta ayblar bilan turli yillarga ozodlikdan mahrum qilingani kopchilikka ma’lum. Bugun ana shunday jinoiy ishlar organilib, Oliy sud tomonidan oqlov hukmlari chiqarilmoqda, adolatsizliklarga barham berilmoqda. Adolatsizliklarga uchraganlar esa oz emas.

Surxondaryolik Saydullo Janayev hozir 62 yoshda, pensiyada. Termiz tumani «Tinchlik» mahallasida yashaydi. 1991 yil Toshkent davlat universiteti (hozirgi OzMU)ning huquqshunoslik fakultetini sirtdan bitirgan. 1986 yilda Muzrabot tuman sud majlisi kotibi, keyin Termiz tuman sudi devonxona mudiri, sud ijrochisi vazifalarida ishlagan., 1990-91 yillarda Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida sud ishlari boyicha katta mutaxassis vazifasida faoliyat korsatgan.

1999-2007 yillar viloyat advokatlar kollegiyasida, keyinchalik Mashal advokatlik firmasida advokat bolgan. 2009-2012 yillarda Surxon barkamol imkon advokatlar hayatida rais vazifasida ishlagan.

Aytish kerakki, Saydullo Janayev advokatlik faoliyati davrida oz himoyasida bolgan kop insonlarning begunohligini isbotlab, sud zalidan ozod qilishga erishgan. Oziga bosim otkazmoqchi bolgan, unday qilma, bunday qil, deb korsatma bergan mahkama mansabdorlari bilan kelisha olmagan. Lekin aynan ana shu qaysarligi uning boshiga balo boldi...

2009 yilning may oyida viloyat adliya boshqarmasi boshligining sobiq orinbosari, advokatlar palatasi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi hududiy malaka komissiyasi raisi P.Boboyorov, Advokatlar palatasi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi raisi, malaka komissiyasi azosi Ahmad Qayumov, malaka komissiyasi azosi Gulnora Sulaymonovalar advokatlarni malaka imtihonidan otkazishadi. Komissiya Saydullo Janayevning shaxsiy varaqasiga imtihondan otmadi, deb xulosa beradi.

Bundan norozi bolgan Saydullo Janayev apellyatsiya tartibida respublika Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga shikoyat bilan murojaat qiladi. Komissiya shikoyatni organib, undan qayta malaka imtihoni olish haqida qaror qabul qiladi. Bu safar ham imtihonni osha uchlik qabul qiladi va Qancha shikoyat qilganing bilan baribir ozimizga kelar ekansan-ku, deb ustidan kulishadi. Saydullo Janayevning aytishicha, barcha savollarga toliq javob bersa-da, malaka imtihonidan otkazishmaydi.

Shundan keyin u malaka komissiyasining bu qarorini haqiqiy emas, deb topish uchun Fuqarolik ishlari boyicha Denov tumanlararo sudiga murojaat qiladi. 2009 yil 23 dekabrda bu ish sudya M.Norpolatov raisligida korib chiqiladi va malaka komissiyasining Saydullo Janayevga nisbatan advokatlik litsenziyasini bekor qilish haqidagi qarori haqiqiy emas, deb topiladi.

Uni sevgan kasbidan mahrum qilish maqsadida uyushtirilgan hiyla-nayranglar ish bermagach, Advokatlar palatasi viloyat hududiy boshqarmasi, Surxon haqiqat maskani advokatlik hayati Saydullo Janayevning advokatlik litsenziyasini bekor qilish va egallab turgan vazifasidan boshatish harakatiga tushadi. Ular maqsadlariga erishadi.

Bunday tazyiq va bohtonlardan sabri tugagan Saydullo Janayev ularning nomaqul ishlari jamoaga va advokatlik nomiga isnod keltirayotgani haqida huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga, Advokatlar palatasiga shikoyat xati yozadi, bunday qonunbuzilishlarga chek qoyishni soraydi. Bu haqda sobiq MXX Surxondaryo viloyat boshqarmasi xodimi, Adliya boshqarmasi faoliyatiga kurator bolgan Ulugbek Shodiyevni ogohlantiradi.

Maxsus xizmat xodimi unga Ahmad Qayumov ustidan shikoyat qilishni toxtatishni, aks holda oziga yomon bolishini ochiqdan-ochiq aytadi. Chunki Ahmad Qayumov osha paytlari koplab begunoh insonlarni ochiq-oydin badnom qilib, ular ustidan jinoiy ish qozgatib qamatib yuborgan, aholi ortasida dong taratgan sobiq MXX tergov bolimi boshligi Nodir Toraqulov bilan apoq-chapoq edi. Sababi, Nodir Toraqulov tomonidan otkazilgan tergov harakatlarida Ahmad Qayumov himoyachi sifatida qatnashardi. Hatto ayrim jinoyat ishlari boyicha ayblangan shaxslarni qormagan bolsa-da, shu ish boyicha tuzilgan hujjatlarga imzo chekib kelgan. Shunday bolganidan keyin Ahmad Qayumov kelib-kelib qandaydir bir advokatdan qorqib otirsinmi?

Zorniki tegirmon yurgizadi, deganlaridek, Saydullo Janayev oz shikoyati natijasini bilish uchun prokuraturaga borganida mazkur ishga taalluqli barcha hujjatlarni hech qanday rasmiy xat bermasdan MXX xodimi Ulugbek Shodiyev olib ketgani malum boladi.

Oradan vaqt otib, 2012 yilning 22 dekabr sanasi bilan Saydullo Janayevga nisbatan Termiz shahar prokuraturasi tomonidan Oz.R.MJtKning 40-moddasi bilan mamuriy ish qozgatilib, mazmunan korib chiqish uchun jinoyat ishlari boyicha Termiz shahar sudiga yuboriladi. Saydullo Janayevning advokatlik litsenziyasi bekor qilinadi. Sud 2013 yilning 14 yanvarida mamuriy ishni korib, ish boyicha surishtiruv-tekshirish ishlari toliq va xolisona otkazilmaganligi sababli viloyat prokuraturasi orqali qoshimcha surishtiruv otkazilishi lozimligi haqida qaror chiqaradi.

Surxondaryo viloyat prokuraturasi Jinoyat ishlari boyicha Termiz shahar sudi qarorini ijro etish orniga 2013 yilning 31 yanvarida Saydullo Janayevni Oz.R.JKning 139-moddasi 3-qismi a,g bandlari bilan shaxsga nisbatan asossiz tuhmat qilganlikda ayblab, jinoyat ishi qozgatadi. Jinoyat ishi dastlabki tergov harakatlari olib borish uchun Termiz shahar prokuraturasiga yuboriladi.

Malum sabablarga kora, Saydullo Janayev ishni Termiz shahar prokurori J.Qoziyev korib chiqishini rad etadi va bu jinoyat ishini 2013 yil 23 mart kuni Jarqorgon tuman prokuraturasi tergovchisi B.Haydarov oz ish yurituviga qabul qiladi.

Saydullo Janayev 2013 yilning 15 aprelida gumonlanuvchi tariqasida, 30 aprelda ayblanuvchi tariqasida soroq kilinadi va Oz.R.JKning 139-moddasi 3-qismi a,g bandlari bilan shaxslarga nisbatan asossiz tuhmat qilganlikda ayblanadi. Chunki uning shikoyat xatida Ahmad Qayumov va Gulnora Sulaymonova qatorida F.Abdullayeva, A.Jabborov va M.Qobilov singari shaxslar ham qayd qilingan edi.

Saydullo Janayevga tegishli jinoyat ishi 2013 yil 22 aprelga qadar tergovchi B.Haydarov ish yurituvida bolgan va F.Abdullayeva, A.Qayumov, G.Sulaymonova, A.Jabborov va M.Qobilovlar jabrlanuvchi, deb topilgan. 2013 yil 22 apreldan bu jinoyat ishini Jarqorgon tuman prokuraturasi tergovchisi J.Hayitboyev oz ish yurituviga olganligi haqida qaror qabul qilingan. Aynan osha sana bilan Saydullo Janayevni majburiy tartibda prokuraturaga keltirish, unga nisbatan qidiruv elon qilish boyicha qaror qabul qilingan.

Bunga qadar Saydullo Janayev tergovga kelmay, soroq bermay, yashirinib yurganmidi, degan haqli savol tugiladi. Yoq, bu yerda aynan osha mashhur Nodir Toraqulov tomonidan bosim va zulm mashinasi harakatga keltirilgan. Maqsad — qanday qilib bolsa-da, uni aybdor qilish, qamatib yuborish bolgan. Ozining cheksiz vakolatga egaligini korsatib kelayotgan bu shovvozni jilovlab qoyishga na viloyat prokuraturasi, na sud-huquq idoralari ozida kuch topa olmagan, inson shani, amaldagi qonunlar poymol etilgan.

Oz.R.JPKning 262-moddasi talabiga kora, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining aniq yashash manzili bolmagan va u suddan yashirinib yurgan taqdirdagina majburiy tartibda keltirish haqida tergov organi yoki sud ajrim chiqarishi mumkin. Mazkur modda talabiga kora, aniq yashash manzili bolgan sudlanuvchini oldindan chaqiruvsiz va uning kelmaslik sabablarini bilmasdan turib majburiy keltirishga yol qoyilmasligi korsatilgan.

Saydullo Janayev 2013 yil 23 mayda Jarqorgon tuman prokuraturasiga kelib, jinoyat ishi materiallari bilan tanishish haqida bayonnomani imzolab, bir nusxasini oziga oladi. Keyinchalik sud jarayonida negadir jinoyat ishi bilan tanishtirish bayonnomasidagi 23 may sanasi 20 may kuniga, 2013 yil 30 aprel kunidagi soroq bayonnomasi 1 may qilib ozgartirilganini payqab qoladi.

Gap shundaki, Saydullo Janayevga tegishli jinoyat ishi boyicha ayblov xulosasi 2013 yil 20 may sanasi bilan egallab turgan vazifasidan ozod qilingan Jarqorgon tuman prokurori Farhod Qurbonov tomonidan osha kuni tasdiqlangan. Savol tugiladi: hali tergov harakatlari tugamasdan turib, Jarqorgon tuman prokurori qanday qilib uch kun oldin Saydullo Janayevga nisbatan ayblov xulosasini tasdiqlashi mumkin? Vakolati bolmagan shaxs qanday qilib ayblov xulosani tasdiqlab bergan?

Jinoyat ishi materiallarida ana shunday aralash-quralash, bir-birini inkor qiladigan holatlar juda kop bolsa-da, sud Saydullo Janayevga hukm chiqarishda ana shu soxta hujjatlarni asos qilib oladi.

2013 yilning 7 avgust kuni Jinoyat ishlari boyicha Surxondaryo viloyat sudi raisi orinbosari, sudya O.Toshev raisligida navbatdagi sud jarayoni boshlanadi. Ish boyicha jabrlanuvchi deb korsatilgan A.Qayumov va G.Sulaymonovalar, ishonasizmi, Saydullo Janayevni viloyatning birorta advokati himoya qilmasligi haqida sudyaga tushuntirish beradi va u faqat jamoat himoyachisi olishi mumkinligini bildiradi. Saydullo Janayev sudyadan jamoat himoyachilarining sudda ishtirok etishi haqida ajrim chiqarib berishni soraydi, lekin uning iltimosi rad etiladi. Sud nihoyasida Saydullo Janayev O.Toshevdan keyingi sud protsessiga chaqiruv xati berishni soraydi. Sudya unga sud kotibi qol telefoni orqali chaqirishini bildiradi. Lekin 2013 yil 12 avgust kuni Saydullo Janayevni majburiy tartibda sudga keltirish haqida gayriqonuniy ajrim chiqaradi va shu kunning ozida soat 19.29 da faks orqali Termiz tumani IIBga yuboradi.

Sud ajrimiga kora, goyoki Saydullo Janayev 2013 yil 8 avgust va 12 avgust kuni sud majlisiga bir necha bor chaqirilganiga qaramay, sud jarayoniga yetib kelmagan. Ana shu bahona bilan uni 13 avgust kuni sudga goyoki majburiy tarzda olib kelishadi. Sudda prokuror vakili S.Ramazonov sud tergovini tugatib, muzokaraga otishni taklif etadi. Saydullo Janayev sudlanuvchi sifatida etiroz bildirib, ish boyicha haqiqatni aniqlash uchun asosiy guvohlar soroq qilinmagani, tegishli malumotlar olinmagani, qarama-qarshi korsatmalar boyicha yuzlashtirish, tegishli ekspertizalar otkazilmaganini bildiradi va sud tergovini davom ettirishni iltimos qiladi. Sud uning iltimosini inobatga olmaydi. Davlat ayblovchisi S.Ramazonov sudyadan Saydullo Janayevga nisbatan 2,5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashni va sud zalidan qamoqqa olishni soraydi.

Saydullo Janayev sudga oz etirozini bildirganida, sudya O.Toshev sud shuni lozim topdi, deb, qisqagina javob beradi. 2013 yil 14 avgust kuni sudya unga oxirgi sozni bermasdan 2 yil muddatga axloq tuzatish jazosi tayinlash haqidagi hukmni oqib eshittiradi. Saydullo Janayevga nisbatan qozgatilgan jinoyat ishida uning qonun bilan belgilangan huquqlari ochiqdan-ochiq, qopol ravishda poymol etiladi.

Hukmdan norozi bolgan Saydullo Janayev apellyatsiya bosqichiga shikoyat qiladi. Ikkinchi bosqich sudi shikoyatda korsatilgan birorta vajni tekshirmaydi va 2013 yil 19 sentabrda birinchi bosqich sud hukmini oz kuchida qoldirish haqida ajrim chiqaradi.

Oz.R. JKning 139-moddasiga berilgan sharhlarda, inson qadr-qimmati, shanini kamsituvchi, lekin haqiqatga togri bolgan faktlar tuhmat deb tan olinmasligi korsatilgan. Lekin Saydullo Janayev ishini korib chiqqan sud idoralari unga bir yoqlama yondashib, faqat uning aybini topish yoki asoslanmagan ayblovlar qoyish harakatida bolganga oxshaydi.

Saydullo Janayev ozi advokat bolaturib, ana shunday korgiliklarga duchor boldi, ayrim mansabdor shaxslarning gayriqonuniy harakatlari tufayli oz huquqini tiklashga ham ojizlik qildi. U 2013 yildan to hozirgacha adolatni tiklash maqsadida yuqori organlarga bir necha marta shikoyat bilan murojaat qildi. Lekin unda korsatilgan vajlar qayta tekshirilmasdan, ilgari chiqarilgan sud ajrimlari asosida takroriy bir xil javoblar bilan aylanib oziga qaytib kelmoqda.

Saydullo Janayev kuyinib bir gapni takrorlaydi: ozim yuristman, advokat bolganman axir. Aybdor bolganimda, bilaman, kurashishning foydasi yoq. Lekin men aybdor emasman...

Nurulloh DOSTON,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: