O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
14.05.2019

54 MUROJAAT JOYIDA HAL ETILDI

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida viloyat hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatdagi Xalq qabulxonasi hamkorligida sayyor qabul otkazildi.

Unda sektorlar rahbarlari, viloyat tashkilotlari, tuman hokimligi mutasaddilari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sayyor qabulda 158 nafar fuqaroning 185 ta murojaati korib chiqilib, 54 murojaat joyida hal etildi. 8 ta murojaat boyicha tushuntirish berildi. 122 ta murojaatni organish va ijrosini ta’minlash boyicha tegishli tashkilotlarga topshiriq berildi.

Tumandagi Boybori qishlogida 1 ming 700 nafardan ziyod aholi yashaydi. 200 nafardan ortiq bola talim olish uchun 6 kilometr uzoqlikdagi Toqboy qishlogida joylashgan 73-umumiy orta talim maktabiga qatnaydi. Ayniqsa, sovuq kunlarda yoki yogingarchilik paytida shuncha yol bosib maktabga borish oson emas. Sayyor qabulda qishloq aholisining mazkur muammosi tinglanib, ijobiy yechim topadigan boldi.

– Bugun juda xursandmiz, endi bizning qishloqda ham maktab quriladigan boldi, deydi Boybori qishlogida yashovchi mehnat faxriysi Sayfulla Almuratov. Har holda mutasaddilar shunday vada berishdi. Bundan tashqari, mahallamiz idorasi ham yoq. Bu muammoni ham aytdik. Organib chiqiladigan boldi. Ilgari respublika u yoqda tursin, viloyat va hatto tuman rahbarlari joylarga kelib, aholining dardini tinglashini xayolimizga ham keltirmaganmiz. Dardimizni kimga aytishni bilmas edik. Hozir esa rahbarlarning ozi kelib, muammoyingiz nima, deb soramoqda. Bundan konglimiz togdek kotarildi.

Sayyor qabul davomida mehnat yarmarkasi ham tashkil etilib, unda 82 ta tashkilot-korxona va muassasa 413 ta bosh ish orni bilan qatnashdi. Kopchilik fuqarolarga ishga joylashish uchun yollanma berildi. Masalan, Zamira Absalomova tuman tibbiyot birlashmasiga laborant, Feruza Murtazoyeva esa orastabon bolib ishga joylashadigan boldi. Sharof Norqobilov shu yerning ozida tuman obodonlashtirish bolimiga ishga qabul qilindi.

Anchadan buyon ish izlab yurgandim, deydi Sh.Norqobilov. Bugungi yarmakada qorovullik ishiga joylashdim. Qishlogimdan ish topganim yaxshi boldi. Bundan oila azolarim ham xursand.

Shuningdek, sayyor qabul doirasida nogiron va sogligini yoqotgan bir guruh fuqarolarga 20 ta nogironlik aravachasi, 15 ta hassa, qoltiqtayoq, sogligini tiklashi uchun sihatgohlarga 17 ta yollanma tarqatildi.

O.BAROTOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: