O'zb  
 
14.05.2019

SUDYALAR QASAMYOD QABUL QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida Sudyalar oliy kengashi qaroriga kora, birinchi besh yil muddatga sudyalik lavozimiga tayinlanganlarning qasamyod qabul qilish marosimi bolib otdi.

Oliy sud raisi K.Komilov sudyalikning mas’uliyati, odil sudlovni amalga oshirishda faqat qonunga tayanish lozimligi haqida toxtalib, sudyalik lavozimiga kirishayotganlarga omad tiladi. Shundan song ilk bor sudyalikka tayinlanganlar qasamyod qabul qildi.

— Bugun hayotimda quvonchli kunlardan biri, deydi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi sudyaligiga tayinlangan Ozoda Gulomova. Shu kunga qadar turli idoralarda huquqiy maslahatchi, katta maslahatchi lavozimlarida ishladim. Oliy sudda malakamni oshirdim. Oylaymanki, bu organganlarim sudyalik faoliyatimda qol keladi.

Tadbirda ishtirok etgan ota-onalardan Dilbar Esanbayeva, Abdurashid Boybekov, Shahodat Tolaganova, Nasiba Mirshayeva va Hakim Zohidovlar farzandlarining sudya bolib tayinlanganidan mamnunligini izhor etib, ularning davlatimiz ishonchini oqlashiga, halol va pok bolib, qonun doirasida ish olib borishiga xayrixohligini bildirdi.

14 nafar ilk bor sudyalikka tayinlanganlarga sudyalik guvohnomasi hamda Ozbekiston Respublikasi sudyalarining odob-axloq kodeksi kitobi topshirildi.

M.TOSHQORAYEVA,

OzA muxbiri.



DB query error.
Please try later.