O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
07.05.2019

OLIY SUD RAISI VA BOSH MUHARRIRLAR UCHRASHUVI

Bugun aholining huquqiy bilimi, madaniyatini yuksaltirmay, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlamay turib, huquqiy-demokratik jamiyat qurib bo‘lmasligini hayotning ozi korsatmoqda.

Bu talablar ijrosi sud tizimi oshkoraligi, jamoatchilik nazorati, xususan, matbuot hamda ommaviy axborot vositalari bilan sudlar hamkorligiga kop jihatdan bogliq, albatta.

Mazkur uchrashuv samimiy va oshkora otgani, savollar va takliflarga boy bolgani bilan ishtirokchilarni mamnun etdi. Oliy sud raisi Kozimjon Komilov sud tizimida olib borilayotgan islohotlar, ozgarishlar, sud qarorlari adolatli bolishi uchun korilayotgan chora-tadbirlar, sudlar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sudlar uchun qurilayotgan yangi binolar haqida batafsil hikoya qildi. Ayniqsa, sud majlislarining onlayn translyatsiyasi yolga qoyilishining ahamiyati togrisida alohida toxtaldi. Bugun mamlakatimizda inson huquqi, shani, qadriga munosabat mutlaqo ozgargani, otgan 2018 yilda 867 nafar fuqaro oqlangani buning bir misoli ekani takidlandi.

Darhaqiqat, songgi ikki yilda sudlar mustaqilligi taminlanmoqda. Ilgarigidek qaysidir organlarning sud ishiga aralashuvi, bosim otkazilishiga chek qoyildi. Endi hamma gap sudyaning bilimi, malakasi, vijdoniga bogliq. Shuni ham aytish kerakki, oqlovlardan tashqari, Ozbekiston Oliy sudi va Xotin-qizlar qomitasi ortasida tuzilgan memorandumga asosan sudlarda xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilish boyicha yangi amaliyot qollanila boshlandi.

2018 yilda jinoyat sodir etgan 893 nafar xotin-qiz Xotin-qizlar qomitasi tomonidan himoyaga olinib, jazodan ozod etildi. Xususan, Xotin-qizlar qomitalari kafilligi asosida 113 nafar sudlanuvchiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogliq bolmagan jazo tayinlandi. Muqaddam sudlanib, jazo muddatini otayotgan 597 nafar ayol jazoni otashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan, 100 nafar ayolning jazosi yengilrogi bilan almashtirilgan.

19 aprel kuni Oliy sud jinoyat ishlari boyicha sudlov hayatida ogir va ota ogir jinoyatlarni sodir etgan 5 nafar ayol arizasi korib chiqilib, ular sodir etgan qilmishidan chin kongildan pushaymonligi, axloqan tuzalish yoliga otgani hamda jazoning asosiy qismini otaganligi hisobga olinib, jazodan ozod qilinib, oilasi bagriga qaytarildi. Uchrashuvda bu kabi misollar koplab keltirildi.

Shuningdek, sudning madaniyati, qarorlari, matbuot bilan hamkorlik masalalarida kamchilik va muammolar mavjudligiga ham etibor qaratildi. Xususan, sud jarayonida jurnalistlar ovoz yozish yoki videotasvirga olishiga tosiqlar bolayotgani haqida fikrlar bildirildi. Oliy sud raisi ochiq va yopiq sudlar tartibi, talablari, qoidalari, qanday holatlarda sudlarda ovoz yozib olish, tasvirga olish mumkin emasligi togrisida tushuncha berdi. Sudlarning matbuot va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligi hayot zarurati ekani, bundan jamiyat manfaat korishini takidladi.

Oliy sud rahbariyatining hududlarda, ayniqsa, uzoq tumanlarda otkazayotgan qabullari, sayyor sudlar ahamiyatini kengroq yoritish, sud-huquq mavzusidagi tanqidiy maqolalarda masalani chuqur organish, yuzakilikka yol qoymaslik zarurligi togrisida ham fikr-mulohazalar bildirildi. Matbuotda chop etilgan tanqidiy maqolalarga Oliy sud etiborini kuchaytirish boyicha takliflar aytildi. Hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib olindi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: