O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
07.05.2019

ICHKI ISHLAR TIZIMIGA ISHGA QABUL QILISH YOKI RAD ETISH MASALASI 40-50 KUN ICHIDA HAL ETILADI

Milliy matbuot markazida Ichki ishlar vazirligining Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi matbuot anjumani o‘tkazdi. Unda ichki ishlar organlarida kadrlar bilan ishlash, tizimdagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va litseylar masalasi muhokama qilindi.

— Joriy yilning birinchi choragida jinoyatchilik otgan yilning shu davriga nisbatan 31,6 foizga kamaydi, mahallalarning 78 foizida jinoyat sodir etilishiga yol qoyilmadi, deydi Ichki ishlar vazirligining Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshligi, general-mayor Qutbiddin Burxonov. Prezidentimizning 2018 yil 24 dekabrdagi jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qarorining qabul qilinishi jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichini belgilab berdi. Mazkur qarorga asosan, mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni taminlash, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan yangi tizim joriy etildi.

Joriy yilning 3 oyida 4 mingdan ortiq xodim ragbatlantirildi.

Bundan tashqari, joriy yilning 3 oyida respublika hududida sodir etilgan jinoyatlar soni 3 ming 43 taga yoki 31,6 foizga, jinoyat qidiruv yonalishidagi jinoyatlar soni 2 ming 578 taga yoki 40,8 foizga kamayishiga erishildi. Shuningdek, 9 ming 22 mahalladan 7 ming 38 tasida yoki 78 foizida jinoyat sodir etilishiga yol qoyilmadi.

Yoshlarni va voyaga yetmagan shaxslarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, osib kelayotgan avlodni diniy ekstremizm, zoravonlik va shafqatsizlik goyalaridan himoya qilishga qaratilgan tizimni rivojlantirish ichki ishlar organlari oldida turgan eng muhim yonalishlardan biridir. Bugungi kunda yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning bandligini taminlash hamda jamiyatdagi ornini mustahkamlash dolzarb vazifa hisoblanadi.

Shu sababli joriy yilda yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish, sodir etilayotgan jinoyatlarni mahallalar, talim muassasalarida muhokama qilish, targibot-tashviqot tadbirlari kuchaytirilib, yoshlar orasida 48 mingdan ortiq davra suhbati va uchrashuvlar otkazildi.

Xususan, joriy yilning otgan davri mobaynida 221 ming 980 nafar bandligi taminlanmagan yoshlar kasb-hunar organishlari uchun oqitildi. Shuningdek, 29 ming 450 nafari hunarmandlikka, 31 ming 628 nafari kasanachilikka jalb etilib, 37 ming 856 nafari mehnat yarmarkalari orqali ishga joylashtirildi. Qolaversa, 21 ming nafardan ortiq yigit-qizga «Har bir yoshga bir gektar» loyihasi doirasida yer ajratildi. 13 ming 437 nafari esa dehqon xojaliklari va tomorqa yerlariga jalb qilindi.

Shuningdek, yoshlarning bosh vaqtlarini mazmunli otkazish, ishga joylashtirish, kasb-hunarga yonaltirish, tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, oz-ozini band qilish boyicha bilim va konikmalarini oshirish maqsadida barcha tuman, shaharlarda Yoshlar bandligiga komaklashish haftaligi otkazildi.

Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida yoshlar (18-30 yosh) jinoyatchiligi joriy yilning 3 oyida otgan yilning shu davriga nisbatan 39,5 foizga, jinoyat sodir etgan kollej va litsey oquvchilari soni 59,2 foiz kamayishiga erishildi.

Tadbir davomida Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida kimlar tahsil olishi hamda nechanchi sinfdan oquvchilar qabul qilinishi mumkinligi togrisidagi savollarga IIVning ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori, podpolkovnik Sherali Torayev javob berdi.

Prezidentimizning 2017 yil 29 noyabrdagi ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 iyundagi Ozbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari togrisidagi qarori asosida vazirlikning JAR sport-soglomlashtirish kompleksiga qarashli harbiylashtirilgan maktab-internat bazasida Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati tashkil etildi. Ushbu talim muassasasiga ichki ishlar organlarining, birinchi navbatda, xizmat majburiyatlarini bajarish chogida halok bolgan, shuningdek, xizmatni otash davomida olgan yaradorligi, kasalligi va jarohatlanganligi oqibatida nogironlikka uchragan yoki vafot etgan harbiy xizmatchi va xodimlarining hamda boshqa fuqarolarning umumtalim muassasalarida 4-sinfni tamomlagan farzandlari (ogil bolalar) har yilgi qabul kvotalariga muvofiq tanlov asosida qabul qilinishi belgilangan. Yanada aniqroq aytadigan bolsam, qabul kvotalarining 80 foizi yuqorida keltirilgan toifalar uchun, yana 20 foizi boshqa bolalar uchun ajratiladi.

Xususan, maktab-internatda oquvchilar 5-sinfdan 9-sinfgacha belgilangan talim dasturlari asosida zarur shart-sharoitlar, tibbiy xizmat bilan bepul taminlangan holda doimiy yashab, talim olishadi. Shu bilan birga, oquvchilar oqish davrida kunlik tort mahal oziq-ovqat, mavsumiy kiyim-kechak va boshqa buyumlar bilan ham bepul taminlanadi.

Shuningdek, tadbirda ichki ishlar organlariga ishga kirish uchun kerakli hujjatlarni topshirgan fuqarolar yillab kutib yurishining boisi nimadaligi borasida berilgan savolga Ichki ishlar vazirligining Kadrlar boshqarmasi boshligi orinbosari Rustambek Kamolov javob berdi.

Ichki ishlar organlariga ishga qabul qilish jarayonida malum organishlar talab qilinadi. Otgan yili vazirligimiz tomonidan ishga kirmoqchi bolgan fuqarolarning etirozlari hisobga olinib, ishga qabul qilishda soddalashtirilgan tizim joriy etildi. Endilikda ishga qabul qilish yoki rad etish masalasida 40-50 kun ichida javob beriladi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.