O'zb  
 
08.04.2019

MULK HUQUQINI ETIROF ETISH

komissiyalari 200 ming murojaatni ko‘rib chiqish muddatini buzgan, 35 ming holatda esa hokimliklar qaror qabul qilmagan!..

Odamlarni asossiz ovora qilgan...

Barchamizga ma’lumki, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 apreldagi PF–5421-son Farmoniga asosan ozboshimchalik bilan qurilgan kochmas mulkka nisbatan mulk huquqini etirof etish boyicha bir martalik umumdavlat aksiyasi elon qilingan.

Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 21 iyundagi 461-sonli qaroriga asosan joylarda zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, mazkur Qarorga asosan fuqarolar yoki uning qonuniy vakili ozboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini olish uchun imorat joylashgan hududdagi Davlat xizmatlari markazi orqali tuman (shahar) hokimining nomiga ariza bilan murojaat qiladi.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

murojaat etuvchining pasporti nusxasi;

murojaat etuvchining oila azolari haqida hamda yer uchastkasiga egalik qilgan muddatlari va imorat qurilgan vaqt togrisida fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlarining malumotnomalari.

Murojaat etuvchidan boshqa malumotlar va hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.

Arizani korib chiqish uchun davlat xizmatlari markazi tomonidan yigim undirilmaydi, faqatgina bir martalik aksiya doirasida eng kam ish haqining 5 barobari miqdorida yigim tolanadi.

Malumotlarga qaraydigan bolsak, joriy yilning 1 aprel holatiga fuqarolardan mulk huquqini etirof etish yuzasidan 500 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushgan bolib, shundan 200 mingga yaqin ozboshimchalik bilan qurilgan turar-joylarga nisbatan mulk huquqi berilgan.

Yuqoridagi raqamlardan korinib turibdiki, bu borada, mulk huquqini etirof etish boyicha joylardagi komissiyalarning faoliyatini qoniqarli, deb bolmaydi.

Shu bilan birga, komissiya azolari tomonidan murojaatlarni korib chiqishda hanuzgacha muddat buzilishi holatlariga yol qoyilmoqda.

Jumladan, komissiya azolari hisoblangan kadastr, qurilish, ichki ishlar, soliq, ekologiya, yongin xavfsizligi, sanitariya idoralari tomonidan 200 minga yaqin murojaatni korib chiqishda belgilangan muddatlar buzilishi holatlariga yol qoyilgan.

Eng achinarlisi, komissiyaning ijobiy xulosasi mavjud bolgan jami 35 mingdan ortiq murojaat yuzasidan tuman (shahar) hokimliklarining mulk huquqini etirof etish boyicha qarorlari qabul qilinmagan. Bu esa, fuqarolarimizning xaqli etirozlariga sabab bolmoqda.

Bu borada eng kop muddat buzilishlarni Toshkent, Namangan, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahrida kuzatish mumkin.

Bundan korinadiki, Farmon va qarorning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yetarlicha targibot tadbirlari amalga oshirilmagan hamda komissiyalar faoliyati ustidan tasirchan va tizimli nazorat yetarli darajada ornatilmagan.

Ushbu holatlar Farmondan kozlangan muhim maqsadlarni amalga oshirilishiga tosqinlik qilmoqda.

Adliya vazirligi joylarda Farmon va Qaror ijrosini taminlash maqsadida qatiy nazoratni olib bormoqda.

Misol uchun, bugungi kunga qadar aniqlangan qonun buzilish holatlari boyicha oziga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmagan 295 nafar komissiya azosi intizomiy javobgarlikka tortilgan. Shundan, 33 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan bolsa, 854 nafar shaxsga nisbatan mamuriy jarimalar qollanilgan.

Hurmatli fuqarolar bir martalik aksiya muddatining tugashiga bor yogi 20 kundan ortiq vaqt qolmoqda.

Farmon qabul qilingandan keyin ozboshimchalik bilan qurilgan imoratlar etirof etilmaydi.

Shunday ekan, davlatimiz tomonidan berilgan bu imkoniyatdan fuqarolarimiz tolaqonli foydalanishlari uchun mutasaddi idoralar oz vazifalariga yanada masuliyat bilan yondoshishlari talab etiladi.

Shu bilan birga, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining PF5421-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 461-son Qarori ijrosiga masul bolgan tashkilotlar masuliyat bilan yondashadi va albatta fuqarolarning ovoragarchiligiga chek qoyiladi, deb umid qilamiz.

Uzakbergen JAKSIMURATOV,

Adliya vazirligi yetakchi maslahatchisi.



DB query error.
Please try later.