O'zb  
 
08.04.2019

ATOM ELEKTR STANSIYASI: XAVOTIRGA ASOS YOQ

O‘zbekiston Respublikasi IIV Yongin xavfsizligi institutida «Ozbekistonda atom elektr stansiyasi qurilishi va uning xavfsizligi masalalari» mavzusida davra suhbati bolib otdi.

Unda Ozbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Prezidenti Bexzod Yoldoshev, akademiklar, Yadro fizikasi instituti mutaxassislari, Mirzo Ulugbek nomidagi Ozbekiston Milliy universitetining Yadro fizikasi kafedrasi hamda institutning professor-oqituvchilari, tinglovchi va kursantlari ishtirok etdi.

Tadbirni kirish sozi bilan ochar ekan institut boshligi, yuridik fanlar doktori, professor Nuriddin Narmatov Prezidentimizning 2018 yil 19 iyuldagi Ozbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni ahamiyati haqida gapirib berdi.

Davra suhbatida sozga chiqqanlar atom energiyasining afzalliklari, mamlakatimizda qurilayotgan atom elektr stansiyasida xavfsizlikni ta’minlash, bu borada Atom energetikasi boyicha xalqaro agentlik — MAGATE bilan hamkorlik masalalari, ushbu yonalishda talim tizimining takomillashuvi, yadroviy-muhandislik fanlari, qurilish sanoati va energetika tizimining rivojlanishi uchun mustahkam poydevor bolishi haqida atroflicha soz yuritdi.

2018 yil 7 sentabrda Ozbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumatlari ortasida mamlakatimiz hududida atom elektr stansiyasini qurish boyicha hamkorlik togrisida bitim tuzildi, deydi Ozbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Prezidenti Bexzod Yoldoshev. Unga asosan Ozbekistonda ?+ VVER-1200 zamonaviy avlod stansiyasini qurilishi hamda birinchi energoblokni 2028 yilning oxirigacha ishga tushirish moljallanmoqda. Yana shuni aytish mumkinki, otgan qisqa davr mobaynida ushbu strategik yonalishda keng qamrovli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasi huzurida Atom energetikasini rivojlantirish agentligi tashkil etildi, ?019-2029 yillarda Ozbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish Konsepsiyasi va uni amalga oshirish boyicha Yol xaritasi qabul qilindi. Bundan tashqari, ixtisoslashgan kadrlar tayyorlash tizimi yolga qoyildi, atom energiyasidan tinchlik yolida foydalanish, eng avvalo, mamlakatimizda atom energetikasi sohasi, tibbiyot va qator boshqa yonalishlarda rivojlanish belgilandi. Qolaversa, Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish togrisidagi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida birinchi oqishda qabul qilinganligini alohida takidlash mumkin.

Shuningdek, AESlarda yonginlar sodir etilishi va rivojlanishini modellashtirish uslublari, ularning AES konstruksiyalari va uskunalariga tasirini baholash usullari, ilmiy asoslangan yonginga qarshi profilaktik chora-tadbirlar organilmoqda.

Davra suhbatida atom elektr stansiyasi qurilishi loyihasi boyicha amalga oshirilayotgan ishlar, bu inshootning ishlash mexanizmlari, tashkiliy jarayonlar haqida sodda tilda tushuntirib berildi, deydi Ozbekiston Respublikasi IIV Yongin xavfsizligi instituti katta ilmiy xodimi Jaloliddin Nurmuhammadov. Atom elektr stansiyasining qurilishi mamlakatimizni ekologik toza elektr energiyasiga bolgan talabini qondirish, tabiiy foydali qazilmalarni tejash va ulardan oqilona foydalanish borasida qoyilgan muhim tarixiy qadam boladi, deb hisoblayman. Tabiiy boyliklar bir kun tugaydi. Demak, atom elektr stansiyalari qurish vaqti keldi. Chunki aholi sonining kundan-kunga oshib borishi, iqtisodiyotning taraqqiy etishi oz-ozidan elektr-energiyaga talab ortishiga olib keladi. Zero, elektr energiyasiz rivojlanish bolmaydi.

Togrisi, tadbirdan oldin menda atom elektr stansiyalarining portlashi yoki yonishi natijasida kelib chiqadigan fojialar, jumladan, radiatsiyadan nurlanish oqibatida nasldan-naslga otuvchi kasalliklar, koriladigan moddiy va manaviy zararlar haqida xavotirli oylar, savollar bor edi. Akademiya Prezidenti shu kabi halokat sabablarini ilmiy nuqtai-nazardan tushuntirib berganidan keyin mendagi ushbu bezovtalik yoq boldi.

Men bugun atom elektr stansiyalarida yongin xavfsizligini taminlash masalalari togrisidagi tushunchaga ega boldim, deydi Yongin xavfsizligi institutining 5-bosqich kursanti Sardor Sapoyev. Bundan tashqari, atom elektr stansiyalarining zilzilabardoshlik xususiyatlari, uni tashkil qilgan konstruksiya va uskunalar, yonginlar rivojlanishining ehtimolligi va ular orqali xavfli omillar tarqalishining oldini olish, bu boradagi ilmiy asoslar toliq tushintirib berildi.

Yuqoridagi fikrlardan bilish mumkinki, davra suhbati tinglovchi va kursantlar uchun foydali boldi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.