O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
02.04.2019

1 APRELDAN BOSHLAB DAVLAT XIZMATLARINI ISTALGAN DXMDA OLISHINGIZ MUMKIN

2019 yil 15 fevralda mamlakatimiz rahbari tomonidan «Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida» gi qarori qabul qilindi.

Unda 2019 yil 1 iyundan boshlab jismoniy va yuridik shaxslar davlat xizmatlarini eksterritorial tamoyil boyicha olishga haqli ekanligi belgilangan.

Ma’lumot uchun: davlat xizmatlarini olishning eksterritorial tamoyili – bu fuqarolar doimiy (vaqtincha) royxatdan otgan joyidan va yuridik shaxslar pochta manzilidan (joylashgan yeridan) qati nazar, istalgan hududdagi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish imkoniyati hisoblanadi.

Mazkur qulaylikni 1 iyunni kutmasdan tezroq joriy qilish uchun Davlat xizmatlari agentligining masul xodimlari tomonidan tegishli ishlar amalga oshirildi.

Natijada yuridik va jismoniy shaxslar joriy yilning 1 aprel sanasidan boshlab barcha xizmatlar eksterritorial tamoyil boyicha, yani istalgan hududdagi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilib xizmatlardan foydalanishlari mumkin.

Misol uchun, Toshkent shahrida faoliyat yuritishni maqsad qilgan tadbirkor Samarqand viloyatidagi markazlardan turib ham royxatdan otishi mumkin. Nafaqat royxatdan otish sohasida, balki Davlat xizmatlari markazlari orqali korsatiladigan aksariyat xizmatlardan doimiy yashash joyidan hamda royxatdan otgan hududidan qati nazar jismoniy va yuridik shaxslar istalgan hududdagi Davlat xizmatlari markazlari orqali foydalanishlari mumkin.

Adliya vazirligining Telegramdagi

Huquqiy axborot kanali


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: