O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
02.04.2019

CHET EL FUQAROLARI OZBEKISTON HUDUDIDA TASDIQNOMA OLGAN HOLDA MEHNAT QILISHLARI MUMKIN

Hukumat qarori (244-son, 25.03.2019 y.) bilan O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi togrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, ish beruvchilar Ozbekistonga xorijdan ishchi kuchini bir yillik ruxsatnoma olib jalb etishi mumkin.

Chet el fuqarolari esa Ozbekiston hududida tasdiqnoma olgan holda mehnat qiladi.

Ruxsatnoma va tasdiqnoma olish uchun ish beruvchi Davlat xizmatlari markaziga ozi kelib murojaat etadi yoki elektron ruxsatnoma uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yoki ruxsatnoma berish uchun moljallangan maxsus onlayn-maydonchada royxatdan otadi.

Ruxsatnoma olish uchun elektron sorovnoma toldiriladi hamda unga ish beruvchining pasport nusxasi ilova qilinadi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.

Arizani korib chiqqanlik uchun eng kam oylik ish haqining bir baravari (202 ming 730 som) miqdorida yigim undiriladi.

Ozi kelib murojaat etilganda Davlat xizmatlari markazi bir soatda arizani Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yuboradi.

Agentlik 5 ish kunida ruxsatnoma berish togrisida qaror qabul qiladi va ish beruvchini xabardor qiladi.

Ruxsatnomani olish uchun ish beruvchi besh ish kunida eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida (10 mln 130 ming 500 som) yigimni tolashi lozim.

Agentlik yigim undirilganidan song bir ish kunida ruxsatnomani rasmiylashtiradi va uni ish beruvchiga yuboradi.

Tasdiqnoma olish uchun sorovnomaga chet el fuqarosi haqidagi barcha ma’lumotlar ilova qilinadi.

Ariza bir soatda Agentlikka va hududiy mehnat organiga yuboriladi.

Hududiy mehnat organi besh ish kunida Agentlikka chet el fuqarosini jalb qilish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi haqida xulosa beradi.

Agentlik on besh ish kunida tasdiqnoma berish yoki rad etish haqida qaror qabul qiladi.

Ish beruvchi tasdiqnomani olish uchun 5 ish kunida quyidagi miqdorlarda tolov tolaydi:

— vatandoshlar uchun, yuqori malakali va malakali mutaxassislar, Prezident maktablari va oliy oquv yurtlarida ishlash uchun jalb etilayotgan oqituvchilar va mutaxassislar uchun – eng kam ish haqining 2 baravari (405 ming 460 som) miqdorida;

boshqa chet el fuqarolari uchun eng kam ish haqining ottiz baravari (6 mln 81 ming som) miqdorida.

Tolov tolanganidan song bir ish kunida tasdiqnoma rasmiylashtiriladi va ish beruvchiga yuboriladi.

Adliya vazirligining Telegramdagi

«Huquqiy axborot» kanali


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: