O'zb  
 
02.04.2019

QAMOQ JAZOSI BOLANI TOGRI YOLGA BOSHLAY OLADIMI?..

Ushbu maqolani yozish oldidan hamkasbim ko‘p farzandli oilada, hech qanday sharoitsiz, doimiy kamsitishlar, urish-sokishlar, kaltaklar ostida voyaga yetayotgan bolaning hayoti bilan bogliq voqelik asosida suratga olingan, «Kapernaum» deb nomlangan filmni korishni maslahat berdi. Film yakunlanayotgan paytdagi voqealar juda ham ta’sirli. Film qahramoni otasi va homilador onasini sudga beradi. Sudya nima istaysan, deb soraydi. Dunyoga kelib, zarracha yaxshilik kormagan bola ular ham menday yashasa, tugishni bas qilishsin, deb yiglab yuboradi...

Aslida ham, ota-onaning vazifasi farzandiga togri tarbiya berib, voyaga yetkazish, oyoqqa turishiga komaklashish, uning baxtu kamoli uchun kurashish emasmi? Hech qaysi bola bebosh, ahloqsiz, ogri yoki yolgonchi bolib tugilmaydi. Uni kattalar shu ahvolga solib qoyib, kamiga jazo ham beradi. Bu qanchalik togri?

Otgan haftada poytaxtimizda Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamda Germaniya xalq universiteti assotsiatsiyasining Ozbekistondagi filiali hamkorligida otkazilgan xalqaro konferensiyada mavzuga aloqador masalalar atroflicha muhokama etildi. Unda oilalardagi turli muammolarning oldini olish, hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga iqtisodiy, huquqiy, manaviy komak berish ishlari qay darajada olib borilayotgani haqida soz bordi. Poytaxtimizning Chilonzor tumanida joriy etilishi kozda tutilayotgan jazoni otash muassalaridan qaytgan shaxslarning ijtimoiy moslashuvi bilan bogliq loyiha haqida soz yuritildi. Xalqaro ekspertlar hamda mahalliy mutaxassislar atroflicha fikr almashdi.

— Ozbekistonda inson huquqlari boyicha juda katta ishlar amalga oshirilmoqda, dedi Ozbekistondagi Buyuk Britaniya birlashgan qirolligi va shimoliy Irlandiya elchixona ishlaridagi vaqtincha ishonchli vakili Devid Spayyers. Ayniqsa, ijtimoiy moslashuv, jazoni otash joylaridan qaytgan shaxslarni jamiyatga qaytarish, ijtimoiy himoya masalalari ustuvor sanaladi. Masalan, yaqinda BMT bilan hamkorlikdagi Inson huquqlari boyicha Samarqand dekloratsiyasi imzolandi. Unda inson huquqlarini himoya qilish boyicha xalqaro meyorlar qamrab olingan. Buyuk Britaniya ijtimoiy komakka muhtoj shaxslarga komaklashish yolida olib borilayotgan say-harakatlarni har tomonlama qollab-quvvatlaydi.

Shu maqsadda jazoni otash muassasalaridan qaytgan shaxslarning ijtimoiy moslashuviga komaklashuvchi loyiha ustida hamkorlikda ish olib borildi. Aholining zaif qatlamiga yordamlashish imkoniga ega bolayotganimizdan xursandmiz. Bu borada bizga eng yaqin komakchi OAV hamda ijtimoiy himoya bilan bogliq qonunchilik bazasi ekanini ham aytib otmoqchiman. Shuningdek, xotin-qizlar qomitasi, Bosh prokuratura, hokimiyat, Ichki ishlar vazirligi va yana koplab hamkorlar bilan boshlayotgan ishimiz xayrli boladi. Chunki bolaning xatosi uchun ularni jazolash emas, tarbiyalash kerakligini hayotning ozi korsatib turibdi.

Ijtimoiy masalalarda hamkorlik nafaqat mamlakat ichidagi muammolarni hal etishga, balki davlatlar ortasidagi rishtani mustahkamlashga ham xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir, dedi Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktor orinbosari Dildora Karimova. Oila mavzusi esa har doim va har yerda dolzarbligini yoqotmagan. Markazimiz hamkor tashkilotlar bilan birga oilani mustahkamlash bilan bogliq meyoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, reproduktiv salomatlik masalasi va demografik rivojlanish darajasini tizimli organish ishlarini olib bormoqda. Shuningdek, namunaviy oilalardagi muhitni targib qilishga etibor qaratilmoqda...

Bosh prokuratura akademiyasi hamda YuNISEF hamkorlikda voyaga yetmaganlarni qamoq jazosidan ozod qilish yoli bilan adolatni qaror toptirish tizimini yaratish bilan bogliq loyiha ustida ish olib borildi, dedi Bosh prokuratura Akademiyasi bosh maslahatchisi Oleg Kim. Loyihani ishlab chiqish jarayonida otkazilgan davomli organishlar, ichki ishlar idoralari xodimlari, turli tashkilotlar, jamoatchilikning fikrini organish natijasida xalqaro standartlarga mos bolmagan tajriba yuzaga kelganiga guvoh boldik. Qopol qilib aytganda, biz bolalarni qamayapmiz. Nega axir? Amaliyot va tahlillar shuni korsatadiki, voyaga yetmagan, ayniqsa, 14-16 yoshli bolalar hatto huquqbuzarlik qilayotganini tushunmaydi, bu faqatgina bolalarcha beboshlik darajasidagi ishlar, deb biladi. Shu yoshdagi bolalar sud zaliga ham xuddi vaqt otkazish, kongilxushlik uchun kelgandek ozini tutgan holatlar ham boladi.

Kuzatishlar va songgi paytlarda yurtimizda olib borilayotgan islohotlar bolalar hamda aholining zaif qatlamiga oid qonunchilikni qisqa muddatda takomillashtirishni taqazo qilmoqda. Avvaliga, birinchi marta, ozi istamagan ravishda huquqbuzarlik, jinoyat sodir etgan barcha yoshdagi fuqarolar ortasida mazkur loyihani yolga qoymoqchi boldik. Loyihaning mazmuni huquqbuzarlik sodir etganlarni imkon qadar jazolamaslik, buning orniga tushuntirish va yordam berishdan iborat boladi. Chunki oldinda nima bolishini hech kim bilmaydi. 2016 yildan boshlab shu vaqtga qadar tahlillar, organishlar, turli treninglar olib borildi. Oxir-oqibat voyaga yetmaganlar ortasida ushbu loyihani joriy etish togri, degan xulosaga keldik.

Ayni paytda uni Chilonzor tumanidan boshlamoqchimiz. Agar biror nima kutilgandek bolib chiqmasa, biz yoki loyiha ishtrokchilari tomonidan xatoga yol qoyilsa, yana boshqa har qanday holatda ham birgina tumandagi kamchilik, muammoni bartaraf etish osonroq boladi. Aynan ushbu tumanni tanlaganimizga sabab esa poytaxtdagi eng kop millatli fuqarolar istiqomat qilishi, kattaligi, aholi qatlami va yana boshqa xususiyatlari mos keldi. 6 oyga moljallangan loyiha davomida har bir bolaga individual yondashamiz va bir xil munosabatda bolamiz. Aytib otish kerak, Bosh prokuratura akademiyasi, Ichki ishlar, Adliya vaziriliklari, Chilonzor tuman huquq-tartibot idoralari, jamoat tashkilotlari hamda shahar va tuman hokimlari loyiha tashkilotchilari hisoblanadi. Loyihada ijtimoiy xizmatchilar, psixologlar, huquq-tartibot idoralari xodimlari, mahalla, nodavlat tashkilotlari va yana koplab sohadagi onlab mutaxassislar ishtirok etadi. Ular bolani togri yolga boshlash, ruhiyati, xohish-istaklari, oilaviy sharoitini organish, bu boradagi muammolarni yechishga komaklashish bilan shugullanadi.

Fargona viloyatida yashovchi qiz jazo muddatini otab bolgach, oilaga qaytdi, deydi konferensiya moderatori Venera Ermatova. Ammo oilasida ota-onasi, singillari tomonidan salbiy munosabat bolgani oqibatida u yana jazo koloniyasiga qaytish istagi bilan joylarga murojaat qilgan. Uning aytishicha, oz yaqinlaridan kora, qamoqdagi dugonalaridan koproq etibor koradi. Bu kabi muammolar har bir sobiq mahbusni qiynaydi. Ayniqsa, u ayol yoki hali bola bolsa. Ishda, oilada, yaqinlari qalbida joy egallash ular uchun ota murakkab, hatto tasavvur etib bolmaydigan orzuga aylanadi. Bunday holatlarga tashkilotlarning etiborini qaratish bizning asosiy maqsadimizdir...

Xalqaro tashkilotlar mutaxassislari boshqa davlatlarda bu muammo qanday hal etilishi boyicha tajribalar haqida sozlab berishdi. Xususan, Qirgiziston, Tojikiston davlatlarida aholi muammolarini organish va hal etish masalalari haqidagi maruzalar kopchilikning diqqat-etiborini tortdi. Konferensiyada hamkorlikdagi kelgusi rejalar haqida kelishib olindi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: