O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
26.03.2019

MOL-MULK SOLIGIDAN KIMLAR OZOD ETILGAN

Quyidagi jismoniy shaxslar mol-mulk (uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, garajlar va boshqa imoratlar, joylar, inshootlar) solig‘idan ozod etilgan:

— «Ozbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bolgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar. Mazkur imtiyoz tegishincha guvohnoma, orden daftarchasi yoki mudofaa bolimining ma’lumotnomasi asosida beriladi;

urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar. Mazkur imtiyoz tegishli guvohnoma yoki mudofaa ishlari bolimining yoxud boshqa vakolatli organning malumotnomasi asosida beriladi;

on nafar va undan ortiq bolalari bor ayollar. Mazkur imtiyoz mahalla yiginining malumotnomasi asosida beriladi;

pensionerlar. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi;

I va II guruh nogironlari. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining malumotnomasi asosida beriladi;

harbiy xizmatni yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogida yaralanganligi, kontuziya bolganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda bolish bilan bogliq kasallik tufayli halok bolgan harbiy xizmatchilar hamda ichki ishlar organlari xodimlari ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari). Imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tegishli organlar tomonidan berilgan malumotnoma asosida beriladi;

energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toliq uzib qoyilgan turar joylarda muqobil energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar muqobil energiya manbalari ornatilgan oydan etiboran uch yil muddatga. Imtiyoz energiya taminoti tashkilotlari tomonidan berilgan malumotnoma asosida beriladi.

Adliya vazirligining telegramdagi

Huquqiy axborot kanali.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: