O'zb  
 
26.03.2019

UY-JOY QURISH UCHUN YER UCHASTKALARI KIMLARGA AUKSIONSIZ AJRATILADI?

Qonunchilikka muvofiq quyidagi fuqarolarga uy-joy qurish uchun yer uchastkalari auksionsiz ajratiladi:

— halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar oilalariga;

davlat va xususiy uy-joy fondidagi ozlari egallab turgan uy-joyni tuman hokimliklariga otkazayotgan fuqarolar va mulkdorlarga.

Ushbu toifaga kirmaydigan fuqarolar uy-joy qurish uchun yer uchastkasini elektron auksion (e-auksion.uz) orqali sotib olishi mumkin.

Yer uchastkasini berish boyicha imtiyozlar bir oilaga bir marta (mulkdorning nomiga) beriladi va oilaning boshqa a’zolariga tatbiq etilmaydi.

Yer uchastkasini auksionsiz olish uchun tuman (shahar) hokimligiga ariza berish kerak.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

doimiy yashash joyi boyicha uy-joy kadastr hujjati nusxasi (mavjud bolgan taqdirda);

yuqorida korsatib otilgan fuqarolar toifalarining birortasiga mansublikni tasdiqlovchi hujjat.

Ariza maxsus komissiya tomonidan on kunda korib chiqiladi.

Komissiya ijobiy xulosa chiqarsa, hokim yer uchastkasi berish haqida bir kunda qaror qabul qiladi hamda uch kunda yer uchastkasi chegaralari olchab beriladi.

Agar fuqaroning yerni auksionsiz olishga haqqi bolib, bosh yer uchastkalari mavjud bolmagan holatlarda, u elektron navbatga kiritiladi. Bunda, navbatni internet orqali kuzatib borish imkoniyati yaratilishi lozim.

Navbat tartibida yer uchastkalarini olishga ehtiyojmand fuqarolar royxati tuman (shahar) hokimi tomonidan har olti oyda kamida bir marta tasdiqlanadi.

Adliya vazirligining telegramdagi

«Huquqiy axborot» kanali.



DB query error.
Please try later.