O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
12.03.2019

YERLARNI OZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLGAN SHAXSLARGA JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Yer to‘grisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilishi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. (2019 yil 4 mart, ORQ–526)

Qonun bilan Jinoyat kodeksi bir qator yangi normalar bilan toldirildi.

Xususan, sugoriladigan yerlarni ozboshimchalik bilan egallab olishga yol qoymaslik boyicha choralar kormaslik, shu qilmish uchun ma’muriy jazo qollanilganidan keyin sodir etilsa eng kam oylik ish haqining 100 baravaridan (20 mln 273 ming) 150 baravarigacha (30 mln 409 ming 500 som) jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Xuddi shunday harakatlar uchun mamuriy javobgarlik ham belgilandi.

Bundan tashqari, Jinoyat kodeksida yer berish tartibini buzganlik uchun ham javobgarlik belgilandi, ushbu jinoyat uchun eng kam oylik ish haqining 150 baravaridan (30 mln 409 ming 500 som) 300 baravarigacha (60 mln 819 ming som) jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksga, kochmas mulkka bolgan huquqlarni davlat royxatidan otkazish uchun oz vaqtida murojaat etmaganlik uchun fuqarolarga 202 ming 730 somdan 608 ming 190 somgacha, mansabdor shaxslarga 608 ming 190 somdan 1 mln 13 ming somgacha jarima undirilishiga oid norma kiritildi.

Yer kodeksiga kiritilgan qoshimchalarga muvofiq, tajriba-ishlab chiqarish, oquv, oquv-tajriba va oquv-ishlab chiqarish xojaliklari, ilmiy-tadqiqot va boshqa qishloq xojalik muassasalari va tashkilotlariga ham yer uchastkalari berilishi belgilandi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: