O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
12.03.2019

OLIY SUD RAISI SAYYOR QABUL OTKAZDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Andijon viloyatidagi Xalq qabulxonasida Oliy sud raisi K.Komilov sayyor qabul otkazdi.

Mamlakatimizda demokratik va erkin fuqarolik jamiyati barpo etish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kengaytirish, odil sudlovga erishish, sud ishi yurituvi sifatini yanada yaxshilashga qaratilayotgan e’tibor yuksak samaralar bermoqda.

Oliy sud raisi, sudyalari, viloyat jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va mamuriy sudlari raislari ishtirokida tashkil etilgan sayyor qabulda 100 dan ortiq fuqaro turli masalalar yuzasidan murojaat qildi.

— Menga Jinoyat ishlari boyicha Asaka tuman sudining 2017 yil dekabr oyidagi qarori bilan Ozbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolish sharti asosida uch yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan edi, – deydi Asaka tumanidagi Ergashobod mahallasida yashovchi Sanatbek Azimov. Oliy sud raisiga belgilangan jazo muddatidan oldin bekor qilinishini sorab murojaat qildim. Qilgan aybimdan pushaymonligim, ozimni yaxshi tomonlama korsatganim inobatga olinib, murojaatim ijobiy hal etildi. Bundan juda xursandman.

Qabul davomidagi murojaatlarning aksariyatini fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash, sud qaroridan norozi bolish, belgilangan jazoni yengillashtirish, uy-joy, meros masalalari tashkil etdi.

Bir necha yil avval menga tegishli 2 gektar maydondagi bog buzilgandi, deydi Ulugnor tumani Shahriobod mahallasida yashovchi Ibrohimjon Boymatov. Boz tumanlararo sudi buzilgan bog uchun moddiy va manaviy zararni qoplash boyicha tegishli qaror chiqargan. Unga asosan osha hududdagi foydalanilmay turgan bino menga otkazib berilgan. Biroq bugungi kunda ana shu bino soxta hujjatlar asosida mendan olib qoyilgan. Ushbu masala yuzasidan Oliy sud raisiga murojaat qildim. Murojaatim boyicha xizmat tekshiruvi otkazilishi, masalaga oydinlik kiritilishi malum qilindi.

Sayyor qabul davomida murojaatlar yuzasidan muammolarni hal etish boyicha tegishli va mutasaddi idoralar vakillariga topshiriq, murojaat qiluvchilarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Faxriddin UBAYDULLAYEV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: