O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
07.08.2018

KORRUPSIYA MILLIY XAVFSIZLIKKA TAHDID

Har bir mamlakat taraqqiyotiga zarba beradigan, jamiyatni ich-ichidan yemiradigan jinoyat turlaridan biri korrupsiyadir. O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish togrisida»gi qonunida korrupsiyaga quyidagicha huquqiy baho berilgan:

Korrupsiya — shaxsning oz mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yohud ozga shaxslarning manfaatlarini kozlab, moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish.

Shuningdek, ushbu Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlatimiz siyosatining asosiy yonalishlaridan biri etib, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish belgilangan.

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ozarxiv agentligida Korrupsiya milliy xavfsizlikka qarshi tahdid mavzusidagi tadbir ham aynan fuqarolar huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratildi.

Tadbirda Toshkent yuridik universiteti professori Omonulla Muhammadjonov, Ozarxiv agentligining bosh direktori Umidjon A’lamov, bosh mutaxassis Akbar Aminov maruzalarida korrupsiya va unga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, bu ogir jinoyatga javobgarlik masalalari togrisida hayotiy misollar asosida malumot berildi.

Tadbir qatnashchilariga Ozbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi tomonidan tayyorlangan Korrupsiya halokatga yol deb nomlangan qisqa metrajli video lavhalar qoyib berildi va ishtirokchilar ozlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.



Maftuna MIRZAXOJAYEVA



DB query error.
Please try later.