O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
10.07.2018

SOXTALIK TASDIQLANDI: Ammo muammo uzoq yillar chozilsa-da, hal etilmadi

Fuqarolar muammoli vaziyatni o‘zaro yecha olmasalar sudga murojaat qilishadi. Maqsad — nizoni adolatli, xolis hal qilish. Keling, batafsilroq toxtalib otaylik. «Zaynab» firmasi 2000 yil 20 noyabrda ?-son qurilish tresti maydoni ochiq aksiyadorlik jamiyati (OAJ)dan shartnoma orqali Samarqand shahar X.Asadova kochasida joylashgan omborxona binosini sotib oldi. Omborxonadan foydalanish uchun, albatta, unga olib boruvchi va atrofdagi yerlar bolishi talab qilinar edi. Shu bois OAJ ham, binoning yangi egasi ham bino atrofidagi yer maydonini ajratib berishni sorab hokimlikka murojaat qildi. Kop otmay (2000 yil 29 dekabr) sobiq Temiryol tuman hokimining qarori bilan omborxona joylashgan hududdan Zaynabga 0,44 gektar yer maydoni ajratildi. Yer kadastr hujjatlari davlat royxatidan otkazilib, guvohnoma olindi. Egalik huquqi paydo bolgan Zaynab firmasi omborxonani ta’mirdan chiqardi. Undan foydalanishga kirishdi.

Biroq oradan 4 yil otgach, Zaynabga ajratilgan yer maydonining bir qismida yangi ega paydo boldi. U omborxonaga kirib-chiqish yolini tosib, qurilish ishlarini boshladi. Malum bolishicha, yangi mulkdor Baxtiyor Roziqovga Samarqand shahar hokimining qarori bilan 0,06 gektar yer ajratilgan ekan.

Ortadagi anglashilmovchilikka aniqlik kiritish uchun shahar hokimiyatiga murojaat qilindi. Qurilish toxtatildi.

Ammo oradan bir muddat otib, qurilish ishlari yana boshlandi. Bu gal mulkdor boshqa fuqaro Jamol Vohidov edi. Erni men B. Roziqovdan sotib olganman, dedi u. Xullas, tortishuvlar avj oldi. Chunki ikki tomonda ham qaror bor birida Temiryol tuman hokimining 2000 yil 29 dekabrdagi qarori, ikkinchisida Samarqand shahar hokimining 2004 yil 29 martdagi qarori.

Nizo sudga kochdi. Zaynab firmasi direktori T. Mamarizayeva davo arizasida suddan Samarqand shahar hokimining qarorini bekor qilib, ozboshimchalik bilan qurilgan 15 metrdan iborat devorni buzib, yer maydonini olib berishni soradi. Baxtiyor Roziqov bilan Jamol Vohidov esa ozlarida egalik huquqi bolmasa-da, sobiq Temiryol tumani hokimining qarorini bekor qilish haqida qarshi davo bilan chiqdi.

Fuqarolik ishlari boyicha Samarqand shahar sudi 2007 yil 8 oktabrdagi qarori bilan T. Mamamirzayeva davosi rad qilindi. B. Roziqov va J. Vohidovning qarshi davosi esa qanoatlantirildi. Kassatsiya bosqichi sudida qaror ozgarishsiz qoldi. Shundan song kassatsiya ajrimini bekor qilib, ishni yangidan kassatsiya tartibida korish togrisidagi Oliy sud raisi orinbosari tomonidan kiritilgan protest qanoatlantirildi. Ish 2008 yil 30 dekabrda fuqarolik ishlari boyicha Samarqand viloyati sudi kassatsiya bosqichida korib chiqilib, birinchi bosqich sudi qarori oz kuchida qoldirildi.

Xullas, sudning toxtamiga kora, Zaynab firmasiga yer maydoni asossiz ravishda ajratilgan va shuning uchun u bekor qilinishi lozim. Sud sobiq Temiryol hokimining qarorini bekor qilishda, jumladan, quyidagi asoslarni keltirdi: Masalan, sud kadastr xizmati mutaxassisi G. Meliqulovning Zaynabga yer maydoni ajratish togrisidagi dalolatnoma va chizmalar mavjud emasligi, aynan qaysi hujjatlarga asosan kadastr hujjatlari berilgani nomalumligi haqidagi korsatmasiga tayangan.

Sud qarorida yana takidlanishicha, B. Roziqovga tegishli yer maydoni Zaynab firmasiga berilgan yer maydonidan tashqarida joylashgan. Shuningdek, sud nizoli joyga chiqqanda, davogar qaysi yer uchastkasi oziga berilganligi haqida hujjat taqdim qila olmaganligi, aksincha B. Roziqovga olchab berilgan yer chegarasi gaz quvuri va beton tosiq bilan isbotini topganligi qayd qilinadi.

Yuqoridagilarning barchasi puch va ular Zaynabga yer maydoni ajratish togrisidagi qarorni bekor qilishga asos bola olmaydi, deydi firma tasischisi Yusuf Mamarizayev. Avvalo G. Meliqulovning korsatmalarini olaylik. Agar u kishining gapi boyicha chizma va dalolatnomalar, kerakli hujjatlar qilinmasdan, chegaralar aniqlanmasdan yer maydoni davlat royxatidan otkazilib, guvohnoma olingan bolsa, bu eng avvalo kadastr xizmati xodimlarining aybi-ku. Bir yer maydoniga ikki fuqaroga egalik huquqini berishga yol qoyganligi uchun aynan G. Meliqulov intizomiy jazoga tortildi. Vaholanki, Zaynabga ajratilayotgan yer maydoni chegarasi aks ettirilgan chizma sobiq Temiryol tumani yer tuzish xizmati xodimi A. Marupov tomonidan qaror chiqmasdan on kun ilgari tayyorlangan edi. Bu chizmaga tuman arxitektori A. Shukurov, ? – son qurilish tresti maydoni OAJ rahbari va Samarqand shahar bosh arxitektori imzo chekib, muhr bilan tasdiqlashgan. G. Meliqulovning sozlarini inkor qiluvchi barcha hujjatlarni sudga taqdim qilganmiz. Lekin ular etiborsiz qolgan. Hatto kadastr hujjatlarining uchdan ikki qismi ish jildiga tikilmagan.

Zaynab yer uchastkasi qayerdan ajratilganligi haqida hujjat korsata olmadi, B. Roziqovning yer chegaralari esa gaz quvuri va beton tosiqlari bilan isbotini topdi, degan gaplarga mutlaqo qoshilib bolmaydi. Negaki, kadastr hujjatlari va yer chizmalari ish hujjatlarida mavjud. Ularda Zaynabga ajratilgan yer maydoni qayerdan, qancha ajratilganligi, chegarasi va hokazolar aks ettirilgan. Shunisi qiziqki, B. Roziqovga shahar hokimi qarori bilan yer ajratilgan 2004 yilda ushbu nizoli joyda hech qanaqangi gaz quvuri va beton tosiq yoq edi. Ular 2006 yilda qurildi. Samarqandgaz korxonasidan olingan malumot ham buni tasdiqlaydi. Shunday ekan, B. Roziqovga ajratilgan yer maydoni chegaralarining gaz quvurlari va beton tosiqlar bilan isbotini topganligini qanday tushunish kerak?

B. Roziqovga ajratilgan yer maydoni Zaynab firmasiga berilgan yerdan goyoki tashqarida emish. Unda sobiq Temiryol tumani hokimining qarorini bekor qilishdan maqsad nima? Qolaversa, nizolashishning nima keragi bor?

Kishini oylantiradigan yana bir misol. Fuqarolik ishlari boyicha Samarqand shahar sudining 2007 yil 8 oktabrdagi qarorida hamda viloyat sudi raisining 2007 yil 24 yanvardagi xatida Hozirgi paytda yer maydoni J. Vohidovga tegishliligi, uni birja orqali B. Roziqovdan sotib olganligi qayd qilinadi. Aslida B. Roziqov yerni J. Vohidovga sotmagan, u boshqa fuqaroga, yani qarindoshi S. Usmonovning imzolarini soxtalashtirib sotgan. Qiziq, bizning bor hujjatlarimiz yoq deyiladi, lekin boshqalarning ogzaki gapi asos qilib olinadi.

Rost, ushbu yer maydonini B.Roziqov Banklar assotsiatsiyasiga qarashli universal birja markazi orqali fuqaro S. Usmonovga sotgan. Shundan song yana birja orqali yer maydoni J. Vohidovga sotiladi. Ajablanarlisi, Samarqand viloyat xojalik hisobidagi Yer tuzish va kochmas mulk kadastri xizmati DUK dan olingan xatda nizoli joydagi 0,06 ga yer maydoni B.Roziqov nomiga davlat royxatidan otkazilmaganligi malum qilingan. Mulkka egalik huquqi u davlat royxatidan otkazilgandan song vujudga keladi. Egalik huquqini qolga kiritmasdan turib, uni tasarruf etib bolmaydi. Demak, B. Roziqov mulkka, yerga egalik huquqini olmasdan uni sotgan bolib chiqyapti. Shu jumladan S. Usmonov ham.

Birjadagi oldi-sotdi shartnomasida soxtalik alomati borligi uchun S. Usmonovga nisbatan 2009 yil 15 avgustda Samarqand shahar IIB tomonidan jinoyat ishi qozgatilgan edi. Uning nihoyasi bazi narsalarga aniqlik kiritardi. Tergov negadir uzoq chozildi. Nihoyat, 2013 yil 11 iyunda Samarqand viloyat IIB TB tergovchisi, podpolkovnik O. Tohirov quyidagi qarorga keldi: Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi b bandi va 3-qismida korsatilgan ijtimoiy xavfli harakatni sodir etgan S. Usmonov va B. Roziqovga nisbatan jinoyat ishi ularni jinoiy javobgarlikka tortish muddati otib ketganligi sababli aybliligi masalasi hal qilinmay tugatildi.

Tergovning 4 yilu 27 kunga chozilgani sababi nimadaligini umuman tushunolmadim, deydi Yusuf Mamarizayev. S. Usmonov va B. Roziqovning qilmishi fosh etildi. Ular sudni chalgitib, yolgon korsatma berib, qalbaki hujjat taqdim etganligi malum boldi. Lekin mulk masalasi muammoligicha qoldi.

Zaynab firmasi tomonidan davo talablarini tasdiqlash uchun dalillar taqdim qilinmaganligi va sud joyiga chiqib, ish holatlari organilganda, B.Roziqovga ajratilgan 600 kv. metr yer maydoni hech bir tashkilotga tegishli emasligi aniqlangan, degan xulosani qanday tushunish kerak? Zaynab firmasi bilan mulk egasi ?-son qurilish tresti maydoni ortasida hech qanday oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtirilmagan va yer maydoni olchab berilmagan, degan vaj ham haqiqatga mutlaqo zid-ku.

Vaholanki, Samarqand viloyat va shahar Ermulk kadastr xizmati tomonidan sud va prokuraturaga berilgan hulosa hamda malumotlarda yer maydoni kadastr hujjatlari asosida davlat royxatidan otkazilib, Zaynab firmasiga ajratilgani qayd etilgan.

Endi birja savdosi haqida. Respublika kochmas mulk birjasi Samarqand viloyat filiali direktor orinbosari, savdolarni tashkil qilish bolimi boshligining shahar IIB tergov bolimiga bergan malumotida B. Roziqov, S. Usmonov, J. Vohidov tomonidan imzolangan birja bitimlari boshlanishidan qonunga rioya qilinmagan holda tuzilgani hamda savdoga qoyilgan obekt birja tovari hisoblanmasligi qayd etilgan.

Zaynab firmasi yer chizmalari, kadastr hujjati, davlat royxatidan otkazilgani haqida guvohnoma, oldi-sotdi shartnomasi, tolov qogozlari, tuman hokimi qaroriga ega bolsa, yana qanday dalil kerak? Yana nimani isbotlash zarur? Nega ana shu hujjatlar etiborsiz qolayapti?

2000 yil 20 noyabrdagi oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas, deb topish haqidagi davo arizalar ikki marta sobiq Oliy xojalik sudida korib chiqilib, ushbu shartnoma qonuniy bolganligi tufayli javobgarlarning davo talablari rad qilinib, ish yurituvi tugatilgan edi. Ammo Fuqarolik ishlari boyicha Jomboy tumanlararo sudi qariyb 10 yil ilgari tuzilgan oldi-sotdi shartnomasini bekor qildi. Buni qanday tushunish kerak, bunga sabab nima?

Zaynab direktori T. Mamarizayeva va firma tasischisi Yu.Mamarizayev Fuqarolik ishlari boyicha Samarqand shahar sudining 2007 yil 8 oktabrdagi hal qiluv qarorini yangi ochilgan holat boyicha qayta korishni sorab ariza yozgan edi. Fuqarolik protsessual kodeksining 362-moddasiga kora, hal qiluv qarorlari, ajrimlar va qarorlarni yangi ochilgan holatlar boyicha qayta korish uchun quyidagilar asos boladi: arizachiga nomalum bolgan va malum bolishi mumkin bolmagan, lekin ish uchun muhim ahamiyatga ega bolgan holatlar ishni qayta korishga asos bolishi kerak. Biroq 2018 yil 29 yanvarda FIB Samarqand shahar sudi arizani rad etish haqida ajrim chiqardi. Davogarlar bergan apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilmadi.

Sudning ajrimi bilan mutlaqo kelishib bolmaydi, deydi advokat Dilbar Irmuhammedova. Negaki, mamuriy huquqbuzarlik ishi boyicha sudning qonuniy kuchga kirgan qarori hamda jinoyat ishini reabilitatsiya asoslarisiz tugatish haqidagi tergov organi va sud ajrimida qayd etilgan hollar qayta isbotlashni talab qilmaydi. Ushbu qoidaga asosan, garchand S. Usmonov va B. Roziqovga nisbatan qozgatilgan jinoyat ishi boyicha hukm chiqmagan bolsa-da, jinoyat ishi boyicha toplangan dalillar fuqarolik ishiga togridan togri daxldor bolganligi sababli fuqarolik ishlari boyicha Samarqand shahar sudining 2007 yil 8 oktabrdagi hal qiluv qarori bekor qilinishi lozim.

Afsuski, unday bolmadi. Bir mulkning haqiqiy egasini aniqlash uchun tergov oyini davom etdi. Sud yillab chozildi...

Ravshan SHODIYEV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: