O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
19.06.2018

DAVLAT XIZMATLARI: TEZKOR, QULAY, SHAFFOF

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini yanada keng targib qilish hamda keng ommani tizimda yuz berayotgan ozgarish va yangilanishlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Prezident Devonining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati, Matbuot va axborot agentligi hamkorligida tashkil etilgan media-tur namanganlik jurnalistlar uchun goyat qiziqarli kechdi.

Ishtirokchilar dastavval Namangan shahridagi Davlat xizmatlari markazida bolib, bu yerda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda korsatilayotgan davlat xizmati turlari va xizmat korsatish jarayonlari bilan tanishdilar.

Zamonaviy uslublarda jihozlangan sovutish va isitish moslamalari ishlab turgan charogon zalga kiraverishdayoq sizga xizmatchi yigitlar — operatorlar peshvoz chiqadilar. Ular maqsadingizni bilgach, 84 turdagi xizmatlar qatoridan siz borishingiz kerak bolgan kabinani aniqlash uchun kompyuterga maqsadingizni bildirish uchun taklif etadilar. Kompyuterlashtirilgan bu xizmatdan foydalanish konikmasiga ega bolmasangiz ham sira xijolatda qolmaysiz.

Hushyor xizmatchilar yordamga kelishadi. Siz borishingiz kerak bolgan kabina boshmi yoki navbatda turganlar bormi, buni roparadagi monitorga qarab bilasiz. Lozim bolsa kutasiz. Qolingizda yosh bolangiz bilan kelganmidingiz, xizmatchilar sizni bolalar maydonchasigacha kuzatib boradilar. Maxsus maydonchada bolajoningiz uchun deyarli barcha sharoit muhayyo.

Balki kutishingizga togri kelar. Diqqat bolib qolmasligingiz uchun huquqiy maslahat burchagidagi tavsiya-qollanmalardan foydalanishingiz mumkin.Zamonaviy choyxonada tamaddi qilishingiz uchun ham imkon yaratib qoyilgan.

Viloyat Davlat xizmatlari boshqarmasi boshligi Dilmurod Ismoilov, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi vakili Sevara Zokirova, Xalq qabulxonasi viloyat bolimi rahbari vazifasini bajaruvchi Ne’matilla Abdullayev media-tur ishtirokchilarini fuqarolarning murojaatlariga muvofiq davlat xizmati korsatish turlari va jarayonlari bilan tanishtiradi.

Markazdagi jarayonlar mexanizmi oziga xos tartibga solinganki, bu yerda tanish-bilishchilik, kutayotgan kishi qolib, hozirgina kelgan kishini qabul qilish holatlariga yol qoyilmaydi, buning iloji ham yoq.

Jarayonlarni kuzatarkansiz, davlat xizmatlari korsatish markazida nafaqat xizmat korsatish madaniyatining yuqoriligiga, balki murojaat etuvchi fuqarolarda xizmatdan foydalanish madaniyatining ham shakllanayotganiga guvoh bolasiz.

Markazda may oyida 53 turdagi xizmatlar korsatilgan bolsa, 1 iyundan boshlab, sugurta, notarius, FHDYo bilan bogliq masalalar kabi yana 31 turdagi davlat xizmatlari korsatish yolga qoyildi.

Haydovchilik guvohnomasini yangilash uchun fuqaro oldinlari 30 kungacha vaqt va sarsongarchiliklarni boshidan kechirgan bolsa, bu masala Davlat xizmatlari korsatish markazida atigi uch daqiqada yechiladi.

Yaqinda markazga qiymati 32 ming yevro bolgan kochma mobil qurilma keltirildi. Mamlakat boyicha Namangandagina mavjud bolgan bu apparat biometrik pasport almashtirishni markazning ozida turib emas, chekka qishloq joylariga borib ham hal qilish imkonini beradi.

Toshkent davlat yuridik universitetida oqishni istovchi abituriyentlarning hujjatlari bizning markazimizda qabul qilinadigan boldi. Bu yil tajriba tariqasida faqat yuridik universitet abituriyentlariga xizmat korsatiladi. Keyingi yildan mamlakatimizdagi barcha oliy oquv yurtlariga hujjatlar aynan bizning Namangan viloyat Davlat xizmatlari korsatish markazida qabul qilinishi rejalashtirilmoqda, deydi markaz matbuot kotibi Oydina Esonaliyeva.

Fuqarolarning vaqt va moliyaviy xarajatlarini tejash, aholining davlat organlari faoliyatidan qanoatlanganlik darajasini oshirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish layoqatini shakllantirish aynan Davlat xizmatlari korsatish markazlaridagi faoliyat sifatiga bogliq.

Qisqa muddatda Davlat xizmatlari korsatish Namangan viloyat markazida «Tezkor, qulay, shaffof xizmatlar» degan ibora shiorga aylanib ulgurdi.

Kunning ikkinchi yarmida Uchqorgon tumanining chekka hududlaridan biri Qogay qishlogida Prezidentning Xalq qabulxonasi va tuman sektor rahbarlari ishtirokida tashkil etilgan sayyor qabul jarayoni bolib otdi.

Markazlarning xizmat mashinalari bilan taminlangani, ayniqsa, Namangan shahar Davlat xizmatlari markazining maxsus avtobusidagi zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari orqali qishloq ahliga xizmat korsatilayotgani etirofga loyiq.

Media-tur yakunida otkazilgan matbuot anjumanida Davlat xizmatlari markazidagi qulayliklardan foydalanishga aholini yanada keng jalb etish va bu borada targibotning tasirchan usullarini ilgari surish masalalari boyicha maslahatlashildi. Aniq rejalar belgilandi.

Nosirjon DEHQONOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.