O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
10.04.2018

MARDLAR MANGU YASHAYDI

Vatanni sevish uni balandparvoz so‘zlar bilan maqtash, hamdu sano aytishdangina iborat emas. Vatanga bolgan muhabbat insonning qilayotgan ezgu ishlari, yurtdoshlariga tegayotgan foydasi, xalqi va tanlagan kasbiga bolgan sadoqati bilan olchanadi. Shundagina uni vatanparvar, deb e’tirof etish orinli boladi.

Ona Vatan tinchligini asrash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish yolida mardonavor mehnat qilayotgan ichki ishlar organlari xodimlari ham vatanparvar degan etirofga munosib, desak haqiqatni aytgan bolamiz.

Fargona viloyati Uchkoprik tumani «Sariqorgon» qishloq fuqarolar yiginiga qarashli Tojik qishlogida istiqomat qiluvchi oddiy dehqon Komiljon akaning tongich farzandi Alijon ham bolalik yillaridanoq harbiy sohaga qiziqqan, el-yurt osoyishtaligini asrashga havasmand edi.

Kamtarin, xushmuomala, dostlariga mehribon bolib ulgaygan Alijon qishloqdagi 23-maktabda sakkizinchi, Qirgiz qishlogidagi 24-maktabda oninchi sinfni muvaffaqiyatli tamomladi. Shundan song qalbida kurtak yozib borayotgan orzulari uni Toshkent shahriga oqishga yetakladi. Toshkent davlat universitetining huquqshunoslik fakultetiga hujjat topshirib, sinovlardan muvaffaqiyatli otdi. Tabiatan mehnatkash, hayot qiyinchiliklariga bardoshli Alijon oilasiga ogirligini tushirmaslik uchun kunduzi oqib, kechqurunlari ishladi.

Oradan yillar otdi. Alijon oqishni tugallab, poytaxtda qoldi. 1987 yilda bolalikdagi ezgu niyatlari ijobat bolib, ozi orzu qilgan sohada ish boshladi — Yunusobod tumani ichki ishlar bolimiga ishga kirdi. Shundan song u har bir topshiriqni vijdonan, oz vaqtida bajarish va el-yurt osoyishtaligini taminlash uchun yelib-yugurdi. Ozining dovyurakligi, epchilligi, mehribonligi, jinoyatchilikka qarshi kurashishda esa qatiyatliligi va boshqa sifatlari bilan hamkasblari orasida obro-etibor topdi. 1987 yildan 1996 yilga qadar Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv bolinmasida xizmat qildi. Xizmat davomida militsiya kapitani unvoniga ega boldi.

Alijonning oila azolari, ota-onasi, qarindosh-uruglari, hamkasblari, tanish-bilishlari qalbini larzaga solgan va ularga cheksiz musibat keltirgan mudhish voqea 1996 yilning 12 sentabrida yuz berdi. Toshkent shahriga oqshom chokayotgan pallada Alijon va bir hamkasbi ashaddiy bezoriligi uchun ilgari sudlangan hamda qayta jinoyat sodir etib, qidiruvda bolgan xavfli retsidivist Yunusobod dahasidagi xonadonlardan birida yashirinib yotgani togrisida malumot olishadi. Ular aytilgan manzilga tez yetib borib, uy egasini chaqirishadi. Eshikni ochgan ayol Sizlar qidirayotgan shaxs bu yerga kelgani yoq, deydi. Osoyishtalik posbonlari esa adashmayotganligini, jinoyatchi shu yerda ekanligini sezib turardilar. Shu boisdan Alijon va sherigi uyga kirishga ruxsat sorashadi.

Ular adashmagan edilar. Xavfli jinoyatchi chindan ham shu uyda yashirinib yotgan ekan. Qolga tushishdan qorqqan jinoyatchi yashiringan joyidan otilib chiqib, Alijonga tashlanadi. Ikki ortada olishuv boshlanadi. Juda baquvvat, hech narsadan tap tortmaydigan jinoyatchi osoyishtalik posbonlariga kuchi yetmasligini sezgach, yonidan pichoq olib, Alijon va uning sherigiga tashlanadi. Sanoqli lahzalarda ularga jarohat yetkazib, voqea joyidan goyib boladi.

Xavfli jinoyatchini qidirish uchun butun shahar militsiyasi xodimlari oyoqqa turadi. Ertasi kuni tush paytida jinoyatchi qoshni tuman hududida qochib ketayotganida ichki ishlar xodimlari uni yana tanib qolishadi. Biroq shunda ham u yana bir xodimni yarador qilishga ulguradi. Ammo yaralangan militsioner qotilning oyogi va kokrak qafasiga oq uzib, uni toxtashga majbur qiladi. Xavfli jinoyatchi olgan jarohati tufayli kasalxonada vafot etadi. Ota xavfli jinoyatchini qolga olishda mardlik korsatib, ogir yarador bolgan militsiya xodimlari hayotini saqlab qolishning ham iloji bolmaydi.

Akam ota-onamizga, biz uka-singillariga juda mehribon edi,deydi Alijonning ukasi Odiljon Tolipov. Oiladagilarga ogirligim tushmasin, deb Toshkentda ishlab, oqidi. Talaba bolsa-da, ozidan orttirib pul olib kelardi. Bizning orzu-maqsadlarimiz, kamolotimiz uchun yordamini aslo ayamadi, farzandlik va akalik burchini ortigi bilan uddalayotgandi.

1985 yil 16 mart kuni nikoh toyimiz bolgandi, deb xotirlaydi Alijonning rafiqasi Donoxon Tolipova. 1992 yilgacha, yani poytaxtdan uy olgunimizgacha qishloqqa qatnab ishladi. 1992 yil esa uy-joy qilib, bizni ham Toshkentga olib ketdi. Turmush ortogim bilan 11 yil birga yashash nasib qildi. Bu orada biror marta senlab urishmadilar. Ota madaniyatli, mehribon edi. Kasbi taqozosi bilan uyda juda kam bolardi. Shu bois farzandlari uning mehriga, ozi esa farzandlar diydoriga toymay ketdi.

Dostim har bir ishga qunt bilan yondashardi, deydi Alijonning maktabdoshi Ziyodjon Qodirov. Esimda, uylarida qolbola turnik yasab, barcha tengqurlari bilan sport musobaqalari tashkil etardi. Ozi ham sport bilan muntazam shugullanar, bizga ham sportni targib qilardi. U Toshkentda ishlab yurgan kezlarida ham qishloqqa kelganida, biz, tengqurlari bilan uchrashib, bolalik xotiralarini eslashga doimo vaqt topardi.

Alijon bilan songgi nafasigacha hamrohlik qilish menga nasib etgan, deydi qahramonimizning hamkasbi Hamrali Rahimov. U oz halovatidan kechib, elu yurt osoyishtaligi uchun jonini ham fido qiladigan chinakam vatanparvar militsiya xodimi edi. Umid qilamanki, dostimning porloq xotirasi uning shirindan-shakar tort nafar farzandi, dostu yorlari, biz hamkasblari qalbida abadiy yashaydi.

Elu yurt ozining jasur oglonlarini doimo ezozlab kelgan. 1997 yil respublikamizning Birinchi Prezidenti Farmoniga kora, xizmat burchini otashda mardlarcha halok bolgan Toshkent shahar Yunusobod tumani ichki ishlar boshqarmasining katta tezkor vakili, marhum militsiya kapitani Alijon Tolipov Jasorat medali bilan taqdirlandi.

Alijonning xotirasini abadiylashtirish maqsadida qishlogimizda joylashgan 23-sonli orta maktabda alohida xotira burchagi tashkil etilgan, deydi Uchkoprik tumani Tojik mahalla fuqarolar yigini raisi Elnazar Sayidumarov. Xotira burchagidan marhum A.Tolipovning jasoratlari togrisidagi malumotlar, uning fotosuratlari joy olgan. Mazkur xotira burchagi osib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Hozirgi kunda qishlogimiz yoshlari Alijonning qahramonliklarini faxr bilan gapirishadi.

Dono xalqimizda Ot ornini toy bosar, degan purmano gap bor. Alijon Tolipovning farzandlari ham otalari kabi bilimli, izlanuvchan, vatanparvar bolib kamolga yetdilar. Asrorjon Komilov ayni kunda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida tahsil olmoqda. Bolajak osoyishtalik posboni ham kelgusida otasi kabi yurt koriga yaraydigan, xalqimiz osoyishtaligining munosib himoyachisi bolishni niyat qilmoqda.

Donishmandlar inson umrini oqar suvga qiyoslaydilar. Chindan ham, vaqt ummoni har birimizni mangu manzillar sari yaqinlashtiraveradi. Lekin inson necha yil umr korgani bilan emas, balki qilgan yaxshi ishlari, korsatgan jasorati evaziga tarix sahifalaridan joy olishi mumkin. Vatanimizda Alijon Tolipov singari mard oglonlar nomi hech qachon unutilmaydi, ular amalga oshirgan qahramonliklar osib kelayotgan avlod uchun katta ibrat maktabi bolib qolaveradi.

Bahrom OBIDJONOV,

Abduvosit SIDIQOV.



DB query error.
Please try later.