O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31.03.2018

SOBIQ HOKIM QARORI BEKOR QILINDI

Lekin...

Gazetamizning 2017 yil 4 iyun sonida Navoiy shahar, «Yangiobod» mahallasida aholi sayr qilib, hordiq chiqaradigan xiyobonning bir qismi sobiq shahar hokimi Ne’matullo Axatov tomonidan 2016 yil 25 avgustda qabul qilingan qaror asosida Vegas-Navoiy MChJga oshxona qurish uchun ajratilgani, shu hududdagi ko‘p qavatli uylarda yashayotgan 522 nafar fuqaro bundan norozi bolib, yozgan shikoyat xati asosida maqola chop etilgan edi.

Sobiq shahar hokimining qarori Navoiy shahar prokuraturasi tomonidan organilib, 2017 yil 12 dekabrda uni bekor qilish boyicha protest keltirildi. 2017 yil 20 dekabrda esa mazkur protestga asosan Vegas-Navoiy MChJga oshxona qurish uchun yer maydoni ajratishda davlat ekologik ekspertizasi xulosasi olinmagani bois, sobiq hokim qarori Navoiy shahar hokimi Umarbek Xalilov tomonidan bekor qilindi...

Haqiqat qaror topibdi, yana nima kerak, deb oylarsiz? Gap shundaki, Ozbekiston Respublikasi Yer Kodeksining 64-moddasiga asosan bolalar oynaydigan, shahar aholisi, keksa nafaqaxorlar sayr qiladigan joylar, daraxtzor, ariq tarmoqlari, yol va yolakchalar umumiy foydalanishdagi yerlar hisoblanadi. Shahar bosh rejasiga kora, bunday joylar yashil xiyobon bolishi belgilab qoyilgan.

2012 yil 16 martda Navoiy shahar yer tanlash va ajratish doimiy komissiyasining ijobiy xulosasiga kora, Ekspress-servis MChJga tegishli Flora qahvaxonasi atrofida joylashgan bir gektardan ziyod yer maydoni shahar hokimi tomonidan birorta qurilish ishlarini amalga oshirmaslik sharti bilan qahvaxonani qayta tamirlash va atrofini obodonlashtirishga ruxsat berish togrisida qaror qabul qilingan. Tadbirkor Shodi Ismoilov tomonidan bu hududga daraxt kochatlari otqazilib, yashil xiyobon va bolalar maydonchasi tashkil etilgan.

Shunga qaramay, 2016 yil 25 avgustda Navoiy shahar sobiq hokimi Nematullo Axatov qonunga zid ravishda ushbu xiyobonning bir qismini Vegas-Navoiy MChJga oshxona qurish uchun ajratish haqida qaror qabul qiladi. Natijada xiyobondagi daraxtlar turli texnikalar yordamida kesib tashlanadi, beton ustunlar ornatilib, oshxona binosi qad kotara boshlaydi. Mahalla aholisi bu noqonuniy qurilish toxtatilishini sorab, turli yuqori tashkilotlarga shikoyat xati bilan murojaat qiladi.

Prokuror protestida ushbu hududdan Vegas-Navoiy MChJga qurilish uchun yer maydoni ajratilishi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2006 yil 29 mayda qabul qilingan Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoyilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi togrisidagi qaror asosida tasdiqlangan Nizomning 26-qismiga zid ekanligi bayon etilgan.

Biroq sobiq hokimning noqonuniy qarori bekor qilinganiga uch oy bolishiga qaramasdan, afsuski, shaharning qoq markazida qatorasiga joylashgan tortta umumiy ovqatlanish korxonasi yonida yana bitta oshxona qurilishi hamon davom etayapti.

Biz xizmat safari bilan Navoiy viloyatida bolganimizda, shahar hokimi Umarbek Xalilov bilan uchrashishning iloji bolmadi. Chunki u kishi joylarda uyushtirilayotgan xayriya tadbirlarida qatnashayotgan ekan. Shuning uchun telefon orqali bolsa ham undan bu masalaga oz munosabatini bildirishini soradik.

Hokim Vegas-Navoiy MChJga taalluqli oshxona ornida shifo maskani qurilishi moljallangani uchun unga boshqa joydan yer ajratilgani, lekin qonunga zid ravishda ekologik ekspertiza xulosasi olinmagani uchun prokuror protesti asosida sobiq shahar hokimi qarori bekor qilinganini inkor etmadi. Lekin shu bilan birga, ekologik ekspertiza xulosasi olish mumkinligi, insoniylik nuqtai nazaridan shu yerdan joy ajratilgan tadbirkorning ikki marta burnini qonatish insofdan emasligini, bu borada shahar hokimligi huquqshunosi qolidagi hujjatlar bilan tanishish mumkinligini bildirdi...

Navoiy shahar prokuraturasi ushbu masalada qonun ustuvorligi, adolat mezonlari asosida ish korgan, deb oylaymiz. Navoiy shahar hokimi ham oz navbatida prokuror protesti asosida sobiq hokim qarorini bekor qilgan. Lekin kop qavatli uylarda yashayotgan aholi ozlari dam oladigan xiyobonda oshxona qurilishi hamon davom etayotganidan norozi. Nima qilmoq kerak? Bir tadbirkorning burni qonamasinmi yoki 500 nafardan ziyod fuqaro norozi bolib qolmasinmi?



Nurulloh DOSTON,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.