O'zb  
 
29.03.2018

DAVLAT XIZMATLARI KORSATISH MASALASIGA BAGISHLANDI

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan «Aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish: milliy tajriba va xalqaro amaliyot» mavzuida matbuot anjumani otkazildi.

Ma’lumki, hayotda bir fuqaroning turli davlat organlariga ishi tushadi. Bu jarayondagi uzundan-uzun navbatlar, asabbuzarliklar, sarsongarchiliklarga kopchiligimiz guvoh bolganmiz.

Davlatimiz rahbari tomonidan xalqning ogirini yengil qilish, ularga davlat — fuqaro munosabatlarida qulaylik yaratish va shaffoflikni taminlash maqsadida davlat xizmatlari korsatishning yangi konsepsiyasi ilgari surildi.

Bunda asosiy etibor navbatda turishlarni keskin kamaytirish, sansalorlikning oldini olish, xalqning davlat idoralaridan rozi bolishiga qaratildi. Bundan buyon farzandning dunyoga kelishi, bolalarni maktabgacha talim muassasalariga joylashtirish bilan bogliq hujjatlarni rasmiylashtirish kabi yumushlar ham Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi. Bu nafaqat sarf-xarajatlarni, balki inson uchun qimmatli bolgan vaqtni tejash imkonini ham yaratadi.

Davlat xizmatlari markazlari aholiga barcha xizmatlar bir joyda korsatiladigan alohida, oziga xos maskan bolishi kutilayapti.

Hozir respublikamizdagi davlat xizmatlari markazlarida aholiga innovatsion texnologiyalar va zamon talablariga mos ravishda 37 turdagi xizmatlar korsatilib kelinmoqda. Joriy yilning birinchi aprelidan ularning soni 50 taga yetkazilishi nazarda tutilmoqda. Yana bir yangilik davlat xizmatlari yuridik shaxslar bilan bir qatorda, jismoniy shaxslarga ham korsatiladi.

Otgan qisqa vaqt ichida tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholiga jami 46 ming 380 dan ortiq davlat xizmatlari korsatildi. Jumladan, dori vositalari chakana savdosi bilan shugullanish uchun ruxsatnoma, yer uchastkasiga bolgan huquqni davlat royxatiga olish togrisida, ipoteka togrisidagi shartnomalarni royxatdan otkazish, tibbiy faoliyatni amalga oshirish huquqini litsenziyalash, elektron raqamli imzo kalitlarini royxatga olish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun ruxsat berish va boshqalar.

Davlat xizmatlari markazlari faoliyatini keng omma orasida targib qilish, xalqimizga ulardan foydalanishning afzalliklarini tushuntirish, markazga murojaat qilish madaniyatini shakllantirish maqsadida yurtimizning barcha aholi gavjum hududlari, bozorlar, savdo majmualari, shuningdek, reklama ustunlariga davlat xizmatlari, ularning turlari va faoliyat mexanizmi yoritilgan plakat, banner, buklet va boshqa korgazmali materiallar tarqatildi.

Shuningdek, Davlat xizmatlari markazlari orqali korsatiladigan xizmatlar, hududlarga biriktirilgan masul xodimlar va ular tomonidan otkaziladigan sayyor qabullar togrisidagi malumotlar aks ettirilgan Adliya burchaklari stendlari mahallalar binosida joylashtirildi.

Olis hududlarda yashovchi aholiga zarur mobil davlat xizmatlari korsatilishini taminlash maqsadida hokimliklar tashabbusi bilan Davlat xizmatlari markazlari avtomobillar bilan taminlandi.

Matbuot anjumanida agentlikning istiqboldagi rejalari xususida ham axborot berildi.



Ravshan SHODIYEV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.