O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
22.02.2018

YASHIL YOLAKDAN OTOLMAGAN TILLA TAQINCHOQLAR

1 yanvardan boshlab, respublikamizdagi xalqaro aeroportlarda yo‘lovchilar uchun ikki yolakli tizim, ya’ni «yashil» va qizil yolaklar joriy etildi.

Ushbu tizim yurtdoshlarimiz va xorijlik mehmonlarni bojxona rasmiylashtiruvidan otkazish jarayonlarini yanada soddalashtirish va tezlashtirishga xizmat qilmoqda.

Amaldagi tartiblarga kora, respublikamizga kirib kelayotgan yolovchilar yashil yolakdan faqat qiymati va miqdori bojsiz olib kirish meyorlaridan ortiqcha bolmagan tovarlar bilan otishlari mumkin. Yani bu yolakdan otish yolovchilarning yonida ortiqcha tovar-moddiy boyliklari yoqligini bojxona organlariga ogzaki deklaratsiyalaganini anglatadi.

Davlat bojxona qomitasi axborot xizmatining xabariga kora, ayrim fuqarolar amaldagi tartiblarni yaxshi bilishsa-da, joriy qilingan bu qulaylikni noqonuniy daromad orttirish ilinjida suiistemol qilishga urinishmoqda. Yaqinda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yashil yolak orqali tilla va zargarlik buyumlarini olib otishga uringan qoidabuzarlar toxtatib qolindi.

Istambuldan uchib kelgan mamlakatimiz fuqarosi F.Yuldasheva ayollar sumkasidagi pardoz upasi qutilariga va egnidagi kiyimi chontaklariga 263 gramm ogirlikdagi tilla va zargarlik buyumlarini joylab, yashirin ravishda olib kirayotganda qolga olindi. Dastlabki hisob-kitoblarga kora, mazkur tilla va zargarlik buyumlarining taxminiy qiymati 67 million somdan oshadi.

Ayni shu reys boyicha parvozini yakunlagan Ozbekiston fuqarosi G.Tolibov ham belgilangan meyorlardan ortiqcha bolgan 72 gramm ogirlikdagi tilla va zargarlik buyumlarini qizil yolak qolib, yashil yolakdan olib otayotgan paytda toxtatib qolingan.

Istambul — Toshkent reysining yana bir yolovchisi, Ozbekiston fuqarosi M.Mavlyanova tomonidan yolovchi bojxona deklaratsiyasida korsatilmagan, qiymati salkam 24,5 million somni tashkil qiluvchi 119 gramm tilla taqinchoqlar yashirincha olib kirilayotgani aniqlandi.

Eslatib otamiz, respublika hududiga jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni aksiz soligi solinmasdan olib kirish meyorlariga muvofiq umumiy ogirligi 30 grammdan ortiq bolmagan 5 donagacha zargarlik buyumlarini olib kirishga ruxsat etiladi.

Poytaxtimiz aeroporti orqali har sutkada dunyoning turli shaharlari boylab, ortacha 40 dan ortiq reyslar amalga oshiriladi. Bu yerda bir kunda ortacha 6-7 ming nafar yolovchi harakatlanayotgan bolsa, ularning taxminan 93 foizi bojxonadan yashil yolak orqali otishmoqda.

Bunday vaziyatda bojxona xodimlari yanada hushyor va sezgir bolishi, yolovchilar esa bojxona qonunchiligiga qatiy rioya qilishi kerak boladi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.