O'zb  
 
01.01.2018

YURTDOSHLARIMIZ 2018 YILDA QANDAY DAM OLISHADI?

Prezidentimizning «2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini kochirish togrisida»gi farmonini xalqimiz katta xursandchilik bilan kutib oldi.

Farmondan kozlangan asosiy maqsad 2018 yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida toliq dam olishi uchun qoshimcha shart-sharoitlar yaratish va dam olish, bayram kunlaridan oqilona foydalanishi, shuningdek, ichki turizmni yanada rivojlantirishdir.

Quvonarli tomoni, kelgusi kalendar yili davomidagi ish va dam olish kunlarini oldindan rejalashtirish amaliyoti Ozbekistonda birinchi marta yuz bermoqda. Bunday amaliyot ozining samaradorligi nuqtai nazaridan xorijiy tajribada keng qollaniladi.

Prezident farmonida fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida toliq dam olishi uchun qoshimcha shart-sharoitlar yaratish birlamchi maqsad sifatida qayd etilgan. Haqiqatan, yil davomidagi ish va dam olish kunlarini hali yil boshlanmasdan avval belgilash xodimlarning bosh vaqtlarini unumli otkazishlari uchun imkoniyat yaratib beradi. Ilgari ma’lum bir bayramga 2-3 kun qolganda dam olish kunlari kochirilar, buning natijasida xodimlar bunday qisqa fursat ichida dam olish kunlariga reja tuzish yoki uni amalga oshirishga ulgurmay qolardi. Endi bolsa, hattoki 2018 yil dekabr oyida qaysi kun dam olish sifatida belgilanganini 1 yil oldin bilish mumkin.

Shuningdek, ayrim ish beruvchilar ozgargan dam olish kunlari hisobiga xodimlarni qoshimcha ishlatish haqida noqonuniy ichki qarorlar chiqarardi. Xuddi shu kabi muammolar dam olish kuni ozgargan oy uchun ish haqini hisoblash chogida ham yuzaga kelardi. Joriy etilayotgan yangi mexanizm ushbu muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Shu orinda savol tugilishi mumkin, mazkur farmonning ichki turizmga qanday aloqasi bor? Gap shundaki, 2018 yilda Yangi yil, Navroz va Mustaqillik bayramlari arafasida yuzaga keladigan 5 kunlik dam olish davri aholiga ozlari anchadan buyon rejalashtirib yurgan, lekin ish kunlarining tigizligi sababli amalga oshira olmayotgan orzularini royobga chiqarish imkonini yaratadi. Masalan, qaysidir oila Navroz bayrami arafasida Samarqand shahridagi qadamjolarni ziyorat qilish uchun oilaviy sayohatni amalga oshirishi mumkin. Boshqa bir oila esa Mustaqillik bayrami arafasida kohna Xivani borib korish sharafiga muyassar bolar.

Shularni hisobga olib, farmonda mutasaddi tashkilotlarga dam olish bayram kunlarining uzaytirilishini hisobga olgan holda, respublika aholisi uchun ichki turizm va faol dam olish yonalishlarini, transport va mehmonxona xizmatlari uchun chegirmalar berilishini hamda aksiyalar otkazilishini tashkil etish vazifasi topshirildi. Farmon ijrosini qisqa fursatlarda taminlash maqsadida bugunga kelib Ozbekiston boylab sayohat qil! dasturi ishga tushirilganini alohida takidlash zarur.

Ozbekiston uchun yangilik bolgan mazkur ijobiy mexanizm bir marta amalga oshirilib, keyin unutiladigan vaqtinchalik loyiha emas. Farmonda mutasaddi tashkilotlarga bundan buyon xodimlarning dam olish va bayram kunlaridan oqilona foydalanishini taminlashni inobatga olgan holda kelgusi kalendar yili uchun qoshimcha dam olish kunlarini belgilash va dam olish kunlarini kochirish togrisida har yili 15 oktabrdan kechikmasdan takliflar ishlab chiqish vazifasi yuklandi.

Endi bevosita belgilangan dam olish kunlari va uning toifalar boyicha taalluqliligi haqida fikr yuritsak. Avvalo, farmon asosida Ozbekiston qonunchiligida mehnat munosabatlariga oid yana bir yangi amaliyot kiritildi. Yani, joriy yilda ilk marta har yilgi mehnat tatilining davomiyligini qisqartirish orqali bayram kunlari arafasida qoshimcha dam olish kuni berildi.

Farmonda 3 xil toifadagi dam olish kunlari haqida soz boradi.

Har yilgi mehnat tatilining davomiyligini qisqartirish orqali beriladigan bayram kunlari arafasidagi qoshimcha dam olish kuni. Qoshimcha dam olish kunlari hisobiga mehnat tatilining muddati 3 kunga qisqartirilsa ham, lekin tatil uchun beriladigan tolov miqdori qisqartirilishi mumkin emas, u toliq beriladi. Masalan, 28 kun mehnat tatili beriladigan xodimga endilikda qisqartirish evaziga 25 kun tatil beriladi, biroq 28 kun hisobidan tolovlar amalga oshirilishi kerak.

Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun bayram arafasidagi ish kuniga kochirilgan shanba, dam olish kuni. Ushbu kunlarda 6 kunlik ish haftasida faoliyat olib boradigan xodimlar ishga chiqishlari lozim boladi.

Barcha xodimlar uchun (5 va 6 kunlik ish haftasidagilar) birdek umumiy dam olish kuni hisoblangan yakshanba kunini bayram arafasidagi ish kuniga kochirish.

Prezident farmoniga berilgan rasmiy sharhda muqaddas Qurbon hayit va Ramazon hayit bayramlarining muhimligi va ahamiyatini inobatga olgan holda, 2018 yildan boshlab ayrim dam olish kunlarini bayram kunlariga yaqin bolgan ish kunlariga kochirish hisobiga uzluksiz uch kunlik dam olish kunlari belgilanishi kozda tutilayotgani qayd etilgan.

Xushnudbek XUDAYBERDIYEV,

Ozbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi yuridik bolimi mudiri orinbosari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: