O'zb  
 
07.12.2017

KONSTITUTSIYAGA BINOAN

O‘zbekistonda olim jazosining bekor qilinishi xalqaro hamjamiyat tomonidan ota muhim voqea sifatida e’tirof etilib, insonparvarlik goyalariga sadoqat namunasi sifatida tan olinib kelinadi.

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan sud-huquq islohotlari natijasida qonunlarimiz liberallashtirilib, insonparvarlik tamoyillariga muvofiqlashtirildi.

Bosh qomusimizda inson va uning qadr-qimmati oliy qadriyat sifatida uluglandi. Ana shu tamoyildan kelib chiqib, inson huquq va erkinliklarini taminlashni yanada yuqori bosqichga kotarish maqsadida 2008 yilning 1 yanvaridan boshlab Ozbekiston Respublikasida olim jazosi jazo turi sifatida butunlay bekor qilindi va Jinoyat kodeksidan olib tashlandi.

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kora, «Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng ogir jinoyatdir». Zero, inson hayoti huquqiy muhofaza obyekti sifatida ilk bor Konstitutsiyamizda mustahkamlandi. Sud-huquq tizimini isloh qilishda mazkur tarixiy hujjatning ahamiyati beqiyos.

Muxbirimiz insonning yashash huquqi, yani Ozbekistonda jazolash tizimidan olim jazosini chiqarish boyicha qabul qilingan tarixiy hujjatning mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida yuridik fanlar doktori, professor Bahrom AHROROV fikrlari bilan qiziqdi.

— Hamma narsa taqqoslanganda bilinadi. Shu orinda otmish va bugungi kun qonunchiligimiz qiyoslanganda, avvalo, qanday farqlanishlar kozga tashlanadi?

Sobiq shorolar tuzumi davrida Ozbekiston SSR Jinoyat kodeksidagi 33 ta moddada olim jazosi kozda tutilgan bolsa, 1994 yil qabul qilingan yangi mustaqil Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida ular soni 20 taga qisqartirilib, 13 ta modda sanksiyasida olim jazosi nazarda tutilgan edi. Bosqichma-bosqich ular soni yana qisqartirib borildi. 1998 yilga kelib, olim jazosi nazarda tutilgan moddalar 8 ta, 2001 yilda 4 taga, 2003 yilda esa 2 taga qisqartirildi.

2005 yil 1 avgustda Birinchi Prezidentimiz tarixiy hujjatga imzo chekdi. Ozbekiston Respublikasida olim jazosini bekor qilish togrisidagi Farmon elon qilindi. Bu insonparvarlik tamoyillariga qatiy amal qilayotgan mamlakatimizning fuqarolari konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini taminlash yolidagi muhim qadam boldi. Farmonga kora, 2008 yilning 1 yanvaridan boshlab olim jazosi jazo turi sifatida butunlay bekor qilindi va Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksidan olib tashlandi.

Mamlakatimiz sud-huquq sohasidagi bu islohot jahon hamjamiyati tomonidan qizgin kutib olindi va maqullandi. 2008 yil 5 yanvarda matbuotda Ozbekistonda olim jazosining bekor qilinishi munosabati bilan Sloveniya raisligining Yevropa Ittifoqi nomidan bayonoti elon qilindi.

Unda shunday sozlar bor: ?. Yevropa Ittifoqi Ozbekistonda 2008 yilning 1 yanvaridan olim jazosi bekor qilinganini qizgin maqullaydi. Biz Ozbekiston hukumati va xalqini ushbu muhim qaror bilan samimiy qutlaymiz. Yevropa Ittifoqi Ozbekiston hukumatini ushbu qarorni tola royobga chiqarish hamda sud tizimidagi islohotlarni bundan buyon ham izchil amalga oshirishda qollab-quvvatlaydi.

2. Yevropa Ittifoqiga azo mamlakatlar olim jazosining bekor qilinishi inson qadr-qimmatini hurmat qilish va qollab-quvvatlashda muhim omil boladi, deb hisoblaydi.

Yevropa Ittifoqi olim jazosining butun dunyoda bekor qilinishiga erishish oz faoliyatining asosiy maqsadi ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Yevropa Ittifoqi Ozbekistonda olim jazosining bekor qilinishi yuqorida qayd etilgan maqsad yolida qoyilgan muhim qadam, deb biladi va mintaqadagi boshqa mamlakatlar ham bu borada Ozbekistondan ornak oladi, deb umid qiladi.

Bu hujjat Ozbekiston sud-huquq sohasidagi islohotlarga berilgan yuqori baho va etirofdir. Mamlakatimizda olim jazosining bekor qilinishi xalqaro hamjamiyat tomonidan etirof etilgan ota muhim voqea boldi. Nufuzli xorijiy ekspertlarning fikricha, ushbu va boshqa chora-tadbirlar tufayli Ozbekiston dunyoda eng liberal jinoyat qonuniga ega boldi.

Binobarin, huquq tizimida jinoyat uchun jazoning ogir yoki yengilligi emas, uning muqarrarligi muhim hisoblanadi. Qolaversa, olim jazosi mahkum uchun hech qanday tarbiyaviy ahamiyatga ega emas. Bu jazo insonni axloqan tuzatmaydi.

Jinoiy jazo jinoyat sodir etgan shaxslarni qayta tarbiyalash, jamiyat uchun xavfli harakatlar sodir etishdan tiyish, keyingi hayotini foydali tomonga burish vositasi. Mahkum jazoni otash paytida ozodlik va inson yashashi uchun zarur bolgan boshqa huquqlarning qadriga yetadi, kerakli xulosa chiqaradi.

Ozbekiston mustaqillikning qisqa davrida olim jazosidan butunlay voz kechdi. Vaholanki, kopgina rivojlangan demokratik davlatlar qonunchiligida olim jazosi saqlab qolingan. Bu holni qanday izohlash mumkin?

Shu orinda bir gapni aytsam. Demokratik davlat oz fuqarosidan voz kechmasligi kerak. Yani qonunchiligida olim jazosi bor davlatda demokratiya togrisida gapirish, fikrimcha, ortiqcha.

Ozbekiston Respublikasi mustaqilligining qisqa vaqtida, yani on yetti yilda olim jazosidan voz kechishga erisha oldi. Bunday yutuqlarga demokratik hisoblangan Yevropa davlatlari bir, hatto ikki asrlab harakat qilganliklari tarixdan malum. Olim jazosini bekor qilish jinoyatchilikning kopayib ketishiga sabab boladi, degan fikrlar ham notogri, asossiz ekanligi Ozbekiston misolida isbotlanganligini alohida takidlash lozim. Olim jazosi jazo turi sifatida ozini hech qachon oqlagan emas. Dunyo tajribasida olim jazosini qollashning jinoyatchilikni kamaytirishga umuman bogliq emasligi allaqachon isbotlangan. Aksincha, uni tayinlashda yol qoyilgan xatolar orqali koplab begunoh insonlar hayotdan erta mahrum qilindi. Sobiq shorolar tuzumidagi qatagon yillarida nohaq olim jazosiga hukm qilinib, qanchadan-qancha bobolarimiz asossiz otib tashlandi. Achchiq haqiqat shuki, olim jazosining adolatsizligi aniqlansa, uni hech qachon tuzatib bolmaydi. U keyinchalik tuzatib bolmaydigan jazo turi sifatida ham xavfli va adolatsizdir.

Takidlash kerakki, dunyoning kopgina mamlakatlarida bu jazo turidan mutlaqo voz kechish yoki ijro qilishga moratoriy qollash amaliyoti mavjud. Bugungi kunda yer yuzidagi yuzdan ziyod mamlakatda olim jazosidan butunlay voz kechilgan yoki ular amalda qollanilmaydi. Shu jumladan, yigirmadan ortiq davlatda olim jazosiga hukm etish yoki uni ijro qilishga moratoriy ornatilgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1977 yil 8 dekabrdagi rezolutsiyasida olim jazosi borasida kozda tutiladigan asosiy maqsad, bunday jazoni bekor qilish ehtiyojidan kelib chiqqan holda, olim jazosi qollaniladigan huquqbuzarliklar miqdorini kamaytirib borishdan iborat bolmogi lozimligi qayd etilgan. Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 7-moddasi Insonparvarlik prinsipi deb atalib, unda Jazo va boshqa huquqiy tasir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini kozlamaydi. Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli boladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy tasir chorasi qollanilishi kerakligi aytilgan.

2008 yil 1 yanvardan boshlab olim jazosining bekor qilinishi mamlakatimizda inson hayotining daxlsizligi va uning yashashga bolgan huquqi kafolatlandi. Qolaversa, ushbu hujjat insoniylik va bagrikenglikning yuksak namunasi sifatida nafaqat xalqimiz, balki jahon jamoatchiligi tomonidan katta xayrixohlik bilan kutib olindi. Bir soz bilan aytganda, Ozbekistonda olim jazosining bekor qilinishi xalqaro tamoyil hamda Konstitutsiyamizga mos keluvchi eng maqbul yol tanlanganining yaqqol isbotidir.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Ravshan SHODIYEV suhbatlashdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: