O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
06.06.2017

QINGIR ISH KELTIRAR TASHVISH

Mamlakatimizda mehnat qilaman, degan odamga ish topiladi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bolganlar uchun barcha huquqiy asoslar yaratilgan, katta imtiyozlar berilgan. Bu imkoniyatlardan foydalanib, katta-kichik korxonalar ochib, oilasini bekam-kost ta’minlayotgan, yangi ish orinlari ochib, jamiyatga foydasi tegayotganlar koplab topiladi.

Biroq qingir yol bilan darhol boyib ketishni maqsad qilib, jinoyatga qol urayotganlar ham yoq emas. Jinoyat esa jazosiz qolmaydi.

Muqaddam sodir etgan firibgarlik jinoyati uchun tayinlangan jazo chorasidan tegishli xulosa chiqarmagan namanganlik Bahodir Qodirov «DELFIN SHALOLASI» MChJ direktori Sherzod Qodirov bilan navbatdagi jinoyatni sodir etish uchun til biriktiradi. MChJ nomidan Lok Kolor Sintez nomli Ozbekiston-Niderlandiya-Britaniya qoshma korxonasi bilan boyoq mahsulotlari sotib olish boyicha shartnoma tuzadi.

Mazkur shartnoma asosida MChJ 2010 yil yanvar-fevral oylari mobaynida qoshma korxona tomonidan yetkazib berilgan 390.756.918 somlik boyoq mahsulotlarini qabul qilib oladi. Ammo ushbu mahsulotlar shartnomada korsatilgan maqsadlarga ishlatilmasdan, vaqtincha ish bilan band bolmagan Bahromjon Gafurov, Rahimjon Abdurahmonov, Muhammad Ahmedov kabi shaxslar vositasida Namangan, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlari hududlarida naqd pulga sotilgan va savdodan tushgan pul mablaglari bank hisob raqamiga kirim qilinmagan.

Bundan tashqari, uyushgan guruh rahbari Bahodir Qodirov va Sherzod Qodirovlar ozlashtirilgan boyoq mahsulotlarining bir qismini Neksiya hamda Lasetti rusumli avtomashinalarga almashtirib, jinoiy faoliyat natijasida topilgan daromadlarini legallashtirishgan.

Mazkur holat yuzasidan Ozbekiston Respublikasi IIV Tergov Bosh boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qozgatilib, olib borilgan tergov harakatlari natijasida yuqorida nomlari korsatilgan uyushgan guruh azolarining qilmishlari fosh etildi. Jinoyat ishlari boyicha Namangan shahar sudi tomonidan aybdorlarga nisbatan turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Hayot haqiqati shundan iboratki, togri, halol mehnatning oxiri rohat boladi, qingir ishning qiyigi qirq yilda ham chiqadi va tegishli jazosini oladi.

Murod MAVLONOV,

Ichki ishlar vazirligi

Tergov departamenti katta tergovchisi.



DB query error.
Please try later.