O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
07.05.2017

ICHKI ISHLAR XODIMLARI AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT OTKAZDI

Poytaxtimizda O‘zbekiston fuqaroligini olish yoki undan chiqish, Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiska qilish, biometrik pasportni rasmiylashtirish, chet elga vaqtinchalik chiqish uchun ruxsatnoma olish qonun-qoidalariga bagishlangan ochiq muloqot otkazildi. Tadbirda Naima Toshboyeva bilan yonma-yon otirib qoldik. Muloqot boshlanishiga ozgina vaqt bor. Fursatdan foydalanib u bilan suhbatlashdim.

— Mirzo Ulugbek tumanidagi 209-maktabda oqituvchi bolib ishlayman, deydi u. Prezidentimizning joriy yil 22 fevraldagi «Ozbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish togrisida»gi farmoniga muvofiq Ozbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindim. Bundan xursandman. Uch nafar farzandim bor. Ular mana shunday tinch, osoyishta yurtda voyaga yetayotganidan juda baxtiyorman.

Davra suhbati mobaynida Ichki ishlar vazirligi Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi, Tashqi ishlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi mas’ul xodimlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashovchi aholi vakillarini oylantirayotgan muammolarni eshitishdi. Muloqot davomida ularning murojaatlari korib chiqildi, tegishli huquqiy maslahatlar berildi.

Tadbirda sozga chiqqanlar ichki ishlar tizimida amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlar, jumladan, migratsiya, pasport-viza tizimi, fuqarolikni qabul qilish va undan chiqish masalalari qonun-qoidalari xususida aholiga axborot berishdi. Shuningdek, fuqarolarning tinch va osoyishta hayot kechirishini taminlash, yurtimizda jinoyatchilikning oldini olish boyicha jiddiy chora-tadbirlar korilayotgani takidlandi.

Ozbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshligi orinbosari, podpolkovnik Faxriddin Tursunov tizimda bolayotgan ozgarishlar hamda aholini biometrik pasport bilan taminlash masalasidagi yangiliklar xususida ishtirokchilarga malumot berdi.

Ҳ қ, қ қ қ қ ғ қ, . қ ID.UZ (www.id.uz) , www.gov.uz ҳ қ қ ҳ On-line . ҳ ғ қ , қ ҳ қ .

Tadbir davomida Toshkent viloyatiga doimiy yashashga hujjat topshirgan 56 nafar fuqaroligi bolmagan shaxslarga doimiy royxatga otish va yashash guvohnomasini berish togrisida oxirgi xulosa chiqarildi. Yashash joyidagi tuman pasport tizimiga murojaat qilishlari aytildi.

Ozbekiston Respublikasining fuqaroligi togrisidagi qonunning 15-moddasiga binoan ota-onasi fuqaroligi bolmagan shaxs bolib, ozlari Ozbekiston Respublikasida tugilib, 16 yoshga tolib voyaga yetgan bolalarga fuqarolik pasportlari tantanali ravishda topshirildi.

Muloqot davomida, shuningdek, aholining murojaatlari tinglandi. Qolaversa, ushbu murojaatlarni korib chiqib, tezda yechimini topish boyicha soha xodimlariga aniq vazifalar yuklatildi.

Darhaqiqat, Ichki ishlar xodimlari bilan aholi ortasidagi ozaro ishonch mana shunday ochiq muloqotlar orqali yanada mustahkamlanadi. Bu esa vatanimizda tinch va osuda hayot taminlanishiga xizmat qiladi.

Mahliyo ALIQULOVA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: