O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
20.04.2017

MUAMMOGA YECHIM TOPILDI

Hayotda har xil holatlar bo‘lib turar ekan. Masalan, men Arnasoy tuman mashina-traktor parkida ishlagan davrimdagi ish haqimdan 3 million 250 ming som mablagni bir necha yildan beri ololmay yurgan edim. Bu borada adolat istab, 2014 yilda Fuqarolik ishlari boyicha Dostlik tumanlararo sudiga ham murojaat qildim. Sud 2014 yil 14 oktabr kuni masalani korib chiqib, mening foydamga hal qiluv qarori chiqardi. Shundan song sud ijro departamenti Jizzax shahar bolimi xodimlari ish haqimning 500 ming somini undirib berdi. Qolgan 2 million 750 somini yana ololmadim.

Yana yugur-yugur boshlandi. Mablagning qolganini undirish uchun tuman mashina-traktor parkiga, sud ijro departamenti Jizzax shahar bolimiga bir necha marta qatnadim.

Oradan ikki yildan koproq vaqt otdi. Nihoyat, joriy yil mart oyida oz faoliyatini boshlagan Ozbekiston Respublikasi Prezidentining xalq qabulxonasiga murojaat qildim. Qarangki, qabulxonadagilarning aralashuvidan song yillar mobaynida meni qiynab kelgan masala bir kunda oz yechimini topdi.

Togri, masala hal boldi. Ish haqimni toliq undirib oldim. Lekin shu munosabat bilan konglimdan otgan bir gapni aytmoqchiman. Joylarda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining xalq qabulxonalari tashkil etilgani ayni muddao boldi. Chunki ularda biz kabi oddiy odamlarni qiynab, tashvishga solib kelayotgan yuzlab, minglab muammolar hal etilmoqda. Xalq qabulxonalari ishidan ornak olayotgan mahalliy rahbarlar fuqarolar murojaatlarini shaxsan oz nazoratlariga olishsa, ularni muammoga aylanmasidan joyida hal qilish chora-tadbirlarini korishsa, nur ustiga a’lo nur bolardi.

Bobobek YUSUPOV,

Arnasoy tumani «Samarqand» qishlogi, mehnat faxriysi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: