O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
08.04.2017

AQL BOVAR QILMAYDIGAN ISHLAR

(Yoki Sho‘rchi tumanida bir fuqaroning xususiy mulkini asossiz buzishga bolayotgan urinishlar xususida)

Hayot kurashdan iborat, deb yozgan edi buyuk adib Aleksandr Dyuma ozining Graf Monte Kristo romanida. Qiziq, inson zoti paydo bolgandan buyon ana shu kurash goh oshkora, goh pinhona davom etmoqda. Ba’zan kimdir goliblik nashidasini sursa, kimdir maglubiyat alamidan zor-zor titraydi. Kimdir adolatsizlikdan qon qaqshaydi.

Surxondaryo viloyatining Shorchi tumanida istiqomat qiluvchi tadbirkor Ergash Danayev ikki yildirki, oz mulkini himoya qilaman deb, turli idoralar eshigi oldida sarson-sargardon. U tahririyatimizga yozgan xatida shunday hangomalar bor:

«Men 1993 yilning 1 oktabr kuni Shorchi tuman sobiq Obodon» jamoa xojaligiga qarashli ovqatlanish nuqtasini sotib olgan edim. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish togrisidagi qonunga asosan menga davlat orderi berildi.

Mazkur order asosida 1994 yil 11 fevral kuni tuman hokimi tomonidan menga qarashli bolgan oshxonani royxatdan otkazish va nizomini tasdiqlash togrisida qaror qabul qilindi.

Men otgan davr ichida tuman hokimining qarori bilan ozimga tegishli bolgan mazkur oshxonani bir necha bor kapital rekonstruksiya qildim.

Togri, davr shiddat bilan ozgarib bormoqda. Kecha qad rostlagan imorat bugun talabga javob bermasligi mumkin. Shu bois, men ozimga qarashli ovqatlanish nuqtasini zamon talablariga moslab qayta qurish maqsadida tuman hokimligiga murojaat qildim. Tuman arxitektura va qurilish bolimi boshligi R.Turdiyev imzosi bilan 2015 yilning 5 fevral kuni yollangan javob xatida:

Mazkur oshxona binosi qonuniy qurilish royxatiga olinmaganligini, kelgusi besh yil davomida uning buzilishi, kochirilishi va shu joydan davlat ahamiyatiga molik qurilish amalga oshirilishi togrisida shaharsozlik hujjatlari mavjud emasligi korsatilgan.

Shundan song oshxona binosini qayta qurish maqsadida tuman arxitektura va qurilish bolimi bilan 188-sonli shartnoma tuzib, uning hisob raqamiga 260 ming 480 som pul mablagi otkazdim. Biroq osmondan tarasha tushganday, oradan bir necha kun otar-otmas R.Turdiyev menga tuman hokimining birinchi orinbosari Mahmud Zoirov bu ishga tosqinlik qilayotganligini aytib, qurilish borasidagi ishlarni taqa-taq toxtatdi.

Ayrim amaldorlar uchun inson taqdiri bir oyinchoqdek. Tuman hokimligining huquqshunosi Oktam Ibragimov ham qonun doirasida yol tutmadi. Mulk egasi Ergash Danayevdan pinhona ravishda fuqarolik ishlari boyicha Denov tumanlararo sudini chalgitishga erishdi. Biroq uning nayrangi uzoqqa chozilmadi. E.Danayev ishtirokida 2015 yilning 20 iyun kuni otkazilgan qayta sud jarayoni tadbirkor foydasiga ajrim chiqardi...

Biz mazkur shikoyat xati yuzasidan Shorchi tuman hokimi Haybullo Mamatqulov bilan uchrashdik. U E.Danayevga qarashli oshxonani buzib tashlash niyatida ekanligini royi-rost aytdi. Bu borada tuman Kengashining qarori ham mavjud, deya uqtirdi. Biz unga tadbirkorning qolida fuqarolik ishlari boyicha Denov tumanlararo sudining ajrimi mavjud ekanligini eslatganimizda:

Biz yaqinda sudyalardan ham zor bolamiz, — dedi u miyigida kulib. Song u viloyatdagi yoshlar gazetasi hamda Toshkent shahridagi allaqanday gazeta uni tanqid qilganligini, har ikkala gazetani ham sudga berib, golib chiqqanligini magrurlanib sozlab berdi.

Qiziq, tuman rahbari buni bizga nega aytib berdi? Bu gapi bilan nimaga shama qilmoqchi bolayapti?..

Odamni odam buzadi, deganlari rost gap ekan, deydi tadbirkor. Ayrim kimsalar tuman hokimini ham, uning orinbosarini ham chalgitishga urinmoqda. Qiziq, arxitektura va qurilish idorasida shartnoma asosida pulli xizmat korsatadigan Chorshanbi Mamarayimov har ikki kunning birida kelib, oshxonani tezda buz, deya dagdaga qiladi. Bu oshxona tezroq buzilishiga u nega bunchalik qiziqmoqda?..

E.Danayevga qarashli oshxonani buzish borasida qabul qilingan qaror bilan tanishish maqsadida tuman hokimining birinchi orinbosari M.Zoirov bilan uchrashmoqchi boldik. Hokim orinbosari hali ish joyiga kelmagan ekan. Hokimiyat binosiga kiraverishdagi tor va noqulay joyda, eski tanishimiz Chorshanbi Mamarayimovga duch keldik. Uning kongliga qol solib korgandik, negadir tutoqib ketdi. E.Danayevning qolidagi hujjatlar soxta, dedi jahl otiga minib. Biz uning ishini yaqinda prokuraturaga otkazib, jinoyat ishi qozgatamiz, oshxonasini esa buzib tashlaymiz.

Shu payt M.Zoirov korinish berishi bilan uning ortidan ergashdik. Keng yagrinli, qomatdor hokim orinbosari bilan suhbatimiz dastlab qovushgandek boldi. Bir payt xonaga Ch.Mamarayimov bostirib kirib, gap mavzui boshqa tomonga kochdi. Aftidan u ozi bilan ergashtirib kelgan termizlik mehmonga allaqanday binoni nol qiymatida olib berishda vositachilik qilayotgan edi.

Yaxshi, dedi hokim orinbosari Mahmud Zoirov qolini musht qilib stolga urar ekan. Hujjatlarni tayyorlang. Siz tayyorlagan barcha hujjatlarga imzo chekaman. Chunki sizga ishonaman.

Hokim orinbosarining bu maqtovlaridan magrur jilmayib, yengil tebranib olgan Ch.Mamarayimov koz qiri bilan bizga pinhona qarab qoydida, song hokim orinbosariga yuzlanib,

Nega Ergashning oshxonasini buzmayapsiz? dedi.

Buzamiz, hokim bilan kelishganmiz, yaqinda albatta buzib tashlaymiz. Hokim orinbosari, shu tobda nimadandir xijolat chekayotgandek, bir muddat jim qoldi. Song kozini bir nuqtadan olmay sozini davom ettirdi. Yaqinda texnika kiritib buzib tashlaymiz.

Shunday qilish kerak. Bu ishni chozib otirishning keragi yoq, deya uni qolladi Ch.Mamarayimov.

Hokim orinbosarining esiga nimadir tushib qoldi shekilli, stol ustidagi qogozlarni titkilay boshladi. Song hamsuhbatiga yuzlanib: Viloyat boshqarmasiga xat jonatganmiz javob kelishi bilan oshxonani titib tashlaymiz.

Ch.Mamarayimov xonani tark etishi bilan, oradan fursat otmay kimdir imo-ishora bilan dastlab hokim orinbosarini, song uning yordamchisini tashqariga chaqirib oldi. Biz xonada hamkasbimiz bilan yolgiz qoldik. Ancha paytdan song qaytib kelgan M.Zoirov endi mutlaqo boshqa odamga aylangan edi. Chunki u, endi bizdan qolimizdagi hujjatlardan nusxa berishimizni, allaqanday qogozlarga imzo chekishimizni va yol hujjatlarini korsatishimizni talab qila boshladi.. Hatto nima maqsadda kelganimiz togrisida tushuntirish xati yozib berishimizni soradi, noiloj yozdik ham...

Ha, darvoqe, tuman hokimi Haybullo Mamatqulov mazkur binoni buzmoqchi bolganligining asosiy sababi, oshxona joylashgan yer tibbiyot birlashmasi hududiga qarashli ekanligini takidladi.

Tuman hokimining birinchi orinbosari M.Zoirov ozi tashabbus korsatib, bosh muharrir nomiga yozgan javob xatida ham ushbu oshxona joylashgan hudud tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ekanligi korsatilgan.

Biz Shorchi tumanidagi Mustaqillik kochasi Navroz mahallasi hududida joylashgan tibbiyot birlashmasining Er tuzish va kochmas mulk kadastri hujjatlari bilan tanishganimizda, bu gaplar girt uydirma ekanligi, oshxona tibbiyot birlashmasi hududiga mutlaqo aloqasi yoqligini kordik. Tuman tibbiyot birlashmasi rahbarlari kadastr hujjatlaridan nusxa kochirib, tasdiqlab bergan malumotlarda ham bu oz aksini topgan.

Yana bir gap. Ergash Danayevning aytishicha, u davlat orderini, viloyat davlat arxivida saqlanayotgan hujjatlar bilan solishtirib, tegishli idoralarda nazoratdan otkazganida hech qanday soxtakorlik ishlari aniqlanmagan.

Tuman hokimi Haybullo Mamatqulov negadir menga qarashli bolgan oshxonani buzib tashlashga jon-jahdi bilan kirishmoqda, deydi tadbirkor. Hokimning gapiga quloq tutib, xususiy mulkimni oz ixtiyorim bilan buzmaganligim sababli, oshxonaning chor atrofini temir panjaralar bilan orab tashlashdi. Hatto oz korxonamga kirish uchun yol ham qoldirmadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shu yil 7 fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillardaOzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha harakatlar strategiyasida, chunonchi xususiy mulkning huquq va kafolatlarini ishonchli himoyalashni taminlash, barcha turdagi tosqinliklar hamda cheklashlarni bartaraf etish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishda toliq erkinlik berishga alohida ahamiyat qaratilgan.Afsuski, mazkur tarixiy hujjat qabul qilingan bir paytda Shorchi tuman rahbarlarining bu kabi harakatlari kishini juda hayratga solmoqda.

Ular ehtimol harakatlar strategiyasi bilan yaqindan tanish emasdir yoki qoyilgan vazifalar ahamiyatini anglamayapti. Yoki shu oshxonani tez buzdirib, ornini kimgadir berishga vada qilishgan bolishi mumkin. Har holda bu oshxona atrofida bolayotgan gaplar kishida shunday tasavvur uygotadi.

Abdi QODIROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: