O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
31 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
06.04.2017

OSOYISHTALIK OSMONDAN TUSHMAYDI

buning uchun hammadan ogohlik talab etiladi

Jizzax viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbarlari hududlarga borib, hafta davomida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qoyilgan kamchiliklarni tanqidiy tahlil qilib, har bir xodimga aniq topshiriq bermoqda. Organilishi lozim bolgan hudud haqida jamlangan ma’lumot va xabarlar asosida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda keng qamrovli choralar belgilanyapti.

Xususan, umumtalim maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oquvchilarning dars mashgulotlariga qatnashishi tekshirildi. Darsga sababsiz qatnashmayotgan 374 nafar oquvchining ota-onasiga nisbatan farzandining talim-tarbiyasi bilan shugullanmayotganligi uchun Ozbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 47-moddasi talablari asosida hujjatlar rasmiylashtirildi. Ushbu shaxslarning harakatlari Jizzax shahar, Baxmal, Sh.Rashidov, Zarbdor, Zomin va Gallaorol tumanlarida joylashgan kollejlarning ozida keng jamoatchilik ishtirokida «sayyor sud» orqali muhokama etilib, chora korildi.

Ayni paytda 35014 xonadon organib chiqildi. Organishlar davomida birinchi marotaba Ozbekiston Respublikasining fuqarolik pasportlarini oz vaqtida olish, amal qilish muddatini otkazib yubormasdan yangi fuqarolik pasportlariga almashtirish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. 420 nafar fuqaro pasport-viza tartib-qoidalariga, 130 nafar fuqaro esa doimiy va vaqtinchalik yashash tartibiga rioya qilmaganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

Shubha uygotgan shaxslar joylardagi tayanch punktlariga olib kelinib, tegishli profilaktik suhbatlar otkazildi. Ularning bazilariga nisbatan mamuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, chet elga uzoq muddatga chiqib ketgan, chet eldan qaytib kelgan fuqarolar aniqlandi. Ular bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilyapti.

Fuqarolar gavjum joylarda 786 patrul yonalishlari tashkil qilinib, 27 obyekt qoriqlash pultiga ulandi. 49 obyektga videokuzatuv moslamalari ornatildi.

Mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olish maqsadida qoriqlash xizmati tomonidan mahalla raislari va profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda kop qavatli, savdo uylari va toyxonalarning kirish yolagiga yuqori sifatli tasvirga tushiruvchi kuzatuv kameralari va kodli qulflar ornatish boyicha targibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Yongin xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan gaz idoralari, elektr tarmoqlari korxonasi va boshqa idora xodimlari bilan 723 obyektda yongin sodir bolishi mumkin bolgan holatlarning oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar olib borildi. Ularga taklif va tavsiyalar berish orqali amaliy yordamlar korsatildi.

Huquqbuzarliklarning oldini olish, vaziyat barqarorligini taminlash, talim muassasalarida oquvchilar davomatini yaxshilash, fuqarolar, yongin va yol harakati xavfsizligini taminlash maqsadida mahalla, talim muassasalari va korxona-tashkilotlarda 3520 marotaba tushuntirish, targibot va tashviqot ishlari olib borildi.

Otkazilayotgan tadbirlarning sifat va samaradorligini oshirish maqsadida barcha toifadagi rahbarlar va tergovchilar jalb etildi. Hafta davomida sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari muhokama qilingan holda, aholi bilan uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etildi.

Mahallalarda, talim muassasalarida, korxona va tashkilotlarda fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari bilan hamkorlikda Ogohlik — davr talabi, Oz uyingni ozing asra kabi mavzularda targibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Korilayotgan barcha choralar huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgandir.

Farrux YUNUSOV,

Jizzax viloyati IIB HOOB katta inspektori, kapitan.



DB query error.
Please try later.