O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31 1 2 3 4 5 6
23.03.2017

YOSHLAR TARBIYASI MUHIM MASALA

Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Fayzulla Quvondiqov boshchiligida boshqarma mutasaddi rahbarlaridan iborat guruhlar shakllantirilib, shahar-tumanlarga safarbar etildi.

Ishchi guruhlar joylarga borgach, sodir etilgan jinoyat va hodisalarni tahlil qilmoqda. Uzoq qishloq va aholi punktlarida fuqarolar bilan «Ogohlik — davr talabi», Oz uyingni ozing asra shiori ostida targibot-tashviqot ishlarini olib borishyapti.

Boshqarma boshligi Pastdargom tumanining Dormontepa maishiy xizmat va servis kasb-hunar kolleji oquvchilari bilan ochiq muloqot tashkil etdi.

Davra suhbatida tizim rahbari oquvchi yoshlarni turli goyalar tasiridan asrash borasida soz yuritib, yoshlarning kitobga bolgan qiziqishi, kitob mutolaasi borasidagi bilimlarini tekshirdi.

Pastdargom tuman IIB va voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyasi tomonidan hisobga olinganlarning 11 nafari qiz bola va 12 nafari umumtalim maktabi oquvchilari ekanligi tanqid qilindi. Bu masalaga mahalla faollari, ota-onalar etiborsiz qarayotgani afsuslanarli.

Davra suhbatining ikkinchi qismida yoshlarni ish bilan band qilish maqsadida viloyat Milliy bankining Pastdargom filiali bosh mutaxassisi Sanjar Sattorov va boshqalar kichik biznes va tadbirkorlik bilan shugullanish uchun bankdan kredit olish, kafillik sharti va imkoniyatlari, kredit olishda zarur boladigan hujjatlarni taqdim etish boyicha tushuntirish berishdi.

Tadbir doirasida Dormontepa QFY hududida muntazam ravishda oqishga qatnamayotgan ikki nafar oquvchi xonadoniga borilib, songgi ogohlantirish berildi.

Boshqarma boshligi Boston va Amir Temur mahalla faollari bilan tashkil etilgan uchrashuvda uzoq muddatga xorijga ketgan yoshlar tahlili, ularning bazilari OITS va boshqa kasalliklar orttirib qaytayotgani, bekorchilik qanday achinarli holatlarni yuzaga keltirishi haqida soz yuritdi.

Bu choralardan kozlangan maqsad huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarni yot goyalar tasiridan saqlash hamda xalqimiz osoyishtaligini taminlashdir.

Asliddin IRGAShEV,

Samarqand viloyat IIB Inson huquqlarini himoya qilish va yuridik taminlash bolinmasi katta inspektori, mayor


DB query error.
Please try later.