O'zb  
 
04.03.2017

PROFILAKTIKA INSPEKTORLARI MALAKA OSHIRMOQDA

Prezidentimiz joriy yil 9 fevral kuni ichki ishlar organlari faoliyati, mazkur tizimdagi muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan yigilishda militsiya tayanch punktlari infratuzilmasini takomillashtirish, profilaktika inspektorlarining malakasini oshirish boyicha tizim yaratish kerakligiga alohida e’tibor qaratdi.

Mazkur vazifadan kelib chiqib, Ichki ishlar vazirligi Akadeyamiyasi oquv poligonida Qoraqalpogiston Respublikasi IIV va Toshkent shahar IIBB hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining 400 nafar profilaktika inspektorining oquv yigini tashkil etildi. Profilaktika inspektorlarini xizmat burchiga sodiqlik, el-yurt tinchligi yolida sidqidildan xizmat qilish ruhida tarbiyalash oquv yiginining bosh maqsadidir.

Akademiya oquv poligonida barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Zamon talablariga javob beradigan oquv auditoriyalari, sport kompleksi, axborot-resurs markazi, ruhiy tetiklashtirish xonasi, oq otish va maxsus-taktik mashgulotlar otkaziladigan maydon tinglovchilarga xizmat korsatmoqda.

— Oquv poligonida tinglovchilarning kasbiy tayyorgarliklarini yanada oshirish, olayotgan nazariy bilimlarini amaliyotda samarali qollash konikmalarini shakllantirish maqsadida mashgulotlarga vazirlikning Huquqbuzarliklarning oldini olish, Tergov Bosh boshqarmasi, Jinoyat-qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish, Ekspert kriminalistika xizmatining tajribali rahbarlari hamda mutaxassislari jalb qilinmoqda, deydi Oquv yigin boshligi, polkovnik Ismoil Himmatov. Shuningdek, bu yerda jadval asosida Toshkent shahar IIBB eng yaxshi militsiya tayanch punkti inspektorlarining oquv-mashgulotlari tashkil etildi.

Profilaktika inspektorlarining huquqni qollash, huquqbuzarliklar profilaktikasi boyicha bilimini oshirish maqsadida oquv jarayoniga prokuratura, sud organlari hamda davlat soliq inspeksiyasining tajribali xodimlari jalb qilindi. Tinglovchilar guruhlarga bolingan holda Toshkent shahridagi militsiya tayanch punktlarida amaliyot otkazishdi.

Oquv poligonida tinglovchilarning jangovar va jismoniy tayyorgarligini oshirish boyicha maxsus mashgulotlarni tizimli ravishda otkazish yolga qoyilgan.

Ravshan SHODIYEV,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: