O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
02.03.2017

BOSH MAQSAD TINCHLIK-OSOYISHTALIKNI TAMINLASH

Jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni munosabati bilan Toshkent viloyatida ham keng miqyosli tadbirlar amalga oshirilayotir. Mahalla fuqarolar yig‘inlari, ta’lim muassasalari va korxona-tashkilotlarda jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni taminlash, jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yashirinib yurgan qidiruvdagi shaxslarni aniqlab, ushlash boyicha choralar korilyapti. Shuningdek, aholining pasport tizimi qoidalariga rioya etishlarini taminlash, mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda har bir mahalla hududida profilaktika inspektorlarining ish samaradorligini oshirish uchun zarur sharoitlar yaratish, jamiyatda qonun ustuvorligi, adolat, tinchlik-osoyishtalik va totuvlikni qaror toptirish kabi masalalarda uchrashuvlar otkazildi.

Toshkent viloyati IIB boshligining orinbosari, polkovnik Rustam Abdullayev va Chinoz tumani IIB boshligi, podpolkovnik Bahodir Voitovlar tashabbusi bilan Chinoz tumani ichki ishlar bolimining sohaviy xizmatlari, profilaktika inspektorlari va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar, hokimlik vakillari, xotin-qizlar qomitasi, talim, sogliqni saqlash muassasalari, «Kamolot» YoIH, ozini ozi boshqarish organlari, imom xatiblar bilan hamkorlikda 10 mahalla, 3 maktab, 2 kasb-hunar kollejida uchrashuvlar otkazildi.

Tadbirlar davomida ichki ishlar organlarining maxsus hisobida turuvchi, diniy ekstremistik oqimga azo bolgan 14 nafar shaxs, 19 nafar ilgari sudlangan shaxs bilan profilaktik suhbatlar otkazildi. Davomat tadbirlari davomida 18 nafar oquvchi sababsiz darsga qatnashmayotganligi aniqlanib, 2 nafar ota-onaga nisbatan toplangan hujjatlar qonuniy chora korilishi uchun hokimlik huzuridagi Voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyasiga yuborildi. 12 nafar shubhali shaxs militsiya tayanch punktlariga keltirildi, 18 nafar fuqaroga nisbatan mamuriy bayonnomalar tuzilib, tegishli choralar belgilandi.

Angren shahrida profilaktika inspektorlari uchun qulay sharoitlar yaratish, ularni uy-joy va avtoulov bilan taminlash masalalariga alohida etibor qaratilmoqda. Jumladan, Angren shahar hokimining Angren shahar ichki ishlar bolimining Huquqbuzarliklarning oldini olish bolinmasi profilaktika inspektorlariga xizmat uy-joylari ajratish togrisidagi qarori asosida 10 nafar profilaktika inspektori xizmat uylari va 5 nafari avtomashina bilan taminlandi.

Angren shahar hududida joylashgan 18-sonli umumiy orta talim maktabida, Taraqqiyot, Nurobod va Gozal MFYlarda jinoyatlarning kelib chiqish sabablari tahlillar asosida organilib, ularning oldini olish borasida aholi bilan muloqotlar otkazildi.

— Asosiy etiborni sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablariga qaratyapmiz, deydi Angren shahar IIB boshligining orinbosari, podpolkovnik Shuhrat Shaxabxanov. Kelgusida sodir etilishi mumkin bolgan huquqbuzarliklarning oldini olish borasida ozimiz uchun zarur yonalishlarni belgilab olayotirmiz.

Joriy yilning otgan davri davomida Chirchiq shahar hududida sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan Chirchiq shahar IIB boshligi Umid Shomaxsudov tashkilotchiligida A.Temur, Madaniyat, Bahor, Yulduz, Quyosh, Lola, Iftixor, Navroz mahalla fuqarolar yiginlari faollari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari raislari va shu hududga biriktirilgan masullar ishtirokida jinoyatlarning oldini olish, uning kelib chiqish sabablari boyicha aholi bilan uchrashuv va tushuntirish ishlari olib borildi.

Yol-transport hodisalarining kelib chiqish sabablari va oqibatlari xususida Toshkent viloyati IIB Yol harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari Chirchiq shahar 14-sonli umumiy orta talim maktabi oquvchilari, Xolis niyat servis, Chirchiq liberti trans hamda Mega star lyuks MChJlari haydovchilari ortasida tushuntirish ishlari olib borildi, suhbatlar uyushtirildi.

Shuningdek, viloyatda yonginlarning oldini olish, voyaga yetmaganlar ortasida jinoyatchilik, huquqbuzarliklarni toxtatish, giyohvandlik, guruhbozlik va janjalga moyil oquvchilar ortasida alohida profilaktik tadbirlar amalga oshirildi. Toshkent viloyati perinatal markazi, viloyat kop tarmoqli bolalar shifoxonasi, Chirchiq texnika kasb-hunar kolleji va Chirchiq sanoat kasb-hunar kollejida shu kabi uchrashuv va muloqotlar bolib otdi.

Bunday tadbirlarni viloyatning barcha hududlarida otkazish rejalashtirilgan.

Nuriddin ABDULLAYEV,

Toshkent viloyati IIB xodimi, katta leytenant.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: