O'zb  
 
28.02.2017

ADLIYA VAZIRLIGIDA OCHIQ MULOQOT

Adliya vazirligida «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani otkazildi.

Unda Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boyicha Harakatlar strategiyasi togrisidagi Prezident farmonining ahamiyati, unda belgilangan ustuvor yonalishlar, joriy yilga moljallangan dasturning mazmun-mohiyati, maqsad hamda vazifalari togrisida ma’lumotlar taqdim etildi.

Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar toliq, oz vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish Harakatlar strategiyasi beshta yonalishining har biri boyicha tuzilgan komissiyalar zimmasiga yuklatiladi. Ushbu komissiyalar nafaqat yuqorida qayd etilgan vazifalarni amalga oshiradi, balki tegishli yillik davlat dasturlari loyihalarini tayyorlashda ham qatnashadi.

Bugungi jarayonlar aholida faol fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish, jamiyatda huquqiy madaniyatni izchil yuksaltirib borishni taqozo etayotir. Buning uchun xalqimizni va ijrochilarni yangi qabul qilinayotgan qonunlar, farmon va qarorlar bilan oz vaqtida tanishtirib borish zarur.

Muloqot asnosida tadbir ishtirokchilarining etibori Prezidentimizning Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qaroriga qaratildi. Mazkur hujjat huquqiy axborotni tarqatish va huquqiy targibot otkazishning amaldagi tizimini tanqidiy tahlil qilish asosida ishlab chiqilgani takidlandi. Unda yangi qabul qilingan qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni tarqatishning yagona tartibini ornatish, ularning mohiyati va ahamiyatini aholi ortasida tushuntirish nazarda tutilmoqda. Anjumanda huquqiy axborot tarqatishning yangi mexanizmlaridan samarali foydalanish masalalari haqida ham soz yuritildi.

Ochiq muloqot tarzida otgan uchrashuvda jurnalistlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan mutaxassislarning javoblari eshitildi.

Oz muxbirimiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: