O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
23.02.2017

JINOYATNING OLDINI OLGAN AFZAL

Bir-birini qo‘llab-quvvatlash, el-ulusning tashvish-muammolarini hamjihat bolib hal etish, tinchlik-osoyishtalikni qadrlash azaldan xalqimizga xos olijanob fazilatlardir.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2017yil9 fevral kuni ichki ishlar organlari faoliyati, mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bagishlangan videoselektor yigilishida haftaning payshanba kunini jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni, deb e’lon qilishni taklif etib, shu kuni hududlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari mahalliy telekanallarda chiqishlar qilib, sodir etilgan jinoyatlar, ularning sabablari, oldini olish boyicha tadbirlar profilaktikasi haqida keng jamoatchilikka axborot berishi yuzasidan dolzarb vazifalar qoyildi.

Bunday qarorga kelinishining asosli sabablari bor, albatta. Prezidentimiz yigilishda jinoyat qidiruv xizmatidagi kamchiliklar, ayniqsa, ogrilik, firibgarlik bilan bogliq jinoyatlarning har beshtadan bittasi ochilmay qolayotgani, yoshlar va ayollar jinoyatchiligi kamaymayotganligi, 2016 yilda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oquvchilari mingdan ziyod jinoyatga qol urgani, umumiy jinoyatlarning oltitasidan bittasini xotin-qizlar sodir etgani afsuslanarli ekanligini takidladi. Shuningdek, tergov idoralari tomonidan jinoyat ishlari yuzasidan qisqa muddatda qonuniy qarorlar qabul qilish imkoniyati mavjud bolsa-da, qoshimcha surishtiruv va tergov harakatlari talab etilmaydigan materiallar boyicha asossiz ravishda muddatini uzaytirish, fuqarolarni sarson qilish kabi salbiy holatlar uchrayotgani tanqid qilingandi.

Yigilishda jinoyatchilikning oldini olish muhim ahamiyatga ega bolgan militsiya tayanch punktlari infratuzilmasini takomillashtirish, profilaktika inspektorlarining turmush sharoitini yaxshilash, ichki ishlar organlari tizimini kompleks isloh qilish, uning tarkibiy tuzilmalarini optimallashtirish masalalari korib chiqilib, ichki ishlar vazirligining tashkiliy tuzilmalari tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilindi. Murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, fuqarolar bilan munosabatlarni tubdan qayta korib chiqish, odamlar bilan doimiy muloqotni yolga qoyish, xalq bilan hamnafas bolib yashash va inson manfaatlaridan kelib chiqib ishlash lozim, deb takidladi yigilishda davlatimiz rahbari.

Prezidentimiz tomonidan bildirilgan tanqidiy fikrlar, takliflar, avvalo, vazirlikda muhokama qilinib, sohaviy xizmatlar va hududiy ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilishi lozim bolgan vazifalar muhokama etildi. Ijrosini kechiktirib bolmaydigan vazifalar aniqlab olindi.

Jumladan, haftaning har payshanba kuni profilaktika kuni, deb elon qilinganidan kelib chiqib, Ichki ishlar vazirining 2017 yil 13 fevraldagi korsatmasiga asosan «Profilaktika kuni» tadbirlarini tashkil etish, otkazish davrida amalga oshiriladigan ishlarning tartibi belgilab berildi.

Mazkur korsatmaga muvofiq har haftaning payshanba kuni Profilaktika kuni deb belgilanib, ikki kun muddatda Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlarining qarorlari asosida hududlarning demografik joylashuvi, tezkor-kriminogen vaziyatdan kelib chiqqan holda chora-tadbirlar tasdiqlanib, ijroga qaratilishi talab qilindi.

Bundan tashqari, joriy yilning 16 fevral kuni vazirlik rahbariyati tomonidan tasdiqlangan jadval asosida vazirlikning barcha sohaviy xizmat boshliqlari va masul xodimlari Toshkent shahar IIBB hamda Toshkent viloyati IIBning shahar va tuman boshqarmalariga biriktirildi. Ular hududiy prokurorlar, Mahalla jamoat fondi, Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati, Xotin-qizlar komitasining vakillari bilan hamkorlikda hududda sodir etilgan jinoyat sababi va oqibatlari muhokamasida ishtirok etdilar.

Shuningdek, vazirlikning Inson huquqlarini himoya qilish va yuridik taminlash boshqarmasi rahbar va masul xodimlari Sirdaryo viloyati tumanlarida, Axborot markazi masul xodimlari Qibray tumanida, Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi, Qoriqlash Respublika birlashmasi xodimlari viloyatning Orta Chirchiq, Qibray, Zangiota, Boka va Bekobod tumanlarida Profilaktika kuni tadbirlarida ishtirok etdilar. Bu jarayon har haftaning payshanba kuni uzviy ravishda davom ettiriladi.

Joylarda sodir etilgan jinoyatlarni muhokama qilishda asosiy etibor jinoyatning kelib chiqish sabab va omillarini korsatib berishga, aholini hushyorlikka, ogohlikka chaqirish, jinoyatchilikka qarshi murosasizlik bilan yondashish masalasiga qaratilmoqda.

Jumladan, kuni kecha Andijon shahrida otkazilgan tadbirda huquqbuzarliklar va jinoyatlarning sabablari muhokama etildi, ularning oldini olish boyicha tushuntirish ishlari olib borildi. Qator talim muassasalari va mahallalarda esa yol-transport hodisalarining oldini olish va yongin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish masalalarida targibot-tashviqot ishlari otkazildi.

Bunday misollarni barcha hududlardan keltirish mumkin.

— Uch yuz mingga yaqin aholisi bolgan Margilon shahrida ham bunday uchrashuvlar odamlarda katta qiziqish uygotmoqda, deydi Nuroniy jamgarmasi shahar bolimi raisi T.Nishonov. Bundan tashqari, shahar prokurori A. Mavlonov tashabbusi bilan tashkil etilgan sayyor qabulxona ham koplab hamshaharlarimizning muammolari hal etilishiga yordam bermoqda.

Xorazm vilotida ham 16 fevral, payshanba kunidan boshlab hududlar prokurorlari hamda ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tasdiqlangan jadval asosida mahalliy telekanallarda chiqishlar qilib, sodir etilgan jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabab va sharoitlarini tahlil qilib, olib borilayotgan profilaktika ishlari haqida aholiga axborot berib borilmoqda.

Hozir ichki ishlar vazirligi tizimida amalga oshirilayotgan tadbirlar samarasidan korinib turibdiki, videoselektor yigilishida bildirilgan tanqidiy fikrlar, takliflar ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan qayta korib chiqish, optimallashtirish, xodimlarning malakasi va masuliyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Zikrilla NEMATOV,

IIV Inson huquqlarini himoya qilish va yuridik taminlash boshqarmasi OAV bilan aloqa qilish bolimi boshligi, polkovnik.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: