O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
11.02.2017

KONTRABANDAGA CHEK QOYILMOQDA

Davlat bojxona qo‘mitasi kontrabanda va bojxona qoidabuzarliklariga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida matbuot anjumani otkazdi.

Qayd etildiki, qomita tomonidan tovar-moddiy boyliklar va kontrabanda ashyolarining noqonuniy aylanishi, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarni fosh etish, oldini olish, ularning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Anjumanda mazkur sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlash ishlari haqida ham soz yuritildi. Korilgan chora-tadbirlar tufayli nafaqat yirik hajmdagi yuk avtomashinalari sanoqli soniyalarda bojxona korigidan otkazilyapti, balki bu jarayonda bir qator qoidabuzarliklar ham fosh etilmoqda.

Kontrabanda jinoyatining oldini olishda turli davlatlarning bojxona xizmatlari bilan hamkorlik muhim ahamiyatga ega bolmoqda.

Otgan yili bojxona organlari tomonidan turli mazmundagi audio va video mahsulotlari yozilgan 5 mingdan ortiq kontrafakt mahsulot aniqlangan.

Matbuot anjumanida, shuningdek, tadbirkorlarga yaratilgan qulaylik va imtiyozlar haqida alohida soz yuritildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini qollab-quvvatlash maqsadida tadbirkorlarga otgan yilda bojxona tolovlari boyicha 13,3 trillion som miqdorida imtiyoz berildi. Davlat royxatidan otmasdan tovarlarni, ayniqsa, sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini respublikamizga olib kirish, saqlash yoki yashirin tarzda ishlab chiqarish bilan shugullanayotgan shaxslarga nisbatan tegishli choralar korilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, bojxona organlari tomonidan qonun hujjatlari buzilishining, jumladan, noqonuniy va sifatsiz tovarlar kirib kelishining oldini olish hamda fosh etish borasida samarali tizim yaratilgan.

Ravshan SHODIYEV,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: