O'zb  
 
11.02.2017

QONUN HUJJATLARI

mazmun-mohiyati va ahamiyati xalqimizga o‘z vaqtida yetkazilishi kerak

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining kuni kecha qabul qilingan «Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi qarori normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatidan ijrochilar va aholini tez va tola xabardor etish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini ta’minlashning samarali mexanizmlarini ornatishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Mazkur qarorda Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi zimmasiga qator funksiya va vazifalar yuklatilgan.Ular ijrosi boyicha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar haqidagi fikr-mulohazalar bilan tanishing.

Muzraf IKRAMOV, Ozbekiston Respublikasi adliya vaziri:

— Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya bayramiga bagishlangan tantanali marosimda qonunlarni qabul qilish – bu ishning bir qismi bolib, asosiy masala qonunlarning maqsadi, mazmun-mohiyatini xalqimizga va masul ijrochilarga oz vaqtida yetkazish, ularning ijrosini togri tashkil etish hamda qonun talablariga qatiy amal qilishni taminlash, bu boyicha samarali mexanizm yaratish kerakligiga alohida etibor qaratgan edi.

Ushbu masalaning huquqiy yechimi sifatida Prezidentimizning Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori qabul qilindi. Qaror normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish, ijrochilar va aholini qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyati haqidagi huquqiy axborot bilan taminlashning sifatini oshirish, ushbu sohadagi ishlarni tashkil etishga prinsipial yangi yondashuvlarni ishlab chiqishga qaratilgan. Shu bilan birga, mazkur qaror huquqiy targibot, yuridik talim va sud-ekspertizasi faoliyatini yangi bosqichga kotarishi bilan ham muhim ahamiyatga ega.

Qarorning yana bir etiborli jihati shundaki, u asosida Huquqiy targibot va marifat sohasida davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish boyicha Idoralararo kengashning yangi tarkibi tasdiqlandi, shuningdek, unda Idoralararo kengashning hududiy komissiyalari tashkil etilishi belgilab qoyildi. Demak, adliya organlari, Idoralararo kengashga azo vazirlik, idora va tashkilotlar zimmasiga juda katta masuliyat yuklanmoqda.

Qaror talablaridan kelib chiqib, beshdan ortiq yangi qonun hujjatlari loyihalari, shu jumladan, Huquqiy axborotlarni tarqatish va undan foydalanishni taminlash togrisidagi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Shuningdek, qaror asosida Oliy Majlis Senati, Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarida har yili tegishlicha Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalarining huquqiy targibot va marifatning ahvoli togrisidagi axboroti eshitilishi joriy qilinadi. Qonun hujjatlarini tezkor tarqatish uchun himoyalangan aloqa kanallari (VPN) orqali idoralararo elektron hamkorlik tizimi va Qonun hujjatlari malumotlari milliy bazasining zamonaviy shakli yaratiladi.

Qaror mazmun-mohiyatiga bagishlab Yuristlar malakasini oshirish markazida vazirligimiz mutaxassislari, Idoralararo kengash azolari, deputatlar, senatorlar hamda manfaatdor tashkilot va muassasalarning masul rahbar-xodimlari ishtirokida konferensiya tashkil etildi. Bu kabi tadbirlar Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida otkazilishi rejalashtirilgan.

Nodirjon JORAYEV, Ozbekiston Respublikasi adliya vaziri orinbosari:

Hamma foydalanishi uchun qulay bolgan axborot tizimi yaratilsa, jamiyatda huquqiy madaniyat yuksaladi, qonun ustuvorligi taminlanadi. Normativ baza togrisida toliq va tezkor axborotga ega bolgan fuqaro bevosita va oz vakillari orqali davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda, qonunchilikni rivojlantirish va takomillashtirishda, amaldagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi va bajarilishida hamda jamoatchilik nazorati ornatilishida bevosita ishtirok eta oladi.

Adliya organlari tomonidan turli tashkilotlarda qonun hujjatlarining nazorat holatining yuritilishi hamda qonun hujjatlari bilan taminlanishi organilganida, ahvol qoniqarsiz ekani malum boldi. Bu kabi salbiy holatlarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli tushuntirishlar berilsa-da, ular bu masalaga yetarli darajada etibor qaratmay kelayotgan edi. Prezidentimizning ushbu qarori yuqoridagi kabi muammolarni bartaraf etish yolida muhim qadam boldi.

Mazkur qarorning yana bir ahamiyatli jihati Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilayotgan qonun loyihalarida tegishli qonun qabul qilingandan keyin uning ijrosini tashkil etish, ijrochilarga yetkazish va aholi ortasida keng targib qilishga masul bolgan davlat organlari aniq korsatilishi shartligi belgilab qoyilganidir.

Shu paytga qadar bizda qonun loyihasini ishlab chiqishga masul idoralar belgilanardi, lekin qabul qilingach, uni ijrochilarga yetkazish, aholi ortasida tushuntirish, ijrosini tashkil qilish bilan bogliq vazifalar ochiq qolar edi. Endi bu kabi holatlarga chek qoyiladi.

Bazan ommaviy axborot vositalarida qonun hujjati targibotini amalga oshirishda xato va kamchiliklarga ham yol qoyiladi. Buning asosiy sababi kop hollarda qonun hujjati targiboti bilan shugullanayotgan shaxsda yetarli darajada malumotlar yoqligidadir. Ushbu qarorda normativ-huquqiy hujjatlar imzolangan kuni unga oid materiallar (hujjatning konsepsiyasi bayon etilgan tushuntirish xati, ozgartirish va qoshimchalar tushuntirilgan taqqoslash jadvali) bilan birga qogoz va elektron shaklda Adliya vazirligiga yuborish, oz navbatida, vazirlikka bir kun ichida ularni Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan royxat boyicha barcha davlat organlari va tashkilotlariga elektron shaklda yetkazish majburiyati yuklatildi.

Normativ-huquqiy hujjatlarni barcha davlat organlari va tashkilotlariga oz vaqtida yetkazish, ularning normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatish boyicha faoliyatini samarali muvofiqlashtirish, uslubiy rahbarlik va nazorat qilish uchun vazirlik tarkibida Huquqiy targibot va axborot boshqarmasi hamda uning Qoraqalpogiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida hududiy bolimlari tashkil etilmoqda.

Shu bilan birga, Adliya vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va Milliy teleradiokompaniya hamkorligida ommaviy axborot vositalarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mohiyati va ahamiyatini yetkazish boyicha rolini yanada kuchaytirishni nazarda tutuvchi kompleks dastur ishlab chiqilib, tasdiqlanadi.

Alijon OCHILOV, Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarma boshligi:

2011 yili Adliya vaziri raisligida davlat boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari rahbarlaridan iborat Huquqiy targibot va marifat sohasida davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish boyicha Idoralararo kengash tuzilgan edi. Lekin otgan vaqt bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish, kozga tashlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish kerakligini korsatdi.

Shulardan kelib chiqib, Prezidentimizning Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarorida parlament palatalari, davlat hokimiyati va boshqaruvi, sud-huquq organlari va fuqarolik jamiyati institutlari ortasidagi uzviy hamkorlikni yanada kuchaytirishga alohida etibor qaratish lozimligi nazarda tutildi.

Hozirgacha davlat organlarining targibot boyicha faoliyati respublika darajasida muvofiqlashtirilib, ammo hududlar miqyosida ochiq qolayotgan edi. Yuqorida takidlanganidek, ushbu holatlarga barham berish maqsadida qaror bilan Idoralararo kengashning yangilangan tarkibi tasdiqlanib, adliya organlari rahbarlari boshchiligida uning hududiy komissiyalari tashkil etilishi belgilandi. Bundan tashqari, qonun hujjatining targibotini tashkil etish boyicha chora-tadbirlar rejasi ham endilikda adliya organlari bilan kelishiladi. Shubhasiz, bu kabi chora-tadbirlar mazkur yonalishdagi faoliyatni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Qarorda ijrochilar va aholini qonunchilikning mohiyati va ahamiyati togrisida xabardor qilishning sifatini tubdan oshirish, ushbu faoliyatni tashkil qilishga prinsipial yangi yondashuvlarni ishlab chiqish boyicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish, aholining turli qatlamlari, shu jumladan, tadbirkorlar va yoshlarning axborotga bolgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda, huquqiy targibot va marifatni amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy axborotdan keng kolamda foydalanishini taminlash, ushbu sohada fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish faoliyatini muvofiqlashtirish Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalarining asosiy vazifasi etib belgilandi.

Etiboringizni yana bir masalaga qaratmoqchiman. Ushbu qaror bilan Adliya vazirligi zimmasiga mamlakatda qonun ijodkorligi, huquqni qollash, huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish, shuningdek, sud ekspertizasi faoliyatini yanada rivojlantirishning ustuvor yonalishlarini ishlab chiqish, sud ekspertlarini tayyorlash va malakasini oshirish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirishga oid qoshimcha vazifa va funksiyalar yuklatildi.

Bugun noyuridik talim muassasalarining oquv rejalari, dasturlari va darsliklarini organib chiqish, qayta tasdiqlash va yangi avlod darsliklarini yaratishni zamonning ozi talab etmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi va sud idoralarida sud ekspertizasiga bolgan talab hamon dolzarbligicha qolmoqda. Bu bizdan doimiy izlanishni va yangi ekspertiza turlarini tashkil etishni taqozo etadi. Yuqoridagi vazifalarni hal etish uchun ham vazirlik tarkibida Yuridik talim va sud-ekspertiza faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etilmoqda.

Bobur KARIMOV, Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi masul xodimi:

Hujjatlarni elektron tarzda yetkazish boyicha xalqaro tajriba shuni korsatmoqdaki, AQSh, Fransiya, Italiya, Finlyandiya va Rossiyada normativ-huquqiy hujjatlar bosma va elektron shaklda rasmiy elon qilinadi va ular bir xil yuridik kuchga ega. Belgiya, Daniya, Avstriya, Niderlandiya, Ispaniya va Portugaliyada esa normativ-huquqiy hujjatlar bosma nashrlarda chop etilmaydi va ularning yagona rasmiy manbai elektron shakli hisoblanadi.

Ayrim xorijiy mamlakatlarda meyoriy-huquqiy hujjatlarni bevosita ijrochilarga yetkazishning aniq muddatlari hamda ushbu faoliyatni tashkil etish va nazorat qilish uchun masul bolgan shaxslar doirasi belgilangan bolib, mazkur masala AQShda akt, Shveytsariyada qonun, Belgiyada hukumat qarori bilan tartibga solingan.

AQSh, Germaniya, Fransiya, Rossiya, Hindistondagi davlat organlarining veb-saytlari yoki rasmiy nashrlarida nafaqat yangi qonun hujjatlari matni, balki ularni qabul qilish zarurati, muhokamalar natijalari haqidagi malumotlar va boshqa axborotlar ham elon qilinadi. Bu, albatta, ijrochilar va aholining meyoriy-huquqiy hujjat goyasi, maqsadini oz vaqtida va togri tushunib olishiga yordam beradi...

Xulosa qilib aytganda, Prezidentimizning ushbu qarori huquqiy axborotni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida tarqatish tizimini tubdan yaxshilashga, xalqimizni qonunchilikning mazmun-mohiyati togrisida huquqiy xabardor qilishning sifatini yanada oshirishga, eng muhimi, bu boradagi milliy tajribamizni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Mamurjon PARPIYEV

tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: