O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 1 2
07.02.2017

MAMURIY QAMOQ NIMA?

Ma’muriy javobgarlik to‘grisidagi kodeksning 23-moddasiga kora, mamuriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun mamuriy jazo choralaridan biri sifatida mamuriy qamoqqa olish jazosi belgilangan. Mazkur kodeksning 346-moddasi uchinchi qismida mamuriy qamoqni otash Ozbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan qoidalar asosida amalga oshirilishi qayd etilgan bolishiga qaramasdan, ushbu normani amalga oshiruvchi huquqiy mexanizm «Mamuriy qamoqni otash tartibi togrisida»gi qonun qabul qilinganiga qadar mavjud emas edi.

Joriy yilning 9 yanvarida qabul qilingan Ozbekiston Respublikasining Mamuriy qamoqni otash tartibi togrisidagi qonuni mamuriy qamoqni otash tartibi bilan bogliq bolgan munosabatlarni huquqiy tartibga solish, mamuriy qamoqni otash prinsiplari, tartibi, mamuriy qamoqqa olingan shaxslarning huquqiy holati, qonuniy manfaatlarini belgilab berishni ozida aks ettirdi.

Qonunning 3-moddasiga muvofiq, mamuriy qamoqqa olish — mamuriy jazo turi bolib, u shaxsni jamiyatdan vaqtincha ajratib qoyish sharoitlarida saqlashdan iborat. U 3 sutkadan 15 sutkagacha bolgan muddatga, favqulodda holat rejimi sharoitida esa jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun 30 sutkagacha bolgan muddatga qollaniladi.

Mamuriy qamoqni otash uchun asos tuman (shahar) sudi mamuriy ishlar boyicha sudyasining qarori, favqulodda holat rejimi sharoitlarida esa, shuningdek, harbiy komendantning yoki ichki ishlar organi boshligining qarori hisoblanadi.

Qonunda belgilanishicha, mamuriy qamoqqa olingan shaxslar maxsus qabulxonalarning umumiy kameralariga yoki bir kishilik kameralarga joylashtiriladi. Kameralarda bir kishiga togri keladigan maydonning normasi kamida 2,5 kvadrat metr, ayollar uchun esa kamida 3 kvadrat metrni tashkil etadi. Yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar saqlanadigan kameralarda bir kishiga togri keladigan maydon 4 kvadrat metrdan kam bolmasligi kerak.

Mamuriy qamoqqa olingan shaxslarga alohida yotoq joyi, korpa-toshak, idish-tovoq hamda ovqatlanish anjomlari beriladi. Mamuriy qamoqqa olingan shaxslarga ozining kiyim-boshi, poyabzali va shaxsiy gigiyena vositalaridan foydalanishga ham ruxsat beriladi.

Mamuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash boyicha maxsus muassasa maxsus qabulxonalar Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladi (qayta tashkil etiladi va tugatiladi). Maxsus qabulxonalar Qoraqalpogiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari huzurida tashkil etiladi. Ushbu muassasalarda rejimni taminlash maqsadida Ozbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan ichki tartib qoidalari tasdiqlanadi.

Qonun talabiga muvofiq, mamuriy qamoqqa olingan barcha shaxslar uchun shaxsiy xavfsizlik taminlanadi. Maxsus qabulxona mamuriyati va xodimlari mamuriy qamoqqa olingan shaxslarning hayoti va sogligiga tahdidlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan darhol choralar korishi shart.

Qonunning 22-moddasiga asosan, maxsus qabulxona mamuriyati va xodimlariga mamuriy qamoqqa olingan shaxslarning yozma roziligiga kora ularni haq tolanadigan mehnatga jalb etish huquqi berilgan (mehnatga qobiliyatsiz shaxslar bundan mustasno). Bunda ularga qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan Mehnatga haq tolash yagona tarif setkasining birinchi razryadidan kam bolmagan haq tolanishi lozim.

Davomiyligi sutkasiga ikki soatdan kop bolmagan maxsus qabulxona xonalaridagi sanitariya-gigiyena, maishiy sharoitlarni yaxshilash, shuningdek, ichki ishlar organi yoki maxsus qabulxona hududini obodonlashtirish bilan bogliq bolgan ishlarga haq tolanmaydi.

Mamuriy qamoqni otash tartibi togrisidagi qonunning 40-moddasida u rasmiy elon qilingan sanadan yigirma tort oy otgach kuchga kirishi (2019 yil 11 yanvardan) belgilab qoyildi.

Xulosa ornida takidlash lozimki, qabul qilingan qonun mamuriy qamoqqa olingan shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatini mustahkamlashga, mavjud qonunchilikdagi huquqiy boshliqlarni toldirish, jazoni ijro etishda ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini va mazkur organlar xodimlarining javobgarligini oshirishga komaklashadi.

Husan XOJAMQULOV,

Samarqand viloyati adliya boshqarmasi

boshligining birinchi orinbosari.

OzA



DB query error.
Please try later.