O'zb  
 
28.01.2017

MULKINGIZ XATLOVDAN OTKAZILGANMI?

Nozimjon va Nodiraxonlarning yaqinda to‘yi boldi. Nozimjonning otasi qishloq chetida qurilgan yangi uyni yoshlarga tuhfa etdi. Bir muncha vaqt otib, uy-joyga egalik qilish huquqi bolsa-da, uning kadastr hujjati mavjud emasligi bois yosh oila xavotirda qoldi. Axir shuncha mehnat va mablag sarflab tiklangan uy-joy ruxsatsiz yerga qurilgan bolsa, nima boladi?

Kundalik hayotda bunday holatlarga tez-tez duch kelamiz. Yoki ayrim turar joylar avloddan-avlodga meros qolib, oilalar uzoq yildan buyon yashaydi. Lekin ularda yer uchastkasiga, bino-inshootga bolgan huquqiy hujjat yoq.

— Yer uchastkalari, uy-joylar, bino va inshootlar, kop yillik daraxtzorlar kochmas mulk hisoblanadi, deydi Ozbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qomitasi bolim boshligi Dilorom Rizayeva. Shu bois kochmas mulkka bolgan mulk huquqi, uning boshqa shaxsga otishi, cheklanishi va bekor bolishi bilan bogliq bitimlar davlat royxatidan otkazilishi kerak. Shunda fuqaro yoki yuridik shaxsda ularga bolgan mulk huquqi vujudga keladi. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 3 avgustdagi ?016-2017 yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bolgan kochmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan otkazish togrisida»gi qarori bu borada dasturilamal bolayotir. Mazkur muhim tadbirni amalga oshirishga «Ergeodezkadastr davlat qomitasi tizimidagi 3,5 mingga yaqin xodim jalb etilgan.

Ayni vaqtda viloyat, shahar va tumanlar hududida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bolgan kochmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan otkazishni oz vaqtida va sifatli bajarilishini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish boyicha komissiyalar faoliyat yuritmoqda. Xatlovdan otkazish ishlarini tuman, shahar yer resurslari va davlat kadastri bolimlari, yer tuzish va kochmas mulk kadastri davlat korxonasi, arxitektura va qurilish bolimi, davlat soliq inspeksiyasi, ichki ishlar bolimi va tegishli shahar, shaharcha, qishloq fuqarolar yigini vakillaridan iborat ishchi guruhi bajarmoqda.

Xatlov tartibiga kora, ishchi guruh a’zolari fuqaro xonadoniga borib, avvalo, uy-joy berish haqidagi mahalliy hokimiyat qarorini, yer-mulk soliqlari tolovini, qurilgan bino va inshootlar haqidagi malumotni aniqlaydi, umumlashtiradi va tegishli tartibda mulkka egaligi tasdiqlangan hujjatlar yigma jildini shakllantiradi. Shu tarzda aholi yashab turgan uy-joylarning mustahkam elektron bazasi yaratiladi. Bu uy-joy, meros huquqi, soliq tolovlari kabi mol-mulk bilan bogliq tushunmovchilik va muammolarni bartaraf etishda muhim ahamiyatga ega.

Xatlov kochmas mulk obyektlari, ularning miqdori, sifati hamda huquqiy holati togrisida axborot olish uchun amalga oshiriladigan kadastr chora-tadbirlar majmuasi hisoblanadi. Kochmas mulk obyektlarining elektron malumotlar bazasida aniq hisobga olinishi, mol-mulk va yer soligini hisoblash uchun soliqqa tortish obyektlarini toliq royxatga olishni taminlaydi.

Xatlovni otkazishdan maqsad yer uchastkalari, binolar, inshootlar va kop yillik daraxtzorlarning egalarini, ulardan foydalanuvchilarni, ijarachilarni hamda ular egallab turgan yer uchastkalari maydonlarini, bino va inshootlarning hajmini, daraxtlarning turi, sonini aniqlashdan iborat. Malumotlarni yigish, ishlov berish mexanizmini standartlashni hisobga olish va kadastr axborot tizimini yaratish, davlat hokimiyati organlarini kochmas mulk obyektlari togrisidagi ishonchli, toliq axborot bilan taminlash ham yalpi xatlovning asosiy vazifasiga kiradi.

Bunda mutaxassislar har bir uy-joy, tomorqa yerlarini olchab, olchov ishlari amalga oshirilganligi togrisida dalolatnomalar tuzadi. Olchov malumotlari umumlashtirilib, komissiyaga taqdim etiladi. Xatlov natijalarini ishchi guruh puxta tahlil qiladi va yer uchastkalariga huquqlarni belgilash, ozboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlarni buzish yoki ularni mulk huquqi bilan saqlab qolish, yer uchastkalarini qonun hujjatlarida belgilangan meyorlar bilan muvofiqlashtirish masalalarini hal qilish boyicha takliflar tayyorlaydi.

Ishchi guruh xatlov jarayonida kochmas mulk obyektlarini tekshirish, yer uchastkasini suratga olish, bino va inshootlarning tashqi va ichki olchamlarini olchash, kop yillik daraxtlarning turini va sonini hisobga olish huquqiga ega. Bunda kochmas mulk obyektining joylashgan joyi, umumiy maydoni, mulkka egalik qilish huquqini beruvchi hujjatlar, qoshimcha yoki ozboshimchalik bilan qurilgan imoratlar, daraxtlarning soni va turi, yer uchastkasining, bino va inshootning foydalanish maqsadi amaldagi foydalanilishi boyicha hujjatlar nazorat qilinadi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bolgan kochmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan otkazish tartibi togrisidagi nizomga kora, xatlov oilaning xojalik yuritish shakli (shaxsiy yordamchi xojalik yoki yuridik shaxs tashkil etgan holda yoki tashkil etmasdan tuzilgan dehqon xojaligi), dehqon xojaligiga aylantirilgan bolsa, dehqon xojaligining davlat royxatidan otkazilganligi togrisidagi guvohnoma berilgan reyestr raqami va sanasi boyicha amalga oshiriladi.

Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli yer uchastkasi, bino va inshootlarga huquqiy hujjatlari mavjudligi tuman (shahar) hokimining qurilish ishlari olib borish uchun yer uchastkasi ajratish togrisidagi, qurilishi tugallangan uy-joy, bino va inshootlarni komissiyaning foydalanishga qabul qilish togrisidagi dalolatnomasini tasdiqlash togrisidagi qarorlari, egalik huquqini tiklash haqidagi sud organlarining qarori kabi hujjatlarga etibor qaratilmoqda.

Agar mazkur hujjatlar mavjud bolmasa yoki saqlab qolinmagan bolsa, unda bu masalani hokimiyat qoshida tashkil etilgan maxsus komissiya korib chiqadi. Jismoniy va yuridik shaxslarning yer uchastkalariga huquqlarini belgilash boyicha takliflarni tayyorlash, ularni korib chiqish va hal qilish joylardagi hokimliklar huzurida tashkil etilgan komissiyalarga yuklangan.

Shu kunlarda xatlov mahallalar kesimida olib borilmoqda. Uning natijalariga kora, 2 million 655 mingdan ziyod kochmas mulk obyekti elektron malumotlar bazasiga kiritildi. Ozbekiston Davlat soliq qomitasiga kochmas mulk obyektlari togrisidagi malumotlar taqdim qilindi.

Joylarda yaratilgan kochmas mulk obyektlari togrisidagi ishonchli malumotlar bazasi mahalliy byudjetning soliq tushumlarini kopaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, aholining yer uchastkasiga, bino-inshootga bolgan huquqi mustahkamlanadi. Zero, Bosh qomusimizning 53-moddasi va Ozbekiston Respublikasida mulkchilik togrisidagi qonunning 7-moddasida xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekani qayd etilgan.

Sayyora SHOYEVA,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: