O'zb  
 
26.01.2017

QONUN USTUVORLIGI VA INSON MANFAATLARI

Ayni kunlarda «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakat strategiyasi» loyihasi jamoatchilik tomonidan keng muhokama qilinmoqda. Poytaxtimizda otkazilayotgan media-haftalik doirasidagi tadbirlarda ham jamiyatimizning turli sohalarini isloh etish masalalari yuzasidan dolzarb fikr-mulohazalar bildirilmoqda.

Haftalikning ikkinchi kuni Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yonalishlari, deb nomlangan taqdimot bilan boshlandi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat azolari, Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti vakillari, huquqshunos olimlar, ekspertlar va jurnalistlar ishtirok etdi.

Qayd etildiki, demokratik davlatda sud tizimi inson huquqlari himoyasiga qaratilgan mexanizmning asosini tashkil etadi. Shuning uchun sud-huquq sohasidagi islohotlar kolami va miqyosi kengayib, yangi bosqichga kotarilayotir.

Harakat strategiyasiga kora, sud ishlarini yuritishning protsessual tartibini soddalashtirish, jinoiy jazolarni liberallashtirish, odil sudlov himoyasidan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, milliy qonunchiligimizni dunyo standartlari, xalqaro huquq normalariga moslashtirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlarni amalga oshirish kozda tutilgan. Jumladan, Xabeas korpus institutini qollash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini yanada kuchaytirish, sudyalarni ixtisoslashtirish boyicha choralar koriladi. Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish ham muhim vazifalardan biridir.

Qonun ustuvorligini taminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning boshqa ustuvor yonalishlari haqida ham atroflicha malumotlar berildi, qizgin savol-javoblar boldi, takliflar ortaga tashlandi. Bahs-munozaralarda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi.

Haftalik doirasidagi tadbirlar davom etyapti.

Ravshan SHODIYEV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.