O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2017   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 1 2
21.01.2017

SOLIQ IMTIYOZLARI TARAQQIYOTGA XIZMAT QILADI

Buxoroda O‘zbekiston Respublikasi soliq va byudjet siyosatining 2017 yilgi asosiy yonalishlari qabul qilingani munosabati bilan soliq qonunchiligiga kiritilgan ozgartirish va qoshimchalar mazmun-mohiyatini tadbirkorlik subyektlari hamda keng jamoatchilikka yetkazishga bagishlangan korgazmali seminar bolib otdi.

Buxoro viloyati hokimining birinchi orinbosari M.Abdullayev, Ozbekiston Respublikasi Davlat soliq qomitasining yuridik shaxslarga soliq solish bosh boshqarmasi boshligi H.Habibiddinov va boshqalar Ozbekiston Respublikasining «Soliq va byudjet siyosatining 2017 yilga moljallangan asosiy yonalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisida»gi qonuni, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 27 dekabrdagi Ozbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy korsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari togrisidagi qarori va boshqa huquqiy hujjatlarga asosan tadbirkorlik subyektlariga turli yengilliklar, imtiyozlar berilgani, ayrim imtiyozlar muddati uzaytirilgani soha rivojida muhim omil bolishini ta’kidladi.

Yagona ijtimoiy tolovni hisoblash tartiblarini birxillashtirish maqsadida 2017 yil 1 yanvardan boshlab boshqa tadbirkorlik subyektlari uchun belgilangan yagona ijtimoiy tolovni har bir xodim uchun oyiga minimal ish haqiga karrali miqdorda hisoblashning amaldagi tartibi chakana savdo, umumiy ovqatlanish va qurilish sohasi korxonalariga ham tatbiq etilishi belgilandi.

Asosiy soliq turlari boyicha stavkalar 2017 yilda ham 2016 yil darajasida saqlab qolindi.

— Otgan yili 1 million 611,7 ming dollarlik uzum shinnisi eksport qilgan edik, deydi Buxoro tumanidagi Gala-river qoshma korxonasi direktori Hayit Sherov. Yagona soliq imtiyozlari tufayli 270 million som miqdoridagi mablagni tejab qoldik. Bu sarmoya uzumni qish-bahor mavsumida zaxira qilish va eksportga saqlash uchun 300 tonna sigimli sovutkichni qurishga sarflandi. Joriy yilda ham soliq imtiyozlarining saqlab qolinishi korxonani modernizatsiya qilishga sarflanadigan mablagimizni kopaytiradi.

Prezidentimizning 2016 yil 5 oktabrdagi Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi farmoni talablaridan kelib chiqib, 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab tadbirkorlik subyektlarida otkaziladigan rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlari bekor qilindi. Lekin yuridik shaxslar murojaatiga asosan korxona tugatilayotganida otkaziladigan tekshirishlar saqlab qolindi. Jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilgani holatlari boyicha berilgan murojaatlari asosida faqat Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qaroriga binoan qisqa muddatli tekshirishlar otkazilishi mumkinligi belgilab qoyildi.

Moliyaviy-xojalik faoliyatini amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlari va ularning xodimlari birinchi marta huquqbuzarlik sodir etsa va bu huquqbuzarlik insonning sogligi va hayotiga zarar yetkazmasa, u yetkazilgan zararni belgilangan tartibda va muddatlarda ixtiyoriy ravishda qoplasa, yani soliq va boshqa majburiy tolovlarni tolasa, mamuriy va jinoiy javobgarlikdan, jarima va moliyaviy sanksiyalardan (penyadan tashqari) ozod qilinadi.

Noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogliq huquqbuzarliklarni birinchi marta sodir etgan shaxslar huquqbuzarlik aniqlangan kundan etiboran bir oy muddatda yetkazilgan zararning ornini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik subyekti sifatida royxatdan otgan va ruxsat etuvchi zarur hujjatlarni rasmiylashtirgan taqdirda mamuriy va jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi belgilangan. Bular kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishda muhim omil bolib xizmat qiladi.

Tadbirda soliq qonunchiligiga kiritilgan ozgartirishlarga oid materiallar tarqatilib, videorolik namoyish etildi.

E.YODGOROV,

OzA muxbiri.



DB query error.
Please try later.