O'zb  
 
16.01.2017

FAOL INSPEKTORLAR TAQDIRLANDI

Samarqandda «Ichki ishlar organlarining namunali tayanch punkti» ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi goliblarini taqdirlashga bagishlangan marosim otkazildi.

Unda tanlovning tuman, shahar bosqichlarida golib bolgan militsiya tayanch punktlari profilaktika inspektorlari, fuqarolar yiginlari raislari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Samarqand viloyati hokimining birinchi orinbosari Sh.Xudoyberdiyev, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligi F.Quvondiqov va boshqalar xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda ichki ishlar idoralarining faoliyati muhim ahamiyat kasb etayotganini takidladi. Bunda tizimning eng quyi bogini hisoblangan mahallalardagi militsiya tayanch punktlarining munosib orni bor.

Bugungi kunda Samarqand viloyatida 400 dan ortiq militsiya tayanch punkti faoliyat korsatmoqda. Ularning aksariyati mahalla fuqarolar yiginlari bilan bir binoda joylashgani, profilaktika inspektorlarining mahalla raisi, diniy marifat va manaviy-axloqiy tarbiya masalalari boyicha maslahatchi, posbon va fuqarolar yigini komissiyalari bilan hamkorlikda ish olib borayotgani hududda osoyishtalikni taminlash, turli noxush holatlarning oldini olishga xizmat qilmoqda. 2016 yilda viloyatdagi 150 dan ortiq mahallada jinoyat qayd etilmadi.

Tanlov goliblarini aniqlashda militsiya tayanch punktlarining xizmat korsatish hududidagi vaziyat, profilaktika inspektorlarining mahalla fuqarolar yigini va aholi bilan hamkorligi, bilim va tajribasi, voyaga yetmaganlar bilan ishlash borasidagi faoliyatiga alohida etibor qaratildi.

Payariq tumanining Alisher Navoiy nomidagi mahalla fuqarolar yiginida joylashgan 199-militsiya tayanch punkti birinchi orinni qolga kiritdi va tanlovning mamlakat bosqichiga yollanma oldi. Ikkinchi orin Jomboy tumani Tut mahalla fuqarolar yiginidagi 119-, uchinchi orin Tayloq tumani Yangi Tayloq mahalla fuqarolar yiginidagi 289-militsiya tayanch punktlariga nasib etdi.

– Otgan yili mahalla fuqarolar yiginining zamonaviy binosi bunyod etilib, bu yerda tayanch punkti ham samarali ishlashi uchun sharoit yaratilgani faoliyatimizda oz natijasini bermoqda, deydi 199-militsiya tayanch punkti profilaktika inspektori Asliddin Murodov. Yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilayotgani, yoshlar doimiy ish bilan taminlanayotgani, Maktab mahalla oila hamkorligining izchil yolga qoyilgani ham muvaffaqiyatlarimizning bosh omilidir. Bu boradagi ishlarni joriy yilda yanada keng kolamda davom ettirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilaganmiz.

Tanlovda Eng mahoratli profilaktika inspektori, Yosh avlod himoyachisi, Fidoyi mahalla posboni, Marifatparvar maslahatchi kabi nominatsiyalar boyicha ham goliblar aniqlandi.

Tadbir doirasida yosh tadbirkor va hunarmandlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar korgazmasi, sportchi yoshlarning korgazmali chiqishlari namoyish etildi.

G.HASANOV,

OzA muxbiri.



DB query error.
Please try later.