O'zb  
 
07.01.2017

MUROJAATGA OZ VAQTIDA JAVOB QAYTARILISHI SHART

Har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasa va tashkilotlarga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega. Ma’lumki, har bir murojaat ortida inson manfaati turadi.

Fuqarolarimiz hayoti davomida zarurat yuzasidan turli davlat organlari va boshqa tashkilotlarga yoxud mansabdor shaxslarga murojaat etadi. Murojaatni korib chiqish davomida fuqarolarning Ozbekison Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan haq-huquqlari va erkinliklarini cheklash, ularni lozim darajada taminlamaslik holatlari ham uchrab turadi.

Fuqarolik protsessual qonunchiligida fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish mexanizmi belgilab qoyilgan.

Davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek, mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshirilgan va pirovard natijada fuqaroning huquqlari va erkinliklari buzilishiga, fuqaro zimmasiga birorta gayriqonuniy majburiyat yuklatilishiga yoki uning noqonuniy ravishda javobgarlikka tortilishiga sabab bolgan xatti-harakatlari (qarorlari) sudga shikoyat qilinishiga asos boladi.

Fuqaro ozining huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar (qarorlar) ustidan bevosita sudga yoki boysunuv tartibida yuqori organga, mansabdor shaxsga murojaat qilishga haqli.

Boysunuv tartibidagi yuqori organ va mansabdor shaxslar shikoyatni bir oy muddat ichida korib chiqishi shart. Agar fuqaroning shikoyatiga rad javobi berilsa yoki u shikoyat bergan kunidan etiboran bir oy ichida javob olmasa, sudga murojaat qilishga haqli.

Shikoyat huquqlari va erkinliklari buzilgan fuqaro yoki uning vakili, shuningdek, fuqaroning iltimosiga binoan tegishli ravishda vakolat berilgan jamoat birlashmasining, mehnat jamoasining vakili tomonidan berilishi mumkin.

Fuqarolarning arizalari, shikoyatlari hamda murojaatlariga oz vaqtida javob qaytarish shart va zarurdir. Buni davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslari aslo yodidan chiqarmasligi lozim.

Dildora RASHIDOVA,

Fuqarolik ishlari boyicha Mirobod tumanlararo sudi sudyasi.



DB query error.
Please try later.