O'zb  
 
01.01.2017

OZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROSIMAN VA BUNDAN FAXRLANAMAN

Prezidentimiz farmoniga asosan «O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi togrisida»gi Qonun kuchga kirgan vaqtda turli obyektiv va boshqa hayotiy vaziyatlarga kora chet elda bolgan respublikaning mahalliy aholisi orasidan 179 nafari Ozbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingani 2016 yilning eng muhim voqealaridan biri boldi.

2016 yil men uchun, oilamiz uchun eng baxtli yillardan biri boldi. Prezidentimizning Farmoni bilan Ozbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinganim haqidagi xabar koksimni togdek kotardi. Bolalarim Onajon, qutlug bolsin!, deya quchoq ochishdi. Olam kozimga boshqacha korina boshladi.

Men ulug yurtning fuqarosiman, bu bilan cheksiz faxrlanaman, deb hayqirgim keladi. Mahalla-koy uyimizga tabriklagani kelganida oqibatli qoshnilarim, qishloqdoshlarimning xursandchiligini korib, sevinchim ichimga sigmay ketdi. Yashirmayman, yigladim, quvonchlarimni, armonlarimni tokib yigladim. Axir bu kunni qanchalar orziqib kutgan edik!..

Yakkabog tumanining Qatagon qishloq fuqarolar yiginiga qarashli Nugayli qishlogida tugilib, osganman. Oqib, muallim boldim, ancha yil yoshlarga ta’lim berdim. 1983 yilda hamqishlogim Olloberdi Yakubovga turmushga chiqdim. Gap shundaki, umr yoldoshim sakson ikkinchi yilda Toshkent politexnika institutini bitirib, konserva tayyorlash boyicha muhandislik ixtisosligini egalladi. Uni yollanma bilan qoshni Turkmanistonning Ashxabod shahridagi korxonaga ishga yuborishdi. Men ham turmush ortogim bilan birga ketdim.

Homilador bolganimda qaynonam Bolangni uyingda tugasan, deb qattiq turib olardi. Ikki ogil va ikki qizim oz yurtimizda, ona qishlogimda tugildi. Oradan yillar otdi, 1998 yilda yurtimizga qaytib keldik. Umr yoldoshim bogbonlik bilan mashgul boldi. Men uy bekasi edim. Farzandlarimiz ulgaydi. Katta qizim Sohiba oliy malumotli, chet tili oqituvchisi boldi. Akmaljon yaxshi usta, uylar qurayapti. Azizbek tadbirkor. Kenjam Sabrina kollejda talim olyapti.

Menga va umr yoldoshimga vaqtinchalik pasport berilgan edi. Kopincha ozimni omonatdek sezardim. Farzandlarim hech narsa deyishmasa ham, bazan nega bizga vaqtinchalik hujjat berilgan, deb tana qilganday tuyulaverardi. Rostiga kochsam, goyoki ona qishlogimda ozimni begonadek his qilardim.

Mening baxtim — oilamizning, farzandlarimizning baxti, quvonchi. Ana shu baxtni inom etgani uchun Prezidentimizga rahmatlar aytaman. Oilamiz va farzandlarim bilan yurtimiz, xalqimizga sidqidildan xizmat qilamiz.

Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni Yangi yil bilan qutlayman. Iloho, kirib kelayotgan yil ozi bilan qut-baraka, yaxshiliklar olib kelsin. Vatanimiz yanada yuksalsin. Bundan-da yaxshi, qutlug kunlarni korib yashash hammamizga nasib etsin!

Saida ERNAZAROVA,

Ozbekiston Respublikasi fuqarosi,

Qashqadaryo viloyati, Yakkabog tumani.



DB query error.
Please try later.