O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
21.10.2020

NAVOIY OSMONDIR, OSMONIYDIR

Navoiy senga har bir tun kerak bo‘lgay,

Agar shodsan va yo mahzun – kerak bolgay.

Agar oshiq erursan lolazoringdir,

Agar Laylosanu Majnun kerak bolgay.

Agar ummon bilan suhbat quray dersan,

Agar ozni desang Jayhun kerak bolgay.

Bilay dersan nadir kongil binosi ham

Nadir odam, nadir ochun kerak bolgay.

Navoiy osmondir, osmoniydir,

U gardun ichradir gardun kerak bolgay.

Sening bu olaming fisqu fasod birlan,

U bir olamdurur gulgun kerak bolgay.

Navoiyning Vatan yanglig qiyosi yoq,

Vatan yanglig senga har kun kerak bolgay.

Sirojiddin SAYYID,

Ozbekiston xalq shoiri


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: