O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
21.10.2020

DUNYo UZRA JARANGLAYDI ONA TILIM

Ona tilimizning bugungi xalqaro mavqeiga qaraydigan bo‘lsak, rasmiy til maqomiga ega 200 ga yaqin davlat yoki dunyo tillari qatorida jahon aholisining yirik qismi sozlashadigan 40 ta tillardan biridir. Ozbek tilshunos olimi A.Abduazizovning tadqiqotlari natijasiga kora, tilimiz mazkur royxatda 34-orinni egallagan. 50 milliondan ortiq odam ozbek tilida sozlashadi, ozbek va turkiy tillarda sozlashadigan 200 milliondan ortiq vatandosh va qardoshlarimiz bor.

Dunyoda YuNESKO tomonidan tillar jozibadorligini saqlab qolishga dolzarb muammo sifatida qaraladi. Shuning uchun 21 fevral – Xalqaro ona tili bayrami sifatida nishonlanadi. 2018 yil BMT Bosh Assambleyasi tomonidan “Xalqaro tillar yili” deb e’lon qilingan edi.

Hech kimga sir emaski, bugun mana shu muqaddas tilni, zamin va tuproqni bizga Vatan, qadriyat, bebaho boylik sifatida qoldirgan ajdodlarimizning, milliy qahramonlarimizning ruhlari shod bolmoqda. Jannatmakon yurtimizda unutilib ketgan ayrim qadriyatlarimiz yana qadr topmoqda, barcha ezgu va xayrli ishlar yurtdoshlarimizni, qoshnilarimizni hamda dunyo xalqlarining baxtli yashashiga, dunyoda azizu mukarram bolishiga qaratilmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil 10 aprelda imzolangan Qonunga kora, 21 oktabr Ozbek tili bayrami deb elon qilindi. Ozbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan 2019 yil 21 oktabrda Ozbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari togrisida Prezident Farmoni davlat tili siyosatining jadallashuviga sabab boldi.

Farmon asosida hukumat qarori bilan vazirlik, idoralar va hokimliklarda manaviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili togrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taminlash masalalari boyicha maslahatchi lavozimini joriy etilishi, qolaversa, Vazirlar Mahkamasi tarkibida Davlat tilini rivojlantirish Departamenti faoliyat boshlashi Ona tilimizning davlat tili va siyosiy til darajasini yuksaltirdi.

Shu orinda Ozbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning Ozbek tilim sheridan iqtibos keltirishni lozim topdim:

Sen tuganmas chashmadirsan, oh, ona tilim,

Yetmish ikki tomirimga mavjlaring bordi.

Bir kun tinib qolgan edi bogda bulbulim,

Sanduvochim! degan edim sayrab yubordi.

Oz ona tilini ezozlash, sevish vatanparvarlik va millatparvarlikning ajralmas bir bolagi bolib, uning zamirida ozlikni anglash, yani ota-ona, xalq, ustozu pirlar bergan nom, ilm-tarbiya va ona tiliga hurmat yotadi. Vatanparvarlik, millatparvarlikni balandparvoz gaplar, gurur yoki yutuqlarni olqishlash bilan isbotlash kerak emas. Balki, ona tilini boshqa tillar tasiridan muhofaza qilish, istilohlarni ozbekchalashtirish, muloqotlarni ona tilida olib borish, nutqda tilning jozibadorligini korsatadigan, nufuzini oshiradigan sozlarni ishlatish orqali hissa qoshish kerak. Har bir fuqaro qanday davrada bolmasin, imkon darajasida oz davlat tilida muloqot qilishni, ish yuritishni, hattoki, diplomatik aloqalarni amalga oshirishni millatga hurmat, ajdodlarimizga ehtirom, kelajakka umid, kerak bolsa, muqaddas ibodat ornida qabul qilishi bilan isbotlashi muhim.

Alisher Navoiy bu masalada barchaga ornak bolib, ozbek tilining imkoniyatlarini nihoyatda ustalik bilan samarali qollagan bolsa, Amir Temur saltanatida ish yuritish, diplomatik va siyosat tili ham ona tili eski ozbek tilida olib borilganligiga tarixning ozi guvoh. Bunday oqilona til siyosati amalga oshirilishi natijasida ilm-fan, adabiyot va sanat, tashqi savdo aloqalari, sayyohlik rivojlanishi orqali tilimiz ham gullab-yashnadi.

Jaranging boqiy bolsin, aziz ona tilim!

Habibulla AZIZOV,

Ozbekiston Respublikasi Davlat bojxona qomitasi raisining manaviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili togrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taminlash masalalari boyicha maslahatchisi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: