O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
23.10.2020

ONA TILI MILLAT KOZGUSI

21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan joylarda ona tili rivoji, uni yoshlar orasida targib qilish maqsadida ma’rifiy tadbirlar, ilmiy anjumanlar tashkil etilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Ozbekiston xalqaro islom akademiyasida bolib otdi.

Mumtoz sharq filologiyasi fakultetining “Ozbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi tomonidan otkazilgan Ona tili — millat kozgusi mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy onlayn anjuman Ozbek tilshunosligining nazariy masalalari, Davlat tilining sohalarda qollanilishi, Davlat tili va uning nufuzi, Ozbek va sharq tillarining qiyosiy tadqiqi va solishtirma tilshunoslik kabi mavzularda shobalarga bolingan holda tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent Sharqshunoslik instituti professori, filologiya fanlari doktori Qosimjon Sodiqov, OzR FA Ozbek tili, adabiyoti va folklor instituti, zamonaviy ozbek tili bolimi boshligi, filologiya fanlari doktori, professor Durdona Xudoyberganova, Fargona davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori, professor Sharifa Iskandarova, Ozbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi bolim mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Aftondil Erkinov, Turkiya Respublikasi Bartin universiteti professori, filologiya fanlari doktori, professor Zilola Xudoyberganova, Qozogiston Respublikasi Chimkent shahridagi Janubiy Qozogiston Davlat pedagogika universiteti qoshidagi Chet el talabalarini moslashtirish markazi direktori Shahlo Naraliyeva, Ozbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, siyosatshunoslik fanlari doktori Vahob Qochqorov, Tafakkur jurnali bolim mudiri Sultonmurod Olim hamda turli davlat va jamoat tashkilotlari, ilmiy-tadqiqotchilar, Akademiya oqituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Anjumanni Ozbekiston xalqaro islom akademiyasi Diniy-marifiy faoliyatni muvofiqlashtirish boyicha birinchi prorektori, professor Shuhrat Yovqochev kirish sozi bilan ochib, ishtirokchilarni 21 oktabr Ozbek tili bayrami kuni bilan tabrikladi va bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat oz milliy manfaatlarini taminlash, bu borada, avvalo, oz madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor vazifa ekanligini takidladi. Shuningdek, tilimizni xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro-etiborini tubdan oshirish, unib-osib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy anana va qadriyatlarga sadoqat, ulug ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini tolaqonli joriy etishni taminlash maqsadida keng jamoatchilikning ozbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun 21 oktabr sanasini Ozbek tili bayrami kuni deb elon qilinishi muhim tarixiy voqea bolganini ham aytib otdi.

Konferensiya davomida Ozbek tili tarixida nutq va yozma adabiy til tushunchalarining ifodalanishi, Ozbek lingvomadaniyatshunosligining dolzarb masalalari, Alisher Navoiyning ozbek tilidagi badiiy adabiyot uchun harakatlari, Ozbek va turk tillaridagi -gan/mis shaklli fellar, Ozbek tili mening ham ona tilim!, Uy hayvonlari nomi asosida shakllangan ozbek xalq maqollarining lingvistik asoslari, Istiqlol yillarida soz talqini masalalari, Ozbek tilida neyming va uning meyoriy-huquqiy asoslarini yaratish muammolari, Ozbek tilining turkiy tillar orasida tutgan orni va mavqei, Davlat tilining tarixiy va siyosiy ahamiyati xususida kabi mavzularda maruzalar tinglandi.

Fan sohasining tarixi tilda osha sohaga tegishli atamalar tizimining yuzaga kelishidan boshlanadi, deydi filologiya fanlari doktori Qosimjon Sodiqov. Tilda soha tushunchalari bilan bir paytda, uning atamalari ham yaratila boshlaydi. Ayni olchovlarga tayanadigan bolsak, ozbek tili tarixida til bilimining, yani tilshunoslikning yuzaga kelishi juda eski zamonlardan boshlanganiga guvoh bolamiz. Muhimi shundaki, ilk orta asrlarda yaratilgan yozma yodgorliklarda til bilimi bilan bogliq tushunchalarni aks ettiruvchi butun boshli atamalar tizimi mavjud edi. Bularning bari ota-bobolarning yozma merosida saqlanib qolgan.

Shuningdek, ozbek tilshunosligi tarixi, til oilalari haqida Tafakkur jurnali bolim mudiri Sultonmurod Olim ham maruza qildi.

Tilshunoslik nuqtai nazardan turkiy til oguz, qipchoq va qarluq-chigil guruhlariga bolinadi, deydi Sultonmurod Olim. Ozbek tili va ozbek adabiy tili degan tushuncha bor. Ozbek tili katta, ozbek adabiy til esa kichikroq tushuncha. Ozbek adabiy tili qarluq-chigil guruhiga kirsa, ozbek tili har uch guruh tarkibiga ham kiradi. Chunki yurtimizda har uch guruhga mansub ozbeklar yashaydi. Ular mana shu lahjalarda muloqot qiladi. Bundan korinadiki, turkiy tillarning episentri ozbek tili sanaladi.

Ona tilimiz imkoniyatlaridan unumli foydalanish, uning boy til ekanini targib qilish zarur. Zero, til bor ekan, millat barhayotdir. Millatning taraqqiy etishi, dunyo sahnasida rivoj topishida ham aynan ona tili muhim rol oynaydi.

Mazmunli otgan anjuman yigilganlarda katta taassurot qoldirdi. Ona tilimiz sofligini asrash, uning rivoji yolidagi say-harakatlarni jadallashtirish, keng imkoniyatlaridan togri foydalanish lozimligi takidlandi. Bu borada hamkor tashkilotlar bilan birgalikda, ilmiy-amaliy anjumanlarni muntazam otkazishga kelishib olindi. Konferensiyaga taqdim etilgan maruzalar alohida toplam holida chop etilishi aytildi.

Ozbekiston xalqaro islom akademiyasi Matbuot xizmati


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: