O'zb  
 
05.08.2020

Etirof

2020 yil 16-17 iyul kunlari Samarqand davlat universitetida "Samarqand davlat universiteti — Ulug‘bek madrasai oliyasining vorisi" mavzusida xalqaro onlayn konferensiya bolib otgan edi. Mazkur anjumanda onlab xalqaro tashkilotlar rahbarlari va mutasaddilari, dunyoning nufuzli universitetlari rektorlari, taniqli xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Krista Pikkat, YuNESKO Markaziy Osiyo Klaster vakolatxonasining rahbari:

Samarqand davlat universiteti Ulugbek madrasasining vorisi mavzusiga bagishlangan xalqaro onlayn-konferensiyada ishtirok etganimdan juda xursandman.

Konferensiya dastruriga kiritilgan ma’ruzalar Mirzo Ulugbek madrasasi va zamonaviy talim tizimiga asos solingan sananing 600 yilligiga bagishlangan. Dasturdan korinib turibdiki, ilmiy anjumanda boy tajribaga ega yirik mutaxassislar qatnashdi.

Qadimgi Sharq sivilizatsiyasining markazlaridan biri bolgan Markaziy Osiyo va uning "yuragi" Ozbekiston jahon fani rivojiga salmoqli hissa qoshgan buyuk allomalar va mutafakkirlarning vatanidir.

Buyuk matematik va astronom, davlat rahbari, ilm-fan, manaviyat va marifat fidoyisi, qomusiy olim Mirzo Ulugbek ushbu mutafakkirlar qatorida alohida orin egallaydi.

Amir Temur va Temuriylar Renessansining shakllanishi va rivojlanishida Markaziy Osiyodagi qadimiy madaniyat va marifat markazlaridan biri bolgan Samarqand shahri muhim ahamiyat kasb etadi.

Sharq kolyozmalarini tahlil qilganda, Orta asrlar davrida ilm-fan rivoji jadal rivojlangani kozga tashlanadi. Osha paytdagi ilm-fan va talim jarayoni holatini tahlil qilgan Mirzo Ulugbek jamiyat ravnaqi va barqaror rivojlanishida zamonaviy talim va talim olish huquqiga barcha fuqarolar ega bolishi muhimligini anglab mintaqada bir qator madrasalar qurishga kirishgan.

Manbalarda korsatilganidek ushbu Ulugbek madrasasi – madrasai oliya maqomiga ega bolib, unga tutash yana bir nechta madrasalar oz faoliyatini hamkorlikda olib borgan.

YuNESKO faoliyatida hamkorlikda tashkil qilingan kafedralar alohida etiborga sazovor. Shuning uchun Samarkand davlat universiyetida YuNESKO shafeligida Samarkand tarixi kafedrasini tashkil qilish maksadga muvofik boladi, deb oylayman va tashkilotimiz tomonidan amaliy yordam korsatishga tayyormiz.

Mazkur kafedra xodimlari bir qator nufuzli universitetlar jamoalari bilan hamkorlikida mintaqadagi ilm-fan, talim, manaviyat va marifat tarixini organib, ushbu jarayonlarning bugungi kunga mos yutuqlarini chuqur tahlil etib, universitetlarda qollashlari mumkin boladi.

YuNESKO tashkiloti fan va talim tarixiga bagishlangan izlanishlarni, loyihalarni har doim qollab-quvatlaydi. Mazkur yonalishda tadqiqotlar olib borayotgan olimlarning ishlariga befarq emas.

Tarix bu biznimiz, kelajagimiz hayotimizga bolgan togri munosabatimizdir.

Men Samarqand davlat universiyeti professor-oqituvchilarini, talabalarini SamDUning 600 yilligi bilan tabriklayman. Ushbu yonalishdagi ishlar davom etishiga, yangi-yangi malumotlar va maktablar topilishiga ishonaman.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: