O'zb  
 
29.07.2020

ShODLIK VA ShUKRONALIK IZHOR QILINADIGAN KUNLAR

Yoki pandemiya sharoitida ulug‘ ayyomni qanday nishonlaymiz?

Butun Islom olamida, xususan, yurtimizda eng ulug bayramlardan hisoblangan Qurbon hayiti munosabati bilan ushbu ayyomning fazilati, bu kunlarda qilinadigan savobli amallar va bugungi sinovli kunlarda bayram kayfiyatini xalqimizga singdirish borasida qanday ish tutish kerakligi borasida Ozbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon ALIMOV hazratlari bilan suhbatlashdik.

– Muhtaram muftiy hazratlari, avvalo, islom dinimizdagi muborak Qurbon hayiti bayramining boshqa diniy bayramlardan farqi, oziga xos jihatlari haqida sozlab bersangiz?

— Bismillahir rohmanir rohim.

Avvalo, Ozbekiston musulmonlari idorasi va oz nomimdan butun xalqimizni muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etaman. Mana shunday ulug ayyom kunlariga yetkazgani uchun Alloh taologa cheksiz shukronalar aytamiz. Qodir Allohdan xalqimizga osudalik, qut-baraka, baxt-saodat, tan-sihatlik va katta tashvish bolib turgan koronavirus kasalligi tezroq insoniyat boshidan arishini soraymiz.

Hayit bayramlari qadimdan yurtimizda ozgacha, xalqimizga xos mehr-muruvvat, bagrikenglik va saxovat ifodasi bolib kelgan. Prezidentimizning hayit bayramlarini nishonlash togrisida har yili qabul qilayotgan qarorlarida bayramni joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy va diniy qadriyatlariga mos ravishda otishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirishga qator mutasaddi tashkilotlar jalb qilinadi.

Ta’kidlash joizki, Qurbon hayiti buyuk bayram va quvonchli voqeadir. Hazrati Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qurbonlik kunini bayram qilishga amr qilindim. Uni Alloh bu ummat uchun xos qilgandir», dedilar. Demak, Qurbonlik kunini bayram qilishni Parvardigori olam Paygambar alayhicsalomga amr qilgan. Alloh taolo faqatgina biz ummatlarga bu Qurbon hayitini oziga xos bayram qilib bergan.

Qurbon hayiti hijriy-qamariy zulhijja oyining 10-kunida nishonlanadi. Alloh taolo Quroni karimning “Fajr” surasida:

Tonga qasam. On kechaga qasam. Juft va toqqa qasam, deb marhamat qilgan.

On kechaga qasamdan murod zulhijja oyining dastlabki 10 kunidir, juftga qasamdagi juftdan murod, zulhijja oyining oninchi kuni, toqdan murod esa toqqizinchi kunidir.

Imom Nisoburiy aytadilarki, Alloh taoloning ushbu on kechaga qasam ichishi, bu kunlarning nechoglik sharafli va ulug ekaniga dalolat qiladi va unda dunyoviy va uxroviy manfaatlar borligini bildiradi.

Hazrati Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: Alloh uchun ibodat qilishga zulhijjaning on kunidan sevimliroq kunlar yoq. Uning har kunlik rozasi bir yillik rozaga, har tundagi ibodat Laylatul qadrdagi ibodatga tengdir, deganlar (Imom Termiziy rivoyati).

Ulamolar bu kundagi fazilatli ibodatlarni bayon etishgan. Avvalo, Alloh taologa tahlil, takbir va hamd aytish. Bir hadisi sharifda: Bu kunlarda tahlil, takbir va hamd sanoni kopaytiringlar, deb marhamat qilingan. Demak, Allohning zikrini qilib, kop shukronalar keltirishimiz kerak.

Odatda, hayit kunida hamma bir-birini ulug kun bilan samimiy muborakbod etadi. Takidlash kerakki, bu yil Qurbon hayitining karantin talablariga muvofiq, uy sharoitida, oila davrasida, hashamatsiz va kamtarona, tartibli nishonlaymiz. Birinchi orinda bizlarni dunyoga kelishimizga sababchi bolgan ota-onalarimizni, ulardan keyin qarindosh-uruglarimizni, yoru birodarlarimizni telefon orqali yoqlaymiz. Ularning konglini sorash va kotarishga harakat qilamiz. Bu kun barchaga quvonch ulashiladigan kundir.

Zero, ulug allomalarimiz: Hayit kunlari shodlikni izhor qilish dinning shiorlaridandir, deganlar. Islomning shiori bolgan Qurbon hayiti kunlarida quvonchimizni, saxovatimizni har qachongidan kora koproq namoyon qilishimiz lozim.

Ushbu ayyom kunlari qilinadigan eng afzal amallar tartibi va savobli ishlar fazilati haqida ham sozlab bersangiz, foydadan xoli bolmasdi.

Bu kunlarda eng ulug ibodat, shubhasiz, Qurbonlik qilishdir. Alloh taolo Kavsar surasida: Albatta, Biz senga Kavsarni berdik. Bas, Robbingga namoz oqi va jonliq soy, deb marhamat qilgan.

Kavsarni tafsirchilarimiz kop yaxshilik deb aytishlari, bu esa Paygambar alayhissalomga berilgan Quron, paygambarlik, hikmat, ummatning kopligi, shafoat kabi son-sanoqsiz yaxshiliklar.

Quroni karimda marhamat qilinadi: Allohga (qurbonlik) goshtlari ham, qonlari ham yetib bormas. Lekin u Zotga sizlardan taqvo yetar. Alloh sizlarni hidoyat qilgani sababli U zotni uluglashlaringiz uchun ularni sizlarga boysundirib qoydi. Ezgu ish qiluvchilarga xushxabar bering! (Haj surasi, 37-oyat).

Haqiqatan, qurbonlikka soyilgan hayvonlarning goshtlariga ham, qonlariga ham Alloh taolo muhtoj emas. Qurbonlik qilishdan maqsad bandaning Yaratuvchi amriga itoatini va taqvosini namoyon etishdir.

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) hadisi sharifda marhamat qilib: Qurbonlik qilish chiroyli amallardandir. U bandani dunyoda balolardan va oxiratda ofatlardan himoya qiladi., deganlar.

Qurbonlik qiluvchining qurbonlik soyish vaqtida hozir bolishi mustahabdir. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) qizlari Fotima (roziyallohu anho)ga: Borib qurbonliginga shohid bol. Uning birinchi tomgan qoni bilan barobar sening otgan gunohlaring magfirat qilinur, - dedilar. Ey Allohning rasuli! Bu bizga ahli baytga xosmi yoki musulmonlarga umumiymi?, - dedilar Fotima (roziyallohu anho). Shunda Sarvari koinot: Yoq, musulmonlarga umumiy, - deb javob berdilar.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: Albatta, ushbu kunimizda eng avval boshlaydigan narsamiz, namoz oqimoqligimizdir. Songra, qaytamiz va soyish soyamiz. Bas, kim oshandoq qilsa, bizning sunnatimizni topibdi (Imom Muslim rivoyatlari).

Ushbu hadisi sharifda Qurbon hayiti kuni bajarilishi lozim ishlar bayon qilinmoqda. Islomda har bir ish Allohning zikri ila boladi. Bundoq bolishi musulmonlarning bayrami naqadar ulug ekanini izhor etadi. Musulmonlar bayramdan ham savob olishdek ulug baxtga muyassar boladi.

Hazrati Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: Kim qurbonlikka jonliq olish uchun bozorga borsa, Alloh taolo har bir qadamiga onta savob ato etadi va onta gunohini kechiradi va martabasini on daraja kotaradi. Jonliqni savdo qilayotganda aytgan sozlarini tasbeh ornida qabul qiladi. U uchun bergan har bir dirhamiga yetti yuz dirhamning savobini beradi. Qurbonlikning har qatra qonidan onta farishta yaratadi va ular qiyomatgacha uning uchun istigfor aytadilar. Qurbonlik goshtining har luqmasi uchun Ismoil alayhissalom farzandlaridan bir qulni ozod qilganlik savobini beradi.

Qurbonlik ibodat bolishi bilan birga uning ijtimoiy ahamiyati ham beqiyos. Qurbon hayiti xayr-ehson, saxovat, mehr-muruvvat bayrami. Unda qilinadigan qurbonliklar esa jamiyatda kishilar ortasida insoniy fazilatlarni rivoj topishida xizmat qiluvchi vosita. Chunki qurbonlik goshtidan va taomidan ehson qilishimiz qalblarimizni yumshatib, mehr-muhabbat rishtalarini mustahkamlaydi.

Butun dunyoda bolgani kabi mamlakatimizda ham koronavirus pandemiyasi karantini davom etayotgan bugungi sharoitda ushbu bayram qanday otkazilishi togrisida tavsiyalaringizni bildirsangiz, kopchilik ozini oylantirgan savollarga javob olgan bolardi.

Xabaringiz bor, muhtaram Prezidentimizning Qurbon hayitini nishonlash togrisidagi qarorlari elon qilindi. Unda Qurbon hayitini karantin talablariga qatiy rioya qilgan holda otkazishga alohida urgu qaratildi. Shuningdek, Ozbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining Qurbon hayitini koronavirus pandemiyasi davrida karantin talablariga muvofiq otkazish togrisidagi bayonoti ham elon qilindi.

Bugungi vaziyatni inobatga olgan holda shariy korsatmalar va fiqhiy qoidalar asosida momin-musulmonlar Qurbon hayitining karantin talablariga muvofiq, uy sharoitida, oila davrasida, hashamatsiz va kamtarona, tartibli otkazishlari alohida takidlandi.

Hazrati Paygambarimiz sallallohu alayhi vasallam: Zarar berish va zarar korish ham yoq deganlar. Har bir banda ozini ozi tahlikaga qoyishi, yon-atrofdagi salbiy hodisaga etiborsiz bolishi togri emas.

Motabar fiqhiy kitoblarimizda Zararni daf qilish foydani jalb qilishdan oldinga qoyiladi, degan qoida bor.

Ozbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining Qurbon hayitini nishonlash togrisidagi bayonotida shariat insonga zarar yetish ehtimoli kuchaygan paytda ibodatlarni yengil tarzda bajarishga ruxsat beradi yoki butunlay zimmadan soqit qiladi. Hayit namozi vojib amal bolgani bois bugungiday uzrli holatlarda hayit namozini ado etish soqit boladi.

Islom dini manbalarida Qurbon hayiti namozi vojib amal ekani bayon etilgan. Abu Hanifa rahmatullohi alayhdan juma namozi vojib bolgan kishilarga hayit namozi vojib ekani naql qilingan. Juma namozi Quron, sunnat, ijmo kabi qatiy dalillar bilan sobit bolgan farz amaldir. Modomiki muayyan uzrlar bilan farz bolgan juma namozini vaqtincha toxtatib turish togrisida ulamolar fatvosi qabul qilingan ekan, vojib amal bolgan hayit namozini oqimaslik ham oz-ozidan malum boladi. Bayon etilganlardan kelib chiqib, 2020 yilgi Qurbon hayiti (Iydul adho) namozini pandemiya davrida jamoat bolib oqish imkoniyati mavjud emasligi momin-musulmonlarning zimmasidan ushbu ibodatni soqit qiladi.

Hanafiy mazhabining motabar manbalarida kelishicha, hayit namozi Zuho (choshgoh) namozining orniga qoyilgan. Qachonki, hayit namozi biror uzr sababli oqilmay qolsa, ikki yoki tort rakat nafl namoz oqish mustahab boladi. Tort rakat oqigan afzal.

Shunday ekan, Qurbon hayiti kunlarida savob ishlarni kopaytirish, takbiri tashriq aytish, nafl ibodat qilish, poklanish, chiroyli kiyimlar kiyish, xushboylanish, qurbonlik qilish ayni savobli ishlardan boladi.

Bu yilgi Qurbon hayiti karantin sharoitida nishonlanayotganini inobatga olib, odamlar jamlanishiga sabab boladigan urf-odatlarni tashkil etmaslik, uyma-uy yurib, turli xil azaxonliklar, maraka-marosimlarni otkazmaslik va qabristonlar ziyoratidan saqlanishni soraymiz. Xonadonda oila-azolari bilan birga Quroni karim oyatlaridan tilovat qilib, otganlarimiz ruhi poklariga baxshida etish tavsiya etiladi.

Xalqimiz boshiga ogir ish tushgan bir pallada muhtaram Prezidentimiz boshchiligida hukumat azolaridan tortib, viloyat rahbarlari va mutasaddi tashkilot vakillarigacha, ayniqsa, sogliqni saqlash xodimlari yuksak masuliyatni his etgan holda kunni tunga ulab, oz jonlarini xatarga qoyib, koronavirus xastaligini jilovlash boyicha jiddiy kurash olib bormoqdalar.

Mazkur ornatilgan tartib-qoidalar va cheklovlarning barchasi aholimiz salomatligini asrab-avaylash uchun qilinmoqda. Buni teran aql bilan togri tushunishimiz kerak. Xalqimiz hayotini saqlash yolida amalga oshirilayotgan barcha chora-tadbirlarni qollab-quvvatlashimiz lozim boladi. Har birimiz ozimiz, oilamiz, farzandlarimizning sogligi va taqdiri uchun avvalo ozimiz masul ekanimizni chuqur anglashimiz lozim.

Har bir ish Alloh taloning izni va irodasidadir. Haq taolo hech qachon oz bandalarini ketma-ket ogir ahvollarga tashlab qoymaydi, sinovlarga sabr va shukr qiling!

Quroni karimda: Albatta Alloh tezda tanglikdan keyin yengillikni paydo qilur (Taloq, 7), deb xushxabar qilingan.

Paygambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday deganlar:

Xursand bolinglar! Sizlarga yengillik keldi. Hargiz bir qiyinchilik ikki yengillikdan ustun kelmaydi (Imom Hokim).

Abu Bakr roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda quyidagilar aytiladi: Allohdan yaqiynni (mustahkam imon) va mustahkam soglikni soranglar. Hech bir kimsaga yaqiyndan keyin ofiyatchalik yaxshi narsa berilmagan (Imom Ahmad rivoyati). Demak, insonga Alloh tomonidan berilgan nematlar ichida eng birinchi orinda mustahkam imon tursa, keyingi orinda soglik turar ekan. Uni asrab-avaylashi kishining oliy burchi hisoblanadi.

Aziz yurtdoshlar, Allohning rahmati va barakoti yogilib turgan ushbu fazilatli kunlarda qalbimiz yumshab, ixlosimiz ortib turgan lahzalarda duo qilaylik. Xalqimizni, jonajon Vatanimizni ofatu kulfatlardan, baloyu qazolardan Ozi saqlab, hayotimizni farovon qilsin.

Aziz yurtdoshlar, Qurbon hayitingiz muborak bolsin!

Safar OSTONOV

suhbatlashdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: